bevosita Turk xoqonligining imkoniyatini ko‗rsatadi va bu imkoniyatdan o‗z
vaqtida foydalanishga xoqonni da‘vat qiladi.
To‗nyuquq - mashhur lashkarboshi bo‗lish bilan birga, xoqonlikning mavqeini
mustahkamlashda fidoyi inson ekanligini ham ko‗rsatadi. To‗nyuquq - xoqonning
ishonchli lashkarboshisi, u mohirligi tufayli oz sonli lashkari bilan Xitoy, o‗g‗uz va
tabg‗achning ko‗p sonli lashkarini mag‗lub qiladi. Xonini tashlab,
Xitoyga
qo‗shilib ketgan o‗g‗uzlar yana xoqonlikka qaytib keldilar.
To‗nyuquq bitigtoshi, birinchi navbatda, To‗nyuquqning ijodi, bir asar sifatida
uqilishi lozim. Bitigtoshning maqsadi To‗nyuquq olib borgan janglarni yoki uning
xoqonlikdagi xizmatlarini xronologik tarzda bayon qilishdan iborat emas,
balki
uning hayoti va faoliyatidagi eng muhim voqealarni bayon qilishdan iborat edi.
To‗nyuquq vaziyatni nihoyatda to‗g‗ri fahmlaydigan, zukko, dushman tomonning
rejalaridan yaxshi xabardor, tajribali ko‗rug (razvedkachi). U xoqonlik hayotidagi
mayda tafsilotlarga berilmaydi. Jumladan, yuqoridagi uch xalqning mag‗lubiyati
haqidagi voqealardan keyin To‗nyuquq Turk xoqonligiga yana dushmanlashgan
tabg‗ach, o‗n o‗q, qirg‗iz xoqonliklari haqida so‗z yuritib,
ularning rejalaridan
o‗quvchini xabardor qiladi: ―Tabg‗ach xoqoni dushmanimiz edi, o‗n o‗q xoqoni
ham dushmanimiz edi. Undan boshqa qirg‗izning qudratli xoqoni dushmanimiz
bo‗ldi. O‗sha uch xoqon maslahatlashib, Oltin
yish ustiga talon solaylik, depti,
shunday maslahat qilishibdi. SHarqqa – Turk xoqoniga lashkar tortaylik, depti,
unga qarshi lashkar tortmasa, qachon g‗azablansa, u bizni yo‗q qiladi, depti.
Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan, qachon g‗azablansa, o‗ldiradigan
ko‗rinadi. Uchovimiz yopirilib hujum qilaylik, uni yo‗qotaylik, depti. Turgash
xoqoni shunday depti: mening xalqim u erda bo‗ladi,
turk xalqi yana hayajonda
depti, o‗g‗uz xalqi yana parokanda depti. O‗sha gapni eshitib. Tunlari uyqum
kelmas edi, kunduzlari o‗tirgim kelmas edi. SHunday o‗yladim: tabg‗ach, o‗n o‗q,
qirg‗iz xoqoniga Ko‗gman tog‗idan oshib o‗tib hujum qilamiz. SHuning uchun
avval biz lashkar tortaylik, dedim‖ (To‗n., 19-23). To‗nyuquqning fidoyiligi
(tunlari
uyqum kelmas edi, kunduzlari o‗tirgim kelmas edi), dushmanga
kutilmagan tomondan zarba berish rejasi (Ko‗gman tog‗idan oshib o‗tib hujum
qilish haqidagi rejasi) real voqealar oqimining bir ko‗rinishidir.
To‗nyuquq bititoshidagi ma‘lum bir voqealar munosabati bilan detallar tafsilotiga
alohida urg‗u berish holatlari, tabiat manzarasi tasviri uchraydi. Muallif To‗nyuquq
voqealarning aniqligini etkazish va tarixiylik tamoyilini saqlash uchun ham bunday
tafsilotlarga ko‗p o‗rin bergan. Quyidagi parchaga e‘tibor beraylik: ―Ko‗gman
yo‗li bitta ekan. Bu yo‗l bilan yursa yaramaydi, dedim. Erchi (er biladigan kishi –
N.R.) surishtirdim. CHo‗llik az qabilasidan bir yigitni topdim. Az erini u yaxshi
bilar ekan, bir manzili bor ekan.
Ani daryosi bilan borilar ekan, o‗sha erda yotib,
bir otlig‗ yo‗l yurib boriladi, dedi. O‗sha yo‗l bilan yursa imkoni bor, deb
o‗yladim. Xoqonimga buni aytib, qo‗shinni yo‗lga soldim. ―Otlantir!‖ deb buyruq
berdim. Oq tarmal (hozirgi Xua Kem – N.R.) daryosini kechib o‗tdik, dam oldik.
Keyin qo‗shinga otlanishga buyruq berdim. Qorni yorib, yuqoriga otni etaklab,
o‗zimiz
yayov yurib, daraxtlarga tayanib qo‗shinni chiqardim...‖ (To‗n., 23-25).
Bundan keyingi voqealar lashkarni To‗nyuquq qaerlardan qanday qilib olib
o‗tgani, erchi (ya‘ni yo‗l boshlovchi) yanglishib, o‗ldirilgani to‗g‗risidagi
voqealarni hikoya qiladi.
Bitigtoshda To‗nyuquqning harbiy mahoratiga ko‗proq o‗rin berilgan. Janglarda
To‗nyuquqning zafar qozonishiga sabab ―tun uxlamay, kunduz o‗tirmay‖ Eltarish
xoqonga, Bo‗gu (Qapag‗an?) xoqonga va Bilga xoqonga xizmat qilgani bo‗ldi.
To‗nyuquq bititoshida diqqatga sazovor jihatlardan biri – qadimgi turk
mifologiyasiga oid an‘anaviy timsollardan istifoda etilganidir. Bular –
Do'stlaringiz bilan baham: