Nasimxon RAHMONOV
O‘zbek mumtoz adaBIyoti tarixi
(Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha)
o‘QUV QO‘LLANMASI
TOSHKENT 2014
Mas’ul muharrir
filologiya fanlari doktori, professor
Hamidulla Boltaboev
Taqrizchilar:
filologiya fanlari doktori, professor Saidbek Hasanov
filologiya fanlari nomzodi Dilnavoz YUsupova
Мазкур қўлланма илк бор яратилган бўлиб, олий таълимнинг бакалавриат босқичи учун мўлжалланган. Қўлланма ўзбек мумтоз адабиётнинг энг қадимги давридан ХV асрнинг биринчи ярмигача бўлган даврини қамраб олади. Қўлланмада исломгача бўлган давр щзбек адабиётига алоҳида эътибор берилган. Шунингдек, Х1- ХV аср ўзбек адабиётининг янги қирралари, тарихий-адабий манбалар чуқур ёритилган.
Данное пособие написано впервые и предназначено для бакалавриата высщего образования. Пособие охватывает периоды с древнейщих времён до первой половины ХV века узбекской классической литературы. В пособии особое внимание уделено узбекской литературе доисламского периода. А также, в ней глубоко освещены историко-литературные источники, в том числе, новые грани узбекской литературы Х1- ХV веков.
This textbook is written for the first time and purposed for the bachelor of high education. Textbook covers the history of Uzbek literature starting from ancient times until the first part of XV century. In textbook special attention is given to Uzbek literature of pre-Islamic period. Here you will find detailed information about historical literal sources and get acquainted with new facets of Uzbek literature of XI-XV centuries.
so‘z boshi
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va mumtoz adabiyotga munosabat
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, hamma sohalar qatori, ma’naviy jarayonga ham alohida e’tibor qaratila boshlandi. Ma’naviy jarayon ma’lum bir mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynab kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Mamlakatning ruhan barqaror, sog‘lom fikrli avlodi ma’naviy jarayon tufayligina o‘z g‘oyalarini, aqidalarini yaratgan.
SHarq azaldan ma’naviy jarayon beshigi bo‘lib kelgan. Qadimgi SHumer, Misr, Xitoy, Hindiston, Turon xalqlari yaratgan moddiy-ma’naviy yodgorliklarni eslab o‘tishning o‘zi kifoya. Ayniqsa, Turonzaminning osori-atiqalari, yozuv madaniyati, arixitektura inshootlari hamon jahon ahlini hayratga solib kelmoqda.
Zotan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da shunday deyiladi: “...sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi puxta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi”.1 Dasturda aytilgan bu kamchiliklar o‘zbek mumtoz adabiyotini oliy ta’lim tizimida o‘qitishga ham bevosita va bilvosita aloqadordir. Ayniqsa, dasturda “Xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash”2ga qaratilgani o‘zbek mumtoz adabiyotini oliy ta’lim tizimida o‘qitishga alohida e’tibor berish zaruriyatini keltirib chiqaradi. CHunki Dasturda ta’kidlangan “xalqning boy va ma’naviy merosi”ning katta qismini o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari tashkil qiladi. Ikki ming yillik tarixga ega mumtoz adabiyotni izchil o‘rgatadigan qo‘llanmaning yo‘qligi ham “Kadrlar tayyorlash Millik dasturi”da qo‘yilgan vaziflarni amalga oshirishni bir oz qiyinlashtirmoqda.
“O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi” kursini o‘qitish muntazam ravishda adabiyotshunoslik va metodika fanlariga doir so‘nggi yutuqlar bilan boyitib borilishi talab etiladi. Aks holda, talabalarning mumtoz adabiyot tarixi haqidagi tasavvurlari adabiyotshunoslik fani taraqqiyotidan ortda qolib ketadi. SHuningdek, bo‘lajak filologlar egallagan bilimlarini yosh avlodga o‘rgatishning samarali didaktik usullaridan bexabar qolishlari mumkin. YOsh filologlar ertangi kunga yaroqsiz eski adabiy qarashlar tizimi bilan qurollanib qolmasliklari uchun ko‘p asrlik tarixga ega o‘zbek adabiyotiga tamomila yangicha nuqtai nazardan yondashish zaruriyati paydo bo‘ldi. Chunki bizda, shu vaqtga qadar, umuman, adabiyot tarixini, xususan, mumtoz adabiyot tarixini sog‘lom ilmiy asoslarda o‘rganish tamoyillari ishlab chiqilmagan edi.
Ko‘p asrlik o‘zbek adabiyoti tarixi o‘tmishda alohida mustaqil fan va yaxlit tizimli badiiy-estetik hodisa sifatida emas, balki eng etuk adabiy siymolarning alohida asarlari ko‘proq badiiy mahorat va tasviriy san’at nuqtai nazaridan lokal yo‘sinda o‘rganib kelingan bo‘lsa, SHo‘ro davrida adabiyotga sinfiy-partiyaviy nuqtai nazar bilan qarash, bir millatning yagona adabiyotiga bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikkita adabiyot sifatida qarash etakchilik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |