Oqova suvlarini chetga chiqarish nasos stansiyasini hisoblash va loyihalash
Berilgan boshlang’ich ma’lumotlar:
Nasos stansiyani nomlanishi va belgilanishi: Kanalizatsiya bosh nasos stansiyasi
Nasos stansiyasini turi: o‘zining dispetcherlik punkti bilan yarim avtomat 3.Nasos stansiyasining kunda ishlash vaqtining miqdori – 24 soat 4.Bosimli vodovodlarning soni – 2 ta
Qurilish ob’ekti Jizzax viloyati
Tuproq tarkibi galechpiklar (shag’allar, toshqotirmalar) va o’rmonsimon suglinkalar (qumoq tuproq)
Grunt suvlarini chuqurligi 0.5 dan 6.0 m 8.Tuproqning muzlash chuqurligi m 9.Tumanning seysmikasi 8 ball
Aholi soni odam
Tumandagi aholini zichligi 1-tuman 240 odam/ga
2-tuman 160 odam/ga
Qo‘rilish ob’ektini maydoni 1-tuman 154.427 ga
2-tuman 160.037 ga
Oqova suvlarini chiqaruvchi kollektorlarini er belgilari:
Uzatilayotgan bosh kollektorning ostki belgisi m
Tozalash inshootidagi qabul qilish kamerasidagi suv sathining belgisi
m
KNS ning er belgisi m
Oqova suv uzatilayotgan kollektorni yotqizilish chuqurligi m 15.Nasos stansiyasi 1-kategoriyaga tegishli.
Oqova suvlarini chetga chiqarish nasos stansiyasi haqida ma’lumot
Nasos stansiyalari gidroenergetik inshootlar turiga mansub bo’lib, sug’orish, quritish, xo’jalik-ichimlik yoki sanoat suv ta'minoti hamda kanalizatsiya (chiqindi suvlarini chiqarish) va boshqa tizimlarda suv uzatishga xizmat qiladi. Inshootlarning tarkibi, ularning tuzilishi, joylashtirilishi, urnatiladigan uskunalar soni va turi, nasos stansiyaning ahamiyati va unga qo’yiladigan talablarni hisobga olgan holda, suv manbaidan kompleks foydalanish va tabiatni muhofaza qilish tadbirlari asosida aniqlanadi.
Nasoslar, uskunalar va quvur o’tkazgichlarni oqova suvlarning va cho’kindilarning hisobiy oqimi hamda fizik-kimyoviy hususyatlari, ko’tarilish balandliklariga ko’ra hamda nasoslar va quvur o’tkazgichlar tavsifini hisobga olgan holda, shuningdek ob'ektni ishga tushirilish ketma-ketligini inobatga olgan ravishda tanlash lozim. Zahira nasoslar sonini KMK 2.04.03-97 21-jadvali bo’yicha qabul qilish joiz.
Ishlab chiqarish va maishiy oqova, atmosfera suvlari va yog’inlar (loyqa) tozalash stansiyalariga mahalliy rel’ef sababli o’zi oqib borishi mumkin bo’lmagan hollarda kanalizatsiya nasos stansiyalari quriladi. Kanalizatsiya tizimlari qurilishining turli variantlarini taqqoslash shuni ko’rsatadiki, o’zi oqar kollektorlarini ochiq usulda ishlashda yotqizilish chuqurliklarini: qoyali zaminda 4-5m gacha, nam, oquvchan zaminlarda 5-6 m va quruq zaminda 7-8 m gacha qabul qilish tavsiya yetiladi.
Agar o’tkazilayotgan kollektorning joylashtirish chuquriigi tavsiya qilingan chuqurlik kattaligidan orsa, unda texnikaviy-iqtisodiy asoslashga mos ravishda kanalizatsiya nasos stansiyasini qurishni ko’rib chiqish lozim. Suv toshqinidan himoyalovchi dambalar bilan ta'minlangan, daryo sohilida joylashgan shaharlarda atmosfera suvlarini haydovchi nasos stansiyalari quriladi.
Tindirgichlarni bo’shatish uchun qabul qiluvchi rezervuarlardan foydalanish mumkin. Ko’p hollarda hizmat qilish va maishiy xonalar qurilishiga zarurat bo’lmaydi. Lekin bunday hollarda bosh kollektor va kanalizatsiya nasos
stansiyasining uzunligi va chuquriigi ortishi mumkin. Nasos stansiyasini kanallashtirilgan ob'ekt tevaragida joylashtirishda siquv suv o’tkazgichlari qurilish narxi elektroenergiya sarfi va uning oqibatida foydalanish sarflari ortadi, ammo narxi qimmat bo’lgan o’zi oqar kollektor qurilishiga zarurat yo’qoladi.
Nasos stansiyalarining qabul qilish sig’imlarida nasoslarni ifloslanishdan muhofazalash zarurati bo’lganda, mexanizatsiyalashtirilgan haskashli panjaralar yoki maydalagich-panjaralarni nazarda tutish lozim.
Chiqindilar miqdori 0,1 m3/sut dan kam bo’lganda, qo’lda tozalanadigan panjaradan foydalanish ruxsat etiladi. Panjara tirqishning kengligini o’rnatilayotgan nasoslar o’tish kesimi diametridan 10-20 mm kam qabul qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |