Rotorli-ilgarilanma nasoslar
Rotor-transvers nasos-ishchi organlarning aylanish va o’zaro harakatlanishi bilan aylanadigan nasos. Ushbu turdagi nasoslarga quyidagilar kiradi:
porshenli nasoslar, shu jumladan plunjerli;
diafragmali nasoslar.
Porshenli nasos - ishchi organi porshen shaklida ishlab chiqarilgan borib- qaytadigan (qaytarma-ilgarilanma) nasos (1.6-rasm).
Porshenning chekka chap holatdan o’ngga harakatlanishida siyraklashish hisobiga so’ruvchi klapan ochilib, suyuqlik muhiti silindrga kelib tushadi. Haydash klapani bu vaqt yopiq bo’ladi (dam quvuridagi ortiqcha bosim bilan o’rindiqqa bosib turiladi). Porshenning teskari bosimi bosim ortishiga olib kelib, buning oqibatida s ruvchi klapan yopilib, haydash klapani esa ochiladi va suyuqlik muhiti silindrdan dam (haydash) quvuriga kelib tushadi.
Rotorli-ilgarilanma nasos - ishchi organlari rotorli, ishchi organlari aylanma va qaytarma-ilgarilanma harakatlanuvchi nasos. Bu tipdagi nasoslarga quyidagilar kiradi:
porshenli nasoslar, shu jumladan plunjerli;
diafragmali nasoslar.
Plunjerli nasos - qaytma-ilgarilanma nasos bo’lib, uning ishchi organi plunjer ko’rinishida bajarilgan (1.7-rasm).
Diafragmali nasos - qaytma-ilgarilanma nasos, uning ishchi organi bukiluvchan (qayishqoq) to’siq - diafragma ko’rinishida ishlangan (1.8-rasm).
Bunday nasoslarda maxsus materialdan tayyorlangan diafragma bukiluvchanligidan foydalaniladi. Plunjerning so’ruvchi yurishida silindrda hosil qilinadigan siyraklashish oqibatida diafragma silindr tomoniga egiladi; ishchi kamerasida ham shuningdek siyraklashish hosil qilinib, suyuqlik muhiti so’riladi. Plunjerning ortga qaytishida suyuqlik muhitining dam quvuriga siqib chiqarilishi yuz beradi.
1.6-rasm. Porshenli nasos qurilmasi
1.7-rasm. Plunjerli nasosning tuzilishi.
1.8-rasm. Diafragmali nasos
a-ishchi kameraning qurilmasi; b-bitta ishchi kamerali nasos agregatining umumiy ko’rinishi; v- ikkita ishchi kamerali nasos agregatining umumiy ko’rinishi
Porshenning chekka chap holatdan o’ngga harakatlanishida siyraklashish hisobiga so’ruvchi klapan ochilib, suyuqlik muhiti silindrga kelib tushadi. Haydash klapani bu vaqt yopiq bo’ladi (dam quvuridagi ortiqcha bosim bilan o’rindiqqa bosib turiladi). Porshenning teskari bosimi bosim ortishiga olib kelib, buning oqibatida so’ruvchi klapan yopilib, haydash klapani esa ochiladi va suyuqlik muqiti silindrdan dam (haydash) quvuriga kelib tushadi.
Bunday nasoslarda maxsus materialdan tayyorlangan diafragmaning qayishqoqligi qo’llanadi. Plunjerning s ruvchi yurishida silindrda hosil qilinadigan siyraklashish hisobiga diafragma silindr tomonga bukiladi; ishchi kamerada shuningdek siyraklashish hosil bo’lib, suyuqlik muhiti buning oqibatida so’riladi.
Plunjerning ortga qaytishida suyuqlik muhiti dam quvuriga qaytarib chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |