Hstat=h+HJ5+Hf+z2-z1
bu yerda h — suv ko‘tarish minorasining bakidagi suvning maksimal balandligi, m (bu qiymat avvalroq, suv ko‘tarish minorasi bakining ishchi hajmi aniqlanganidan so‘ng hisoblab topiladi); HJ5 - suv ko‘tarish minorasidan ustuvor nuqta - suv taqsimot tarmog‘idagi suv taqsimot tizimi - bino ichidagi eng baland va eng uzoq suv olish nuqtasigacha bo‘lgan uchastkasidagi gidravlik dam yo‘qotishlari, m (3.5 b.ga binoan aniqlanadi); Hf — ustuvor nuqtadagi erkin dam, m (KMK 2.04.02-97 ga muvofiq, 2.26 b.); z2 — ustuvor nuqtadagi er belgisi, m (suv tarmog‘ini trassirovkalash ishlarini bajarish jarayonida aniqlanadi); z1 — toza suv rezervuarida minimal suv darajasi belgisi, m (kurs yoki diplom loyihalashtirish uchun vazifada beriladi).
Agar suv ko‘tarish minorasi suv taqsimot tarmog‘ining oxirida joylashgan bo‘lsa (3.3-rasm), bu holda II ko‘tarish nasos stansiyasining to‘liq dami taxminiy
qiymatining hisobini suv minorasiga suv tranzitidagi maksimal suv iste’moli uchun bajaradilar. Shundan so‘ng nasos stansiyasi to‘liq damining uzil-kesil taxminiy qiymati aniqlanadi
3.2-rasm. Suv tarqatish tarmog’ining boshidagi bosimli suv minorasi oldida joylashgan II- ko’taruv nasos stantsiyasining umumiy bosimini aniqlash uchun balandlik sxemasi:
Ht,A – nasos stantsiyasining to’liq bosimi; Hstat – statik bosim; Hj1…Hjn – gidravlik bosim yo’qolishi; h – bosimli suv minorasi bakidagi suvning maksimal balandligi; z1, z2 – balandlik belgilari.
3.3-rasm. Suv tarqatish tarmog’ining oxiridagi bosimli suv minorasi oldida joylashgan II- ko’taruv nasos stantsiyasining umumiy bosimini aniqlash uchun balandlik sxemasi:
Ht,A, H”t,A – nasos stantsiyasining to’liq bosimi; Hstat, H”stat – static bosim; Hj1…Hjn, H”j1…H”jn – gidravlik bosim yo’qolishi; h – bosimli suv minorasi bakidagi suvning maksimal balandligi; z1, z2 – balandlik belgilari.
Maksimal suv iste’moli uchun Ht,A hisobi, m, quyidagi formulaga binoan bajariladi
Ht,A=Hstat+HJ1+HJ2+HJ3+HJ4
bu yerda, Hstat — maksimal suv iste’mol qilinganida statik dam, m; HJ1— maksimal suv iste’mol qilinganida nasos stansiyasining ichida o‘rnatiladigan nasos agregatining so‘ruvchi quvuridagi gidravlik dam yo‘qotishlari, m; HJ2— maksimal suv iste’mol qilinganida nasos stansiyasining ichida o‘rnatiladigan nasos agregatining dam (oqim kuchi) quvuridagi gidravlik dam yo‘qotishlari, m (HJ1 va HJ2 larning hisob-kitoblarning shu bosqichidagi umumiy qiymati dastlab 1,5-2 m deb olinadi); HJ3 — sarf o‘lchagich-hisoblagichda maksimal suv iste’mol
qilinganida gidravlik dam yo‘qotishlari, m (0,5-1,5 m ga teng deb olinadi); HJ4 — nasos stansiyasidan suv taqsimot tarmog‘i kirishigacha dam suv yo‘lidagi (suv yo‘llaridagi) va suv taqsimot tarmog‘i quvurining unga dam suv yo‘lining (yo‘llarining) ulanish joyidan ustuvor nuqtagacha gidravlik dam yo‘qotishlari, m.
Maksimal suv iste’mol qilinganidagi statik dam Hstat quyidagi formulaga binoan aniqlanadi.
Hstat= Hf+z2-z1
bu yerda, Hf — ustuvor nuqtadagi erkin dam, m (KMK 2.04.02-97, 2.26 b. ga muvofiq qabul qilinadi); z2 — ustuvor nuqtadagi er belgisi, m (ichimlik suvi tarmog‘iga trassirovkalashni bajarishda aniqlanadi); z1 — toza suv uchun rezervuardagi suvning minimal darajasi belgisi, m (kurs yoki diplom loyihalashtirishi uchun vazifada keltiriladi).
Suv ko‘tarish minorasiga suv keltirishda H'tA hisobi, m, quyidagi formulaga binoan bajariladi:
H’t,A=H’stat+H’J1+H’J2+H’J3+H’J4
bu yerda, H’stat — tranzit jarayonidagi statik dam (napor), m; H’J1 — nasos stansiyasining ichida o‘rnatiladigan nasos agregatining tranzit paytidagi so‘ruvchi quvuridagi gidravlik dam yo‘qotishlari, m; H’J2 — nasos agregatining nasos stansiyasining ichida o‘rnatiladigan dam quvurida tranzit paytidagi gidravlik dam yo‘qotishlari, m (hisob-kitoblarnng bu bosqichida H’J1 va H’J2 larning umumiy qiymati dastlab 1,5-2 m deb olinadi); H’J3 — sarf o‘lchagich-hisoblagichdagi tranzit paytidagi gidravlik dam yo‘qotishlari, m (0,5-1,5 m deb olinadi); H’J4 — nasos stansiyasidan suv taqsimot tarmog‘i kirishigacha bo‘lgan dam suv yo‘lidagi (suv yo‘llaridagi) tranzit paytidagi gidravlik dam yo‘qotishlari va unga dam suv yo‘li (suv yo‘llari) ulanish joyidan suv ko‘tarish minorasigacha suv ta’minot tarmog‘idagi gidravlik dam yo‘qotishlari yig‘indisi, m.
Tranzit paytidagi statik dam (napor) H'stat quyidagi formulaga binoan aniqlanadi
H’stat=h+HJ5+Hf+z2-z1
bu yerda, h — suv ko‘tarish minorasining bakidagi suvning maksimal balandligi, m (bu qiymat oldindan, suv ko‘tarish minorasining baki ishchi hajmi aniqlanganidan so‘ng hisoblab topiladi ), m; HJ5 — taqsimot suv tarmog‘ining suv ko‘tarish minorasidan eng baland ustuvor nuqtasi suv taqsimot tarmog‘idan bino ichidagi eng uzoq joylashgan suv olish nuqtasigacha bo‘lgan uchastkasidagi gidravlik dam yo‘qotishlari, m; Hf — ustuvor nuqtadagi erkin dam, m; z2 — ustuvor nuqtadagi er belgisi, m (ichimlik suvi tarmog‘iga trassirovkalashni bajarishda aniqlanadi); z1 — toza suv rezervuaridagi suvning minimal darajasi belgisi, m.
Nasos stansiyasi to‘liq damining uzil-kesil taxminiy qiymatini aniqlash uchun hisoblab topilgan HtA va H’t,A qiymatlarini bir-biri bilan solishtiradilar va ulardan eng kattasini tanlab oladilar. Bunda agar II ko‘tarilish nasos stansiyasi birlashtirilgan xo‘jalik-ichimlik suvi va o‘t o‘chirish suv tarmog‘i tarkibiga kirsa, unda yong‘in yuzaga kelgan holda qo‘shimcha ravishda to‘liq dami taxminiy hisobini amalga oshirib, shundan keyin barcha uchta qiymat solishtiriladi va ulardan eng kattasi tanlanadi.
Shundan keyin II ko‘tarilish nasos stansiyasining to‘liq dami qiymati suv tarmog‘i I-ko‘tarilish nasos stansiyasining to‘liq damini aniqlashtirishga o‘xshash tarzda aniqlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |