Suvni turli sathlardan oladigan markazdan qochma nasoslar parallel ishining parametrlarini aniqlash
9–misol. Ikkita turli xil – D200–95,b va 4K–90/87 markazdan qochma nasoslari, parallel ishlay turib, suvni turli sathda joylashgan ikki manbadan olib, uni umumiy uzatish kuch quvuri bo‘ylab rezervuarga uzatadilar. Birinchi nasos ikkinchisidan narida joylashib, diametri dn1 = 200 mm va uzunligi ln1 = 800 m bo‘lgan, po‘lat quvurlardan ishlangan ulanish quvurlaridan suvni umumiy uzatish kuch quvuridagi N nuqtaga uzatadi. Yaqin orada joylashgan ikkinchi nasos ham suvni N nuqtaga etkazib beradi. Umumiy uzatish kuch quvuri esa diametri dn = 250 mm va uzunligi ln = 2500 m bo‘lib, cho‘yan quvurlardan ishlangan. Birinchi nasos
oldida suv sathi belgisi Zgnv1 = 30 m bo‘lsa, ikkinchisiniki Zgnv2 = 40 m. Rezervuardagi uzatish kuch quvuri to‘kish tirqishining belgisi Zr = 70 m.
So‘rilish liniyalaridagi qarshiliklar miqdori kichik bo‘lganligi sababli ularni inkor etish mumkin. Suv uzatish tizimi sxemasi va nasoslar tavsifi 47–rasmda keltirilgan.
Nasoslar uzatayotgan umumiy sarf Q1+2 va ular erishadigan oqim kuchi N1+2, shuningdek har bir nasos uchun birgalikdagi ishi uchun q, H, ηn va Nn parametrlarini aniqlash talab etiladi.
Echim. Umumiy grafikka har ikkala nasosning tavsiflari – Q–H1 va Q–H2, har bir nasos uchun o‘z abssissalar o‘qidan tushiriladi. Suv manbalaridagi suv sathi farqi Zgnv1 – Zgnv2 = 40 – 30 = 10 m bo‘lganligi sababli, u holda 2–nasosning abssissalar o‘qi O2–O2 1–nasos abssissalar o‘qi – O1–O1 dan 10 m balandroq joylashadi. 1–nasos umumiy uzatish kuch quvuri (N nuqtasi) dan ancha narida joylashganligi sababli dastlab uning N nuqtaga keltirilgan tavsifini qurish talab etiladi.
1–nasosning N nuqtaga keltirilgan tavsifini olish uchun quyidagi formula bo‘yicha ulanish liniyasidagi oqim yo‘qotishlari topiladi:
h=1,05An1∙ln1∙Kn1∙Q2=1,05∙5,149∙800∙Kn1∙Q2=4325,2Kn1∙Q2.
–rasm. Suvni turli sathlardan olayotgan ikki turli markazdan qochma nasoslarning suv uzatish tizimi sxemasi (a); markazdan qochma nasoslar tavsiflari (b): 1– D200–95,b; 2–4K– 90/87
Ulanish liniyasidagi sarf turlicha ko‘rsatkichga ega bo‘lgandagi oqimning h yo‘qotishlari jadvalda keltirilgan.
5.17-jadval
q, l/s
|
Q, m3/s
|
Un1, m/s
|
Kn1
|
h, m
|
0
10
20
30
40
50
|
0
0,01
0,02
0,03
0,04
0,05
|
0
0,29
0,58
0,87
1,17
1,46
|
– 1,17
1,059
1,014
0,989
0,97
|
0
0,51
1,83
3,95
6,84
10,49
|
Olingan Q va h ko‘rsatkichlarga muvofiq nasos tavsifi grafigida Q–h egri chizig‘i quriladi (5.46,b–rasm).
Q–H1 tavsifi ordinatalaridan Q–h egri chizig‘i ordinatalarini ayirish orqali tegishli sarflarda 1–nasosning keltirilgan Q–H1N tavsifi nuqtalari topiladi.
Q–H2 va Q–H1N tavsiflari abssissalarini teng oqim kuchiga ega bo‘lganda qo‘shish yo‘li bilan birinchi va ikkinchi nasos parallel ishining umumiy tavsifi nuqtalari ΣQ–H1+2 topiladi.
Umumiy uzatish kuch quvurining nuqtadan to rezervuargacha bo‘lgan tavsifi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Htr=Ng+1,05∙An∙ln∙Kn∙Q2=40+1,05∙2,299∙2500∙Kn∙Q2=40+6034,9Kn∙Q2.
Htr ni hisoblab aniqlash natijalari mazkur jadvalda keltirilgan.
5.18-jadval
q, l/s
|
Q, m3/s
|
Un, m/s
|
Kn
|
Htr, m
|
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
|
0
0,01
0,02
0,03
0,04
0,05
0,06
0,07
0,08
0,09
|
0
0,19
0,40
0,60
0,80
0,99
1,19
1,39
1,59
1,79
|
– 1,47
1,226
1,115
1,047
1,003
0,968
0,940
0,918
0,90
|
40
40,88
42,96
46,06
50,11
55,13
61,03
67,8
75,46
84,0
|
Olingan Q va Htr ko‘rsatkichlar bo‘yicha umumiy uzatish kuch quvurining tavsifi quriladi.
Umumiy uzatish kuch quvurining tavsifi – Q–Htr nasoslar umumiy (yig‘indi) tavsifi – ΣQ–H1+2 bilan nasoslar ishi nuqtasi bo‘lgan A nuqtada kesishadi. Nasoslar uzatayotgan umumiy sarf, Q1+2 = 86 l/s va erishiladigan oqim kuchi – H1+2 = 80 m.
A1 nuqtaga 1–nasos parametrlari muvofiq keladi:
Q1 = 31 l/s; N1 = 84 m; ηn1 = 0,69; Nn1 = 37 kVt.
A2 nuqtaga 2–nasos parametrlari muvofiq keladi:
Q2 = 55 l/s; N2 = 70 m; ηn2 = 0,66; Nn2 = 57,2 kVt.
Do'stlaringiz bilan baham: |