Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Oltinchi bob
— Eron mamlakatida saltanat qurgan o‗n ikki podshoh tarixiga 
oiddir. Saltanatning asoschisi Tulixonning o‗g‗li Halokuxon bo‗lib, u Elxon 
laqabini olgan edi. Halokuxon tarixiga kitobda kengrov o‗rin berilgan. U Eronda 
o‗z saltanatini barpo qilish uchun kurashadi, muruvvatpesha hukmdor sifatida 
shuhrat qozonadi, mamlakat obodonchiligi yo‗lida ko‗p ishlar olib boradi. SHu 
bobdan ayon bo‗lishicha, Halokuxon ilm-fan ahliga ko‗p rag‗bat ko‗rsatgan. 
Jumladan, Halokuxon farmoni bilan Nasriddin Tusiy Tabrizda (Mo‗g‗ul 
elxonlarining poytaxti) qurgan rasadxona Halokuxondan qolgan yodgorlikdir. SHu 
rasadxonada tuzilgan zij ―elxoniy‖ nomi bilan mashhurdir.bo‗lib 
Ettinchi
– oxirgi bob CHig‗atoy ulusining CHingizxon zamonidan (1227 yil) 
Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi (1370 yil) gacha bo‗lgan voqealar 
hikoya qilinadi. Bu bobda ham diqqatga sazovor voqealar ko‗p. SHunday 
voqealalardan biri Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq qo‗zg‗olonidir. Mirzo 
Ulug‗bek bu voqeaning boshidanoq Mahmud Torobiyning asl qiyofasini chizib 
beradi: 
Soxta sher ko‗k so‗fi kiyib yurardi, ikkiyuzlamachiligu ayyorlikning 
asoslarini irg‗itdi.
Firib bilan tutun tarqatdi olchoq, ularning salomi salovotu ro‗zadan iborat.
Mirzo Ulug‗bek Torobiyning el orasida obro‗ orttirish usulini hikoya qilar ekan, 
birinchi navbatda. Erkaklarni itrofiga yig‗ib, uning amridan chiqmasligini buyurdi. 
Torobiyning tabobatdan xabrdorigi sabab ayrim xasta odamlar unga kelib. ―tasodif 
bo‗lib, bir-ikkikasalgaTangritaoloshifohamberdi‖. SHu bois omma unga ixlos 
qo‗ydi va uning atrofiga yig‗ildi. Parchada Mahmud Torobiyning xalqni qanday 
qilib o‗ziga og‗dirib olish usullari, avomni notavonligidan foydalanib. O‗zini 
sohibkaromat qqilib ko‗rsatish usullarini bayon qiladi. Buxoro shahri tashqarisida 
mo‗g‗ullar va Mahmud Torobiy o‗rtasida bo‗lib o‗tgan jangda mo‗g‗ul 
askarlaridan birining kamondan otgan o‗qi Mahmud Torobiyga tegdi va u jon 
berdi. Ammo uning o‗limidan hech kim voqib bo‗lmadi, shu paytda qattiq chang-
to‗zon ko‗tarilib, odamlar bir-birlarini ko‗ra olmay qoldilar. Mo‗g‗ul lashkari bu 
tabiiy hodisani ham Torbobiyning karomatiga yo‗ydilar va jang qilishdan 
to‗htadilar.SHayx Torobiyning odamlari talon-tarojga berildilar, Talon-tarojni bas 
qilganlarida, shayxning yo‗qligi ma‘lum bo‗lib qoldi va ―shayximiz g‗oyib 
bo‗libdi‖ deb uning ukasi Muhammad Alini shayx qilib ko‗tardilar. Mo‗g‗ul 


lashkari bilan Muhammad Ali tomonidan Buxoro xalqi o‗rtasidagi jangda har ikki 
tomondan yigirma ming odam o‗ldi. Mo‗g‗ul lashkarining qo‗li baland keldi va 
Qorachor no‗yonning amri bilan Buxoroni g‗orat qilishdan lashkar o‗zini tiydi.
Mahmud Torobiy bilan bog‗liq voqealarni Mirzo Ulug‗bek keltirishidan shu 
narsa ma‘lum bo‗ladiki, tarixda Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq qo‗zg‗oloni 
zolimlarga qarshi kurash yo‗lidagi kurash emas. balki Mahmud Torobiy avom 
xalqni aldov bilan o‗ziga og‗dirib olgani va shu xalq uni Buxoro amiri qilib 
ko‗targanini hikoya qilgan. Mahmud Torobiy o‗zini avomgaqanday qilib sohibi 
karomat qilib ko‗rsatgani quyidagi parchada yana ayon bo‗ladi: ―...Keyingi juma 
kuni SHayx Mahmud Torobiy nomiga xutba o‗qitdilar. Imomlar va Buxoro 
akobirlarining barchasi shunda hozir qilindi. Ularning ba‘zilarini o‗ldirdi, 
ba‘zilarini sazoyi qildi. Rind va avboshlarning barchasini katta ehtirom bilan qabul 
qildi. Ularga dedi: ―Sizlar uchun g‗oyibdan qurolyarog‗ topishga muyassar 
bo‗ldim!‖ O‗sha kunlarda SHeroz tomondan bir karvon keldi va to‗rt xarvor 
shamshir olib kelishdi. Bu ham odamlar sonining ko‗payishi va e‘tiqodiga sabab 
bo‗ldi‖. Xalq bundan tashqari boylarning uyiga kirib, molini talon-taroj qilib 
keldilar, Mahmud Torobiy o‗ljalarni avboshlarga taqsimlab berdi.
Mirzo Ulug‗bek Mahmud Torobiyning qiyofasini chizmagan bo‗lsa-da, u bilan 
bog‗lik voqealarda uning ichki dunyosi bilan tashqi harakatlari bir-biriga nihoyatda 
mos ekanini ko‗rsatib bergan. Mirzo Ulug‗bek keltirgan detallar 
SHuningdek, mazkur bobda CHig‗atoy ulusi bilan Elxoniylar davlati o‗rtasidagi 
siyosiy munosabatlar, CHig‗atoy ulusining ijtimoiy-siyosiy hayotida barlos 
amirlarining roli, Balx va Andijonning qaytadan tiklanishi, ma‘muriy va ma‘naviy 
islohotlar singari voqealar ham o‗rin olgan. 
Har bir bobda biron xon yoki muayyan tarix hikoya qilinar ekan, albatta, Mirzo 
Ulug‗bek oddiy bayonchilikdan qochadi, kitobxonni jalb qilish maqsadida avvalo. 
Asar uslubiga badiiy jilo beradi, ikkinchidan, ma‘lum tarixiy voqealar yoki 
qahramonlarga ta‘rif berish maqsadida she‘riy parchalar keltiradi. Umuman. asarda 
Mirzo Ulug‗bek bu asarini yaratish bilan ijodkorlik mahoratini namoyon qilgan. 
O‗tmishdagi tarixiy asarlar ayni paytda badiiy asarlar kabi kitobxonning estetik 
ehtiyojini qondirish uchun ham xizmat qilganini Mirzo Ulug‗bekning mana shu 
asari misolida yanada aniqroq ko‗rish mumkin.
Mirzo Ulug‗bek asarida ―doston‖ terminini qo‗llaydi. Bu bejiz emas. Jumladan, 
―O‗tror muhosarasi dostonining tugashi‖, ―Jand voqeasi dostonining oxiri‖, 
―Jo‗jixon, CHig‗atoyxon va O‗ktoyxon dostonining oxiri‖ va h. tarixiy 
voqealarning bayoni, ayniqsa, O‗tror shahzodalarining fojiali o‗limi, aholining 
ayanchli hayoti tasviri, O‗tror hukmdori G‗oyirxon bilan shahar ahlining qal‘aga 
kirib, bir oy davomida o‗limga tik boqib, mo‗g‗ul lashkarlari bilan ayovsiz jang 
qilgani shu darajada mahorat bilan tasvirlanganki, chinikam doston kabi o‗qiladi.
Ayniqsa, Jo‗jixonning vafoti bilan bog‗liq voqea (turkiycha 
jir
) ―To‗rt ulus 
tarixi‖dagi eng ta‘sirli lavhalardandir. Ma‘lumki, CHingizxonning to‗ng‗ich o‗g‗li 
Jo‗jixon Dashti Qipchoqda hukmronlik qilardi. Jo‗jixonning vafoti haqidagi xabar 
O‗rdaga etib kelganda, bu xabarni CHingizxonga etkazishga hech kim jur‘at qila 
olmaydi. Oxiri barcha amirlar ulug‗ jarchidan. CHingizxon yaxshi kayfiyatda 


turganda bu shum xabarni etkazsangiz. Deb iltimos qiladilar. Ulug‗ Jarchi fursati 
etganda CHingizxonga quyidagi turkiycha jirni aytdi: 
Tengiz boshdan bulg„ondi, kim tinduroro, xonim? 
 
 
Terak tubtun jig„ildi, kim turg„uzoro, xonim? 
(YA‘ni, daryo boshidan loyqalandi, uni kim tozalaydi, ey podshohim? Terak 
ildizidan quladi, uni kim turg‗izadi, ey podshohim?) 
CHingizxon Jarchining savoliga shunday javob berdi: 
 
Tengiz boshdan bulg„onsa, tindurur ulum Jo„jidir, 
 
 
Terak tubdin jig„ilsa, turg„uzur ulum Jo„jidir. 
(YA‘ni, agar daryo boshidan loyqalangan bo‗lsa. Uni tindiruvchi mening o‗g‗lim 
Jo‗jidir. Agar terak yog‗ochi ildizidan qulagan bo‗lsa, uni turg‗izuvchi o‗g‗lim 
Jo‗jidir). 
Jarchining ko‗zlaridan shashqator yoshlar oqdi. CHingizxon fojiani anglaydi va 
quyidagi baytni aytadi: 
Ko„zing yoshin chungur turlu liq-liq to„ldi bo„lg„aymu? 
 
 
Jiring ko„ngul o„rkutur Jo„chi o„ldi bo„lg„aymu? 
(YA‘ni, ko‗zlaring o‗z yoshlarini dumalatmoqda, nahotki ko‗ngling to‗lib ketgan 
bo‗lsa? So‗zlaring yuraklarni o‗rtadi. Nahotki Jo‗ji o‗dgan bo‗lsa?) 
Jarchi CHingizxonning bu baytiga quyidagicha javob beradi: 
So‗ydamakka erkim yo‗q, sen so‗ylading, o xonim, 
O‗z yarlig‗lig‗ ozarg‗a javobdi o‗ylading, o xonim! 
(YA‘ni, bu haqda gapirishga qudratim va ixtiyorim yo‗q, o‗zing shunday 
buyurgansan, ey podshohim! O‗z hukming o‗zing uchun bo‗lsin, to‗g‗ri fikr 
qilding, ey podshohim!)
CHingizxon Jo‗jini boshqa o‗g‗illaridan ham ko‗ra nihoyatda yaxshi ko‗rar edi. 
CHingizxon: ―Kimki Jo‗ji xonning o‗limini talga olsa, mening siyosatimga (ya‘ni 
jazoimga) duchor bo‗ladi‖, deb ogohlantirgan edi. Jarchining javobidan taqdirga 
tan bergan CHingizxon shunday deydi: 
Qulon olg‗on quvlandi, qulunimdan ayrildim, 
Ayrilishqon anqudi er ulumdan ayrildim! 
(YA‘ni, ov qilish uchun ov maydonida quvlanayotgan qulonga o‗xshayman, qulon 
o‗zi qochadi. Ammo bolasi qoladi, men ham xuddi qulon kabi bolamdan judo 
bo‗ldim!) 
Bu voqea, shubhasiz, kitobxonni larzaga solmasdan qo‗ymaydi. 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish