Suv ta’minot tizimlarining nasos stansiyalari uchun nasos agregatlarini o‘rnatish usulini tanlash
KMK 2.04.02-97 ga muvofiq I ishonchlilik toifasiga ega bo‘lgan nasos stansiyalarida nasoslar manbadagi (suv yo`li, suv havzasi va b.) yoki qabul qilish rezervuari suv sathidan quyiroqda joylashtiriladilar (3.4, 3.5-rasm); II va III ishonchlilik toifasiga ega bo`lgan nasos stansiyalarida (o‘t o‘chirish uchun suv uzatadigan nasoslardan tashqari) nasoslar manbadagi yoki rezervuar-qabul qilgichdagi suv sathidan yuqoriroq ornatilishiga yo`l qo`yiladi (3.5-rasm).
3.4-rasm. Qabul qilish rezervuarida suv sathidan baland joylashgan markazdan qochma nasos agregati:
I — tavsiya etiladigan masofa; dJU — dam quvuri shartli o‘tishining diametri; dJBC — so‘ruvchi quvur shartli o‘tishining diametri; tfund — fundament massasi; tagr — nasos agregatining massasi
3.5-rasm. Qabul qilish rezervuarida suv sathidan pastda joylashgan markazdan qochma nasos agregati: I — tavsiya etiladigan masofa; dJU — dam quvuri shartli o‘tishining diametri; dJBC
— so‘ruvchi quvur shartli o‘tishining diametri; tfund — fundament massasi; tagr — nasos agregatining
3.6-rasm. Dam quvuriga kirish tarafidan uchangan markazdan qochma nasos agregati:
I — tavsiya etiladigan masofa; d — dam quvuri shartli o‘tishining diametri; d — so‘ruvchi quvur shartli o‘tishining diametri; tfund — fundament
KMK 2.04.02-97 ga muvofiq I ishonchlilik toifasiga ega nasos stansiyalarida nasoslar manba yoki (suv oqimi, suv havzasi va b.) qabul rezervuaridagi (3.4, 3.5- rasmlar) suv sathidan pastroq joylashtiriladilar; I ishonchlilik toifali nasos stansiyalarida (o‘t o‘chirishga suv uzatadigan nasoslardan tashqari) va III ishonchlilik toifalilarida nasosni manba yoki qabul rezervuaridagi suv sathidan yuqoriroq qilib o‘rnatilishiga ruxsat etiladi (3.6-rasm). Nasos suv sathidan past joylashtirilganida o‘q belgisi o‘rni quyidagi tarzda aniqlanadi: — suv rezervuardan olinganida: o`t o`chirish mаqsаdlаri uchun mo`ljаllаngаn dахlsiz suv zахirаsining yuqоri sаthidаn (suv tubidаn аniqlаnаdi) – bittа yong`indа; dахlsiz suv zахirаsining o`rtаchа sаthidаn – ikkitа vа undаn оrtiq yong`indа; fаvqulоddа (аvariyaviy) hаjm sаthidаn — o`t o`chirish vа fаvqulоddа hаjmlаri bo`lmаgаn hоldа; — suv оlish qudug`idа — quduqdаn mаksimаl dаrаjаdа suv оlishdаgi yеr оsti suvlаrining o`zgаruvchаn sаthidаn; — suv yo`li yoki suv hаvzаsidа – suv оlish jоyi tоifаsigа bоg`liq rаvishdа ulаrdаgi suvning minimаl sаthidаn (dаrаjаsidаn) kеlib chiqqan holda.
Cho‘ktirilgan (chuqurlashtirilgan) nasos stansiyalari mashinalar zali polining belgisi eng katta unumdorlikka ega nasoslari o‘qlari belgisi hamda o‘rnatilgan nasos agregatlarini keyinchalik kattaroq quvvatli nasos agregatlari bilan
almashtirish ehtimolini nazarda tutib belgilaydilar. Nasos suv sathidan balandda joylashganida nasosga suv to‘ldirish qurilmasi - vakuum-nasos (49-rasm) yoki vakuum-qozon ko‘zda tutiladi. Cho‘ktirilgan va chala cho‘ktirilgan nasos stansiyalarida markazdan qochma gorizontal nasos agregatlarini o‘rnatishda nasos stansiyasi mashinalar zalini avariyada suv bosishi ehtimoliga qarshi choralar ko‘rilishi, ya’ni: — eng katta unumdorlikka ega nasos agregatlari ularning elektrodvigatellari mashinalar zali polidan kamida 0,5 m balandlikda joylashadigan qilib o‘rnatilgan bo‘lishi shart; — ortiqcha (avariyaviy) miqdordagi suvni oqova suv tarmog‘iga yoki er yuzasiga chiqarib yuborish imkoniyati quvurda klapan yoki to‘sqichni o‘rnatgan holda ta’minlanishi shart; — mashinalar zalidan favqulodda suv miqdorini oqova suv tarmog‘i tizimiga yoki er yuzasiga tushirish quvuri yotqizish yoki to‘sqichni o‘rnatish bilan ajratish orqali ta’minlanishi shart - mashina xonasidan suvni nasos stansiyasining mashinalar zalidan suvni iste’molchilarga uzatadigan asosiy nasos agregatlarining nasosi bilan etkazib berilishini ta’minlash kerak. Agar o‘rnatilgan nasos agregatlari 2 s davomida nasos stansiyasining mashinalar zalidan 0,5 m qalinlikdagi suv qatlamiga mos hajmdagi suvni haydab chiqarish imkonini bermasa, u holda qo‘shimcha (avariyaviy) nasos agregatlari (bitta yoki bir nechta ishchi hamda bitta rezerv nasos agregatlari) ko‘zda tutilib, ular mashinalar zalidagi suvni chiqarib tashlash imkonini beradilar. Ana shu nasos agregatlari unumdorligi mashinalar zalidan ko‘pi bilan 2 s davomida 0,5 m qalinlikdagi suv qatlamiga mos hajmdagi suvni chiqarib tashlash sharoitlarini belgilab beradilar.
Cho‘ktirilgan (chuqurlashtirilgan) nasos stansiyalarida nasos agregatlari ishdan chiqishining oldini olish maqsadida suv bosgan favqulodda vaziyatlarda markazdan qochma gorizontal nasos agregatlari o‘rniga cho‘ktirma tipdagi germetik monoblok nasos agregatlari o‘rnatilishi mumkin (3.8-rasm). Bu holda fundamentni balandligi bo‘yicha mashinalar zali poli ustidan balandroq qilib o‘rnatish shartiga rioya qilish majburiy emas.
3.7-rasm. Vakuum-nasos o‘rnatish yordamida markazdan qochma nasosni suv bostirish (zalivka) sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |