tugallanma
dir. Bitigtosh matnining boshidan oxirigacha bu uch qismdan iborat
parchalar davom etaveradi.
Kul tigin bitigtoshi yaxshi saqlangan yodgorlik sifatida qadimgi turkiy yozma
adabiyotning o‗ziga xos namunasini ifoda etar ekan, bitigtosh muallifi Yo‗llig‗
tiginning ijodkor sifatida qahramonlarga, ma‘lum voqealarga munosabati
to‗g‗risida ham aytib o‗tish maqsadga muvofiqdir. Bilga xoqonning turk xalqiga
qarata aytgan so‗zlari turk xoqonligidagi ijtimoiy, siyosiy vaziyatni to‗laqonli
baholaydi. Bilga xoqon kichik bitig voqealarini o‗zining taxtga o‗tirishidan
boshlaydi va jamiki qarindosh-urug‗lariga, farzandlariga, beku amaldorlarga,
to‗quz o‗g‗uz beklariga murojaat qilib, o‗zining hukmdorlik faoliyatidan,
mamlakat va el-yurt uchun qilgan fidokorligidan ularni xabardor qilib qolmaydi,
balki xalqning parokandaligi, beklarning xiyonatida aziyat chekadi. Mamlakatni
birlikka da‘vat etadi, Bilga xoqon qudratli Turk xoqonligini barpo qilishda
o‗zining xizmatlarini bayon qilar ekan: ―SHuncha xalqni yig‗dim, U endi yovuz
emas. Turk xoqoni O‗tukan yishda tursa, elda tashvish yo‗q‖, deb o‗git beradi. Bu
o‗gitning ostida xalqning osoyishtaligi, g‗am-tashvishsiz yashashining omili
O‗tukanda – poytaxtda xoqon mustahkam o‗rnashuvi va xalq uning atrofiga
birlashuvidir. Bunday illatlarga sabab – xalqning uyushmaganligi, hukmdorlarning
yo‗l-yo‗riqlar
Kul tigin bitigtoshi ikki qismdan – kichik bitig va ulug‗ bitigdan iborat. Kichik
bitigni ulug‗ bitigning debochasi deb aytish mumkin. Yo‗llug‗ tigin
Yo‗llig‗ tigin Bilga xoqon tilidan hikoya qilar ekan, turkiy qavmlarning ikki yuz
yillik tarixini badiiy yo‗sinda ifoda qiladi, turkiy qavmlarning ijtimoiy, siyosiy va
ma‘naviy jihatdan goh yuksalishini, goh tanazzulini dardli lavhalarda bayon qiladi.
Tabg‗ach (xitoy) xalqi turkiy qabilalarning hayotiga, turmushiga doim rahna solib
keldi. Birinchi Turk xoqonligi davrida (551-630) mamlakatning parokanda bo‗lib
qolishiga sababchi, turkiy qabilalarni yo‗ldan ozdirgan ham tabg‗ach xalqi edi.
Bilga xoqon tilidan voqealarni hikoya qilayotgan Yo‗llig‗ tigin tabg‗achlar bilan
Turk xoqonligi o‗rnatgan munosabatni quyidagicha ta‘riflaydi: ―Bu erda
(O‗tukanda – N.R.) o‗rnashib, tabg‗ach xalqi bilan murosaga keldim‖. Tabg‗ach
xalqi makkor, ayyor: ―Tabg‗ach xalqi so‗zi shirin, ipak kiyimi nafis ekan. SHirin
so‗zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu xilda yaqinlashtirar ekan.YAxshi
qo‗shni bo‗lgandan keyin yovuz ilmi u erda o‗rganar ekan‖. Makkorlikning keng
tarqalgan, ommalashgan usuli shu – avaliga shirin so‗zlar bilan yaqinlashtiradilar,
keyin qullik, xo‗rlash, erkni bo‗g‗ish. Insoniyat bu ahvolni boshidan ko‗p
kechirgan. Turkiy qavmlarni tabg‗achlar o‗zlariga yaqinlashtirib, ko‗z ko‗rib,
quloq eshitmagan yovuzliklarni qildi. Tabg‗achlarning yovuz ilmi (
Do'stlaringiz bilan baham: