Otasi o‗g‗lining diniy tarbiya olishini istamadi. Ota hayotning salbiy tomonlarini
o‗g‗lidan yashirib, dabdabali hayotni muhayyo qildi. O‗g‗liga haqiqiy dunyoviy
tarbiya berdi,
Siddxartxa o‗n olti yoshida ikki malikaga uylanib, otasning saroyida betashvish
hayot kechirardi. U saroydan
uch marta tashqariga chiqib, ucha muqarrar
yovuzlikni bilib oldi: bular – keksalik, azob-uqubat va o‗lim edi. To‗rtinchi marta
saroydan tashqari chiqib, qashshoq rohibga duch keldi. Rohibning xotirjam va
shod ekanini ko‗rib, zaminiy yovuzliklarga qarshi dori-darmonni topdi. YArim
tundan uyg‗onib, yonida o‗tgan malikalarning horg‗in tanasiga nazar tashladi va
yana butun zaminning og‗ir yukini anglab etdi. O‗sha zohoti Siddaxartxa saroyni
tark etib, zohidona hayot kechira boshladi va ismini Gautama deb o‗zgartirdi. Ikki
muallim rahbarligida falsafani va yog texnikasini anglab, beshta shogirdi bilan o‗z
tanasini azoblaydigan bo‗ldi. Etti yil davomida u azob-uqubatda ter to‗kib, kohin
braxmanlarning muqaddas kitoblarini o‗qidi. Ammo maqsadga erishlomay va bu
singari riyozat chekishning behudaligini tushunib, guruch bilan oziqlana boshladi.
Siddxartxaning kuchizlanib borayotganidan xafa bo‗lgan
shogirdlari uni tark
etdilar. SHundan keyin SHakyamuni (SHakya shohligidan kelgan zohid) anjir
daraxti ostiga o‗rnashib oldi va unda ―ong tiniqlashuvi‖ yuz bermaguncha joyidan
qimirlamaslikka qaror qildi. U O‗lim va YOvuzlik ilohi Maraning siquvlariga
bardosh berdi. Tong payti Mara ustidan g‗alaba qilib, Buddaga aylandi va ―to‗rt
oliyjanob haqiqat‖ni anglab etdi va to‗rt oliy haqiqatning sohibi bo‗ldi. Banoras
shahrida u ilgari tark etib ketgan beshta shogirdiga ana shu haqiqatni va‘z qila
boshladi.
Birinchi oliy haqiqat shundan iboratki, hamma narsa Azobdir: tug‗ilish – azob,
o‗lim – azob, xastalik – azob, jamiki beqaror narsalar - azob. Ikkinchi haqiqat
shuki, azobning sababi shahvatdir. Uchinchisi – shahvatdan xalos bo‗lish
azoblardan xalos bo‗lishga olib boradi. To‗rtinchisi – azoblardan xalos bo‗lishga
olib boradigan sakkiz yo‗l yoki O‗rta Yo‗lni ko‗rsatadi. Bular – Fikr, Tafakkur,
Kalom, Faoliyat, Hayot tarzi,
Tirishqoqlik, Diqqat-E‘tibor, Mushohada. To‗rtala
haqiqat Buddaning chinakam maktubini aks ettiradi.
Budda Banoras shahrida birinchi marta va‘z aytgandan keyin, yangi imonga yuz
burgan jamoat braxmanlar, shohlar va zohidlar hisobiga to‗ldi. Ongi ochilganning
fikricha, ularning ko‗pchiligi ortiqcha edi, shuning uchun ibodatxonaga ayollar
kirishiga ham ijozat berdi. SHu munosabat bilan u Qonun inqirozi haqida bashorat
qildi. Bu
darma
deyiladi.
Budda sakson yoshida vafot etgan. U o‗limi oldidan odamlarga shunday degan
ekan: ―Ey odamlar! Hamma yaratilgan narsalar buzilishga mahkum qilingan.
Kuchingiz boricha qutqarishga intiling‖. Uning vafotidan keyin buddaviylar
jamoatiga Maxakashyapa degan odam bosh bo‗ldi. Budda yaratgan falsafa shundan
iboratki, dunyo dinlaridagi singari
tasdiqlashga
emas, balki
inkor
qilishga
asoslangan. Buddaning yo‗li – ―Men‖ning hech narsaga aylanishi yo‗lidir,
atrof
olam hodisalarining hech narsaga aylanishidir. Budda qilgan va‘zlarida shunday
degan ekan: ―Olam abadiy va olam abadiy emas, olamning nihoyasi bor va
olamning nihoyasi yo‗q, ruh va tana birdir, ruh va tana bir emasdir, arxat (valiy)
o‗limdan keyin yashaydi va arxat o‗limdan keyin yashamaydi, u mavjud va mavjud
emas...‖ Rohiblardan biri buni tushuntirib berishni Buddadan so‗raganda, u
shunday javob olgan: ―Bu quyidagi hodisaga o‗xshaydi: zaharlangan o‗qdan
yarador bo‗lgan odamga do‗stlari va qarindosh-urug‗lari tabibni olib kelishga
shoshilganda, yarador odam shunday deyayotganday: ―Meni kim yaraladi –
jangchimi
,
braxmanmi
,
dehqonmi
yoki
qarolmi
, uning ismi kim, qaysi
urug‗dan...baland bo‗ylimi yoki o‗rta bo‗ylimi yo pakanami...uning
sochlari
qorami yoki sariqmi va h. – shularni bilmagunimcha, tanamdagi o‗qni chiqarib
tashlashiga ijozat bermayman‖.
O‗sha rohib Buddaning ta‘limoti haqida tasavvurga ega bo‗lish uchun yuqorida
eslangan gaplarni tasdiqlash va inkor qilishni ko‗z oldiga keltirganda, Budda ―har
qanday nazariyalardan xoliman‖, deb e‘lon qilaroq, hamma tasdiq va inkorni rad
qildi. Budda oddiy mantiq qonunlariga ko‗ra fikr yuritayotgan (agar A yolg‗on
bo‗lsa, demak, A-emas haqiqiydir) rohibning parishon bo‗lganini ko‗rib undan
so‗radi: ―Sen shu savolimga javob bera olasanmi: so‗ngan olov sharqqa ketdimi,
g‗arbga ketdimi, janubga ketdimi, shimolga ketdimi?‖ Budda arxat (valiy)ni
so‗ngan olovga qiyoslashiga suhbatdosh rohib yo‗l qo‗yib, o‗z johilligini tan oldi:
arxantning mavjudligiga aloqador har bir tasdiqning noto‗g‗riligini isbotlash
mumkin edi.
Budda jamiki olam jonzotlariga, xususan, insoniyatda o‗nta va‘dasini e‘lon qilgan.
Budda bu va‘dalarini yomon qilmishlarga barham
berishga qarshi ruhiy kuch
sifatida yaratgan. Bu va‘dalar quyidagilardir: 1. Jonli mavjudotlarga hech qanday
zarar etkazmaslikka va‘da beraman. 2. Agar o‗z xohishi bilan bermasa, hech
kimdan hech narsa olmayman. 3. Er–xotin o‗rtasidagi vafodorlikka rahna
solmayman. 4. YOlg‗on gapirishdan o‗zimni tiyaman. 5. O‗z ustimdan nazoratni
yo‗qotmaslik uchun mast qiluvchi ichimliklardan va giyohvandlikdan saqlanaman.
6. Mechkaylikdan voz kechaman va garchi mumkin bo‗lsa ham ko‗p taom
emayman. 7. Raqsga tushishdan, musiqa tinglashdan, qo‗shiq aytishdan, sahnada
o‗zimni ko‗rsatishdan voz kechaman. 8. Gulchambarlardan foydalanishdan, atir va
turli taqinchoqlarni ishlatishdan voz kechaman. 9. Baland o‗rindiqlarda o‗tirishdan,
qalin to‗shakda yotishdan voz kechaman. 10.
Oltin va kumushdan
foydalanmayman.
Buddaviiylik hamma davrda, sharoit taqozosiga ko‗ra vazifa bajargan. Bu
buddaviylikning ma‘lum bir hududdagi maqsad va vazifalari, shu joyning ijtimoiy
hayotiga muayyan ta‘siri bilan belgilanadi. Ayrim mamlakatlarda milliy-ozodlik
harakatiga buddaviylik katta ta‘sir ko‗rsatdi. Ammo qanday sharoitda va qaerda
bo‗lmasin, buddaviylik o‗z mohiyatini – insoniyatga najot berish maqsadini saqlab
qoldi. Zotan, Budda shunday degan edi: ―Okeanning suvi bitta ta‘mga – sho‗r
ta‘mga ega bo‗lganiday, mening ta‘limotim ham bir yo‗singa – qutqarishga
mo‗ljallangan. Odam bajarishi kerak bo‗lgan eng muhim vazifa – atrof–muhitni
itoatdan qutqarishga erishishdir, qo‗rquvning yo‗qolishi odamzodni ozod qiladi. U
ozod bo‗lgandagina o‗z ozodligini biladi, qayta tirilishdan qutulganini tushunadi,
muqaddaslikka to‗la erishilgan bo‗ladi, burch bajarilgan bo‗ladi, odam bu dunyoga
qaytib kelmaydi‖.
Faqat jasad qaytib kelmaydi, bordi-yu, qaytib keladigan bo‗lsa,
itoatdan qutula
olmaydi. Buddaviylikning asosiy maqsadi faqat odamzodning ozod bo‗lishiga yo‗l-
yo‗riq ko‗rsatishdan iborat bo‗lib qolmay, balki butun mavjudotni qutqarishga
mo‗ljallangan. Irodaga egab bo‗lish va irodani birdan-bir maqsadga bo‗ysundirish
buddaviylikning idealidir. (Buddaviylikni davom ettirish kerak)
―Oltun yorug‗‖
Do'stlaringiz bilan baham: