Nasimxon rahmonov



Download 1,01 Mb.
bet53/63
Sana03.01.2021
Hajmi1,01 Mb.
#54285
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63
Bog'liq
Nasimxon rahmonov o‘zbek mumtoz adaBIyoti tarixi

Savol va topshiriqlar

  1. Noma janrining ilk ildizlari haqida ayting.

  2. Fors adabiyotidagi ilk noma janriga kim asos solgan?

  3. “Muhabbatnoma” qaysi adabiy muhitning mahsuli?

  4. “Muhabbatnoma”ning tarkibi va tuzilishini aytib bering.

  5. Xorazmiyning tasavvufga mansubligi qaysi o‘rinlarda va qaysi timsollar orqali namoyon bo‘ladi?

  6. “Latofatnoma”ning asosiy timsollar haqida so‘zlab bering.

  7. “Dahnoma” muallifi YUsuf Amiriyga Navoiy qanday ta’rif beradi?


Munozara (E.Rustamovning kitobidan)

Munozara janri haqida so‘z ketganda, albatta, bu janrning ildizlariga e’tibor qaratilada. Munozara dunyo xalqlarining aksariyatida azaldan mavjud bo‘lib, ma’lum bir xalqning inonch-e’tiqodlari zaminida shakllangan. Munozaraning so‘z orqali ifodalash (verbal) xususiyati ana shu inonch-e’tiqodlar, qolaversa, marosimlar, udumlar zaminida shakllangan.

Evropa xalqlari o‘tmishida “O‘limni haydash” va “YOzni chaqirish” marosimi haqida mashhur ingliz etnografi J.Frezer ko‘p ma’lumotlarni keltirgan. Uning keltirgan ma’lumotlari XVI-XVIII asrlarga tegishli. “O‘limni haydash” marosimi yozni, bahorni, umuman, hayotni qaytarishga da’vat qiladi. “YOzni chaqirish” marosimi ham, xuddi “O‘limni haydash” marosimi singari, sahna ko‘rinishlaridan iborat.124 Umuman, bu marosimlarning maqsadi –har doim yoz, ya’ni sog‘lom hayot doimo insoniyatga hamroh bo‘lish istagini uyg‘otishdan iboratdir.

J.Frezer “O‘limni haydash” va “YOzni chaqirish” marosimidan so‘ng, YOz va Qish o‘rtasidagi kurash sahnasini yoritadi. U ayrim g‘arb mamlakatlarida, xususan, SHvetsiyada YOz va Qish o‘rtasidagi kurashga bag‘ishlangan xalq o‘yinlarini keltiradi. Bu o‘yinda albatta YOz g‘olib keladi.125

YOz va Qish munozarasi Germaniya, Angliya va Skandinaviya mamlakatlarida XIV-XVI asrlardan buyon bor. Munozara janri bu mamlakatlar xalqi orasida marosimlar bilan bog‘liq bo‘lib, bahor paytidagi turli sanalarga to‘g‘rilangan. G‘arbiy Germaniyada munozara yaqin vaqtlargacha bahorgi marosim o‘yinlari sifatida saqlangan edi.

Qish va YOz olmon xalq marosim o‘yinlarida olomon o‘rtasida o‘tkazilgan. Ikkalasi bir-biriga qarama-qarshi kuchlar sifatida chiqadi. YOz o‘z mulozimlari bilan quyosh chiqadigan SHarqdan kelgan. U Qishga “Bu erdan jo‘nab qol” deb buyuradi. Qish qo‘pol dehqon timsolida bo‘lib, boshiga telpak kiygan, u tog‘dan kelgan, o‘zi bilan birga shamol, sovuqni, qorni olib kelgan. Ammo u daf bo‘lishni aslo istamaydi. Qish oppoq qorli dalalari bilan, YOz esa yam-yashil vodiylari bilan maqtanadi. YOzda o‘t-o‘lanlar ko‘karadi. Qish ham turli-tuman ichimliklar kashf qilgan. YOz em-xashak, sharob, g‘alla etishtiradi, bularning hammasi qishda yo‘q bo‘ladi. Tabiiyki, bular YOz va Qish o‘rtasida savol-javob tarzida o‘tadi, ikkovining orqasida esa xor aytib, mulozimlari turadi. Oxiri YOz g‘alaba qiladi. Qish o‘zini YOzning xizmatkori deb ataydi va “Ikkovimiz boshqa mamlakatlarga boraylik, menga yordam bergin”, deb iltimos qiladi. SHundan keyin YOz “Jang tamom bo‘ldi, xayrli tun”, deya e’lon qiladi. Munozaraning bunday ko‘rinishlaridan V111-1X asrga oid “Bahor va Qish” nomli lotincha she’r ham etib kelgan.126 YOz va Qish munozarasining marosimga aylangan ko‘rinishi yoqut xalqida ham saqlangan. Ularning marosimi bahor va kuzga oid bo‘lib, bahorning ilk kunlarida oliyjanob tangriga qurbonlik qilish bilan boshlangan.127

Bu marosimlarni keltirishdan maqsad shuki, bu shakldagi bahs yoki olishuv munozaraning ilk ko‘rinishlaridir. Munozara janr sifatida xalq og‘zaki ijodiga kirib kelishida bu marosimlar asosiy bosqich bo‘lgan.

Munozara janri o‘zbek adabiyotida uzoq tarixga ega. Dastlab bu janrning ildizlarini turkiy xalqlar miflarida ko‘ramiz.Turkiy qavmlarning paydo bo‘lishiga oid mifda aytilishicha, YOz qizi bilan Qish qizi o‘rtasida, kim qudratli degan bahs bo‘lib, ikkovi bellashadi. Musobaqada YOz qizi g‘alaba qiladi.

Munozara janrining asosiy belgilaridan biri – bahsga kirishgan tomonlardan biri g‘olib, biri esa albatta mag‘lub bo‘ladi. YUqoridagi mifda boshlangan munozaraning ana shu xususiyati Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asarida YOz va Qish o‘rtasidagi munozarada aniq ko‘rinadi. Har ikki timsol o‘rtasidagi munozara ijtimoiy mazmun kasb etadi.

Turkiy xalqlarning qadimgi yozma va og‘zaki adabiyotini o‘zida mujassam etgan “Devonu lug‘atit-turk”asaridagi 23 to‘rtlik asosida Abdurauf Fitrat YOz va Qish munozarasini tikladi.128 Ungacha ham turk olimlari Fuod Ko‘purilizoda, Ziyo Ko‘kalp YOz va Qish munozarasini tiklashga harakat qilganlar. Ammo bu olimlarning “Devonu lug‘atit-turk”dagi mazkur janrni tashkil etgan to‘rtliklarga munosabatlari turlichadir.

Rossiyalik turkolog I.V.Stebleva “Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy shakllar haqida fikr yuritib, bu asardagi munozaraga o‘z munosabatini bildirgan va bu janrni tiklagan edi. U “Devonu lug‘atit-turk”ning to‘rtta nashri – turk olimlari Ahmad Rif’at va Basim Atalay tarjimalarini va nashrlarini, o‘zbek olimi S.Mutallibov tarjimasi va nashrini, nemis turkolog olimi K. Brokkelmanning nashriga tayanib, tanqidiy matn tayyorlab, munozara janrini tiklaydi va yigirma uchta to‘rtlikni munozara janri sifatida beradi. I.V.Stebleva keltirgan “Devonu lug‘atit-turk”dagi munozara quyidagicha:
Qish yay bila to‘qushti,

Qing‘ir ko‘zin baqishti,

Tutushqali yaqishti,

Utg‘alimat o‘g‘rashur (1.VA 170, T. I 181-182)129


Yay qish bila qarishti,

Ardam yasin qurishti,

CHerig tutib kurashti,

O‘qtag‘ali utrushur (II. BA 97, T. II 104)


Qish yayg‘ahi suvlanur,

Ar at manin yavrayur,

Iglar yama savriyur,

At yin taqi bakrishur (III. BA 278, T III 294)


O‘l qar qamug‘ qishin inar,

Ashliq tarig‘ anin o‘nar,

Yavlaq yag‘i manda tunar,

San kalibon tabrashur (II BA 204, T. II 237)


Canda qo‘par chayanlar,

Quzg‘u singak yilanlar,

Duk ming quyu tumanlar,

Quzruq tikib yugrushur (III. BA 367, T. III 378)


Tumlug‘ kelib qapsadi,

Qutlug‘ yayig‘ tepsadi,

Qarlab ajun yapsadi,

Et yin ushub emrishur (I BA 463, T. I 430).


Balchiq baliq yug‘rulur,

CHig‘ay yavuz yig‘rilur,

Eringaklari o‘g‘rilur,

O‘zg‘uch bila evrishur (I. BA 248, T. I 249)


Kaldi esin esnayu,

Qazqa tugal usnayu,

Kirdi budun kusnayu,

Qara bulit ko‘krashur (II. BA 223, T. II 259-260, BA 147, )


Ordi bulit ingrashu,

Aqti aqin mungrashu,

Qaldi budun tanglashu,

Ko‘krar taqi mangrashur (III BA 398, T.III 407)


Quydi bulut yag‘murin,

Kerib tutar aq to‘rin,

Qirqa qo‘zti o‘l qarin,

Aqin aqar angrashur (III BA 39, T.III 46)


Qar buz qamug‘ erushdi,

Tag‘lar suvi aqishdi,

Ko‘kshin bulit orushdi,

Qayg‘uq bo‘lub egrishur (I BA 186, T.I 195)


Qaqlar qamug‘ kulardi,

Tag‘lar bashi ilardi,

Ajun tani yilirdi,

Tutu chechak cherkashur (I BA 179, T.I 189)


Ay qo‘pub evlanib,

Aq bulit o‘rlanib,

Bir bir uza o‘klunub,

Sachlub suvi engrashur (III BA 398, T. I 258)


Tuman chechak tizildi,

Bukundan o‘l yazildi,

O‘gush yatib uzaldi,

Yerda qo‘ba azrishur (I BA 233-234, T.I 236-237)


Tegma chechak ukuldi,

Bukuklanib bukulti,

Tugsin tugun tuguldi,

Yarg‘ilamat yurkashur130 (I BA 437, T.I 409-410; II BA 285, T II 329)


Yamg‘ur yag‘ib sachildi,

Turlug chachak suchuldi,

Yinju qabi achildi,

CHindan yipar yug‘rushur (II BA 122, T.II 139)


Qizil, sarig‘ arqashib,

Yepkin, yashil yuzkashib,

Bir-bir keru yurkashib,

Yalinguq ani tanglashur (I BA 395, T.I 375)


Yashin atib yashnadi,

Tuman turub tushnadi,

Ayg‘ir, qisir kishnadi,

O‘gur alib o‘qrashur (I BA , 235-236 T.I 238)


Alin tubu yashardi,

Urut o‘tin yashurdi,

Ko‘lning suvin kushardi,

Sig‘ir buqa mungrashur (II BA ,79 T.II 83)


Qulan tugal qumutti,

Arqar so‘qaq yumutti,

Yaylag‘ taba emitti,

Tizgiq to‘rub sekrashur (I BA ,214, T.I 221)


Qo‘chingar teka sevildi,

Sag‘liq surug qo‘shuldi,

Sutlar qamug‘ yushuldi,

O‘g‘laq qo‘zi yamrashur (III BA ,102, T. III 113)


Yilqi yazun atlanur,

O‘tlab aning etlanur,

Beglar semiz atlanur,

Sevnub o‘gur isrishur (I BA , 285, T. I 282)


Sanda qachar sundilach,

Menda tinar qarg‘ilach,

Tatlig‘ o‘tar sanduvach,

Erkak tishi uchrashur (I BA ,529, T. I 481, III BA 178, T. III 193)


Yay baruban erkuzi,

Aqti aqin munduzi,

Tug‘di yarug‘ yulduzi,

Tingla so‘zum kulgusuz (I BA , 96, T. I 121)


Ag‘di bulit ko‘krayu,

Yag‘mur to‘li sekrayu,

Qaliq ani ugriyu,

Qancha barir belgusiz (I BA , 354, T. I 336)


Turlug chechak yarildi,

Barchin yazim kerildi,

Uchmaq yeri ko‘ruldi,

Tumlug‘ yana kelgusuz (I BA 119, T. I 141)


Qush, qurt qamug‘ tirildi,

Erkak tili terildi,

Ugur alip tarildi,

Yinqa yana kirgusuz (III BA 5-6, T. III 11-12)


Yay, ko‘rkinga inanma,

Suvlar uza tayanma,

Esizligig anunma,

Tilda chiqar ezgu so‘z (III BA 160-161, T. III 176)131

Ayrim hollarda munozarada kichikroq hajmdagi hamd qismi ham mavjud bo‘ladi. Hamd – shu munozarani yozishga undagan shaxsga qaratiladi. Ba’zi tadqiqotchilar munozara janrini o‘rganib, bu janr SHarq mumtoz adabiyotidagi qasida janrining bir ko‘rinishidir, degan fikrni ham bildirganlar Bunday xulosaga kelishda ular munozaraning hamd qismiga tayanadilar.132 Ammo bu fikr unchalik o‘zini oqlamaydi. Munozarada hamd bo‘lishi shart emas. Masalan, “Devonu lug‘atit-turk”dagi munozarada ham, “Qutadg‘u bilig”dagi O‘zg‘urmish va O‘gdulmish munozarasida aslo ham qismi yo‘q. SHuning uchun qasida bilan munozara o‘rtasidagi aloqadorlik to‘g‘risida gapirish ortiqcha.

Munozara fors va turkiy xalqlar adabiyotida eng ko‘hna janrlardan. O‘rta asr fors adabiyotidan bizgacha bu janrning e’tiborli bir namunasi etib kelgan. Bu munozara “Daraxt va xurmo” deb nomlanib, asarning pahlaviycha matni, transkripsiyasi, tojik va rus tillariga tarjimasi I.S.Braginskiyning “Iz istorii tadjikskoy narodnoy poezii” (Moskva, 1956, 223-226-betlar) asarida keltirilgan. Asarda hikoya qilinishicha, xurmo bilan echki bahsga kirishib, qaysi biri insonga ko‘proq foyda keltirishini isbotlashga harakat qiladilar.

X1 asrda bu janrga mashhur fors-tojik shoiri Asadi Tusiy e’tibor qaratdi. Uning beshta munozarasi bizga ma’lum. 1. “Tun va kun munozarasi” (Munozarai shab va ruz). 2. “Nayza va yoy munozarasi” (Munozarai rameh va qavs). 3. “Osmon va er munozarasi” (Munozarai osmon va zamin). 4. “Otashparast va musulmon munozarasi” (Munozarai gabr va musulmon). 5. “Arab va fors munozarasi” (Munozarai arab va ajam).

Mazkur munozaralarning dastlabki uchtasini nemis tiliga G.Ete tarjima qilgan. To‘rtinchi munozara Rizo Qulixonning “Majma’ ul-fusaho” (CHiroyli so‘zlovchilar jam’i) tazkirasida bor. Beshinchi munozarani E.E.Bertels SSSR FA SHarqshunoslik institutining ilmiy to‘plamida (19-jild, 1958 yil) nashr qilgan.

O‘zbek mumtoz adabiyotida munozara XU asrning birinchi yarmida maxsus janr sifatida shakllandi. Albatta, o‘zbek mumtoz adabiyotida bu janrning shakllanishiga, bir tomondan, turkiy adabiyotdagi ayrim asarlar tarkibida, mif va udumlar ko‘rinishida etib kelgan munozara, ikkinchi tomondan, fors-tojik adabiyotidagi munozara ta’sir ko‘rsatdi. YUsuf Amiriyning “CHog‘ir va Bang”, Ahmadiyning “Sozlar munozarasi”, YAqiniyning “O‘q va YOy” munozarasi o‘zbek mumtoz adabiyotidagi munozaraning yorqin namunalaridir.


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish