To‘sqich armaturasini joylashtirish
So‘ruvchi va naporli quvur o‘tkazgichlardagi qulflash armaturasi nasos stansiyasi binosida joylashtiriladi. Nasoslarning qabul rezervuaridagi suv sathidan pastroq joylashtirilishida yoki nasoslarni quvur o‘tkazgichning so‘ruvchi tomoniga ulashda har bir nasosning naporli quvur o‘tkazgichi qulflash armaturasi hamda nasos va to‘sqich armaturasi o‘rtasida o‘rnatiladigan teskari klapan bilan jihozlanadi.
To‘sqich armaturani tanlash
Nasos agregatlarini masofadan turib va (yoki) avtomat tarzda boshqarishda elektr yuritmalar bilan jihozlangan to‘sqich armatura o‘rnatiladi. Bu
13 Насосы и насосные станции : учеб. пособие / Ю. В. Аникин, Н. С. Царев, Л. И. Ушакова ; [науч. ред. В. И. Аксенов] ; М-во образования и науки Рос. Федерации; Урал. федер. ун-т. — Екатеринбург : Изд- во Урал. ун-та, 2018. — 138 с. ISBN 978-5-7996-2378-4
holda pnevmatik, gidravlik yoki elektromagnit yuritmali to‘sqich armatura qo‘llanishiga ruxsat etiladi. Nasos agregatlarini masofadan turib va (yoki) avtomat tarzda boshqarish bo‘lmaganida esa shartli o‘tish diametri 400 mm va undan kichik bo‘lgan to‘sqich armatura o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi. Shartli o‘tish diametri 400 mm dan kattabo‘lgan to‘sqich armaturani gabaritlari kattaligi va boshqarish organlari og‘irligi tufayli elektr va gidravlik yuritmali qilib ko‘zda tutiladi.
3.13-rasm. Siljitilayotgan uskunani stroplashga ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan qo‘yiladigan talablar namunasi 46: a — nasosni ko‘chirish (siljitish); b — nasos agregatini
ko‘chirish (siljitish)
Teskari klapanlarni joylashtirish
Teskari klapanlar nasos stansiyalarida nasos agregati avariyaviy to‘xtatilganida dam quvuridagi suvning nasos orqali teskari oqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘llanadilar. Suvning teskari oqishi dam quvurlari va suv o‘tkazgichlarning
bo‘shab qolishiga nasos ishchi g‘ildiragi va elektrdvigatel rotorining xavfli teskari aylanishiga olib kelishi mumkin. Teskari klapanlarning turli tiplari mavjud. Eng oddiy va ko‘pdan qo‘llanadigan turi teskari zatvor hisoblanadi (3.14, a-rasm). Biroq bunday teskari klapandan foydalanishda nasos agregati to‘xtab qolganida klapan diskining yopilishda keskin berkilishi hisobiga quvurda gidravlik zarb ro‘y berishi mumkin. Ana shu sababli ularning tezda yopilishiga yo‘l qo‘ymaydigan o‘qi simmetrik teskari klapanlarni qo‘llash maqsadga muvofiq (3.14, b-rasm).
3.14-rasm. Teskari klapanlarning tiplari: a — teskari zatvor; b — o‘qqa simmetrik teskari
klapan
Nasos qabul qilish rezervuaridagi suv sathidan balandroq joylashtirilganida ishlatib yuborishdan oldin nasosga suv quyish qulayligi uchun so‘ruvchi quvur boshlanishida qabul qilish teskari klapani o‘rnatilishiga ruxsat etiladi (3.15-rasm). KMK 2.04.02-97 ga muvofiq bunday klapanlar shartli o‘tish joyi diametri 200 mm dan katta bo‘lmagan so‘ruvchi quvurlarda o‘rnatilishi mumkin. So‘ruvchi quvur shartli o‘tish joyi diametri 200 mm dan katta bo‘lganida quvurga konfuzor ulanadi, chunki teskari klapanning katta diametrlarida klapan diski massasi va uning yopilishdagi urilish kuchi keskin ortib ketadi. Bundan tashqari, katta diametrli shartli o‘tish joyi bo‘lgan qabul klapanidagi tobora ortib borayotgan gidravlik qarshilik nasosning geometrik so‘rish balandligini ancha pasaytirib yuboradi.
Individual so‘ruvchi quvurli nasoslar qabul klapanlari bilan jihozlanganida nasoslarning dam quvurlarida teskari klapanlarni o‘rnatmaslik ham mumkin. Nasos stansiyalari suv o‘tkazgichlari va quvurlari, fason qismlari va armatura shartli o‘tish joylarining diametri texnik-iqtisodiy hisob-kitob asosida, suvning harakatlanish tezligidan kelib chiqib, KMK 2.04.02-97 da ko‘rsatilgan me’yorlarda qabul qilinadi.
3.15-rasm. Qabul qiluvchi teskari klapan
Do'stlaringiz bilan baham: |