Nasimxon rahmonov


YUsuf Amiriyning “Dahnoma” asari



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

YUsuf Amiriyning “Dahnoma” asari 
YUsuf Amiriy XV asrda yashab ijod etgan shoir bo‗lib, uning devoni
―Dahnoma‖ va ―Bang va chog‗ir‖ munozarasi bizga etib kelgan. Asar hijriy 833 
(milodiy 1429-30) yili yozilgan. Bu shoir to‗g‗risida Alisher Navoiyning ―Majolis 
un-nafois‖ tazkirasida quyidagi ma‘lumotlar bor: ―Mavlono Amiriy – turk erdi va 
turkcha she‘ri yaxshi voqe bo‗lubtur, ammo shuhrat tutmabtur. Va bu bayt aning 
―Dahnoma‖sidindur: 
Na emakdin, na uyqudin solib so‗z, 


Emakdin to‗yub, uyqudin yumub ko‗z‖. 
Va forsiyda shayx Kamol tatabbu‘i qilibtur. Bu matla aningdurkim: 
Ro‗zi qismat har kase az aysh baxshi xud sitond, 
G‗ayri zohid k-o‗ riyozatho kashidu xushk mond‖. 
[Qismat kuni (nasiba taqsim etiladigan kun) zohiddan boshqa har kim o‗ziga 
baxshida qilingan ayshni oldi. U esa ne chog‗liq mashaqqat chekmasin, quruq 
qoldi.] 
Aning qabri Badaxshon sari Arhang Saroydadur‖. 
Amiriy to‗g‗risida Davlatshoh Samarqandiy ―Tazkirat ush-shuaro‖ asarida 
eslaydi: ―Mavlono YUsuf Amiriy sulton SHohruh mirzo zamonida katta shuhratga 
erishgan shoirlardan biridir. U oddiy hayot kechirgan, aytishlaricha, amirlar va 
mashhur amaldorlar unga hamxo‗rlik ko‗rsatganlar. Buyuk hoqon SHohruh sulton 
va uning ulug‗ avlodlari, amaldorlari sharafiga Amiriy ko‗p qasidalar bitgan. 
Sulton Boysung‗ur mirzo sharafiga bitilgan quyidagi qasida ham unikidir: 
Delam bedard giriftor gasht dar hame u, 
Magar kunad shohi olam belutf dar monash...‖ 
Navoiyning YUsuf Amiriy to‗g‗risida bergan ma‘lumotidan ma‘lum bo‗ladiki, 
YUsuf Amiriy yashagan davr Navoiyning yoshlik paytlariga to‗g‗ri keladi. Atoqli 
adabiyotshunos Abduqodir Haytimetovning aytishicha, Navoiy YUsuf Amiriy 
bilan ko‗rishmagan. Qolaversa, Navoiy YUsuf Amiriyning devonidan yaxshi 
xabardor bo‗lgan. Navoiy bergan ma‘lumotdan, YUsuf Amiriy XV asrning 
birinchi yarmida yashab ijod qilgan, degan xulosaga kelish mumkin. Navoiy 
yana‖Muhokamat ul-lug‗atayn‖ asarida ham, Gadoiy, Haydar Xorazmiy va boshqa 
bir necha shirlar qatori, YUsuf Amiriyni o‗z davrining ulug‗ shoiri sifatida 
ta‘riflaydi.
―Dahnoma‖dan ma‘lum bo‗lishicha, YUsuf amiriy SHarq tarixi va 
mifologiyasidan, diniy va dunyoviy bilimlardan yaxshi xabardor bo‗lgan edi. 
Amiriyning ―Dahnoma‖ asari nomachilik an‘analariga rioya qilingan holda 
yozilgan. Asar o‗nta nomadan iborat bo‗lib. Xorazmiyning ―Muhabbatnoma‖siga 
hamohang usulda yozilgan. Ammo asarning o‗ziga xosligini ko‗rsatadigan dalillar 
borki, bular ―Dahnoma‖ning o‗zbek mumtoz adabiyotidagi o‗rnini belgilaydi. 
Jumladan, 
―Muhabbatnoma‖da asarning oxirida fard berilgani holda
―Dahnoma‖dagi har bir nomada oshiq yoki ma‘shuqaning nomasidan so‗ng g‗azal, 
so‗ngra fard berilgan (
misol berish kerak
). YAna ―Dahnoma‖da har bir nomada 
oshiqning maktubidan so‗ng, ma‘shuqaning maktubi keltiriladi. Bunday usul har 
bir nomani mustaqil asar sifatida talqin qilishga imkon beradi. Qolaversa, muallif 
ham shu maqsadni ko‗zlagan bo‗lsa kerak. SHu tariqa ―Dahnoma‖ning tuzilishida 
o‗ziga xoslik yuzaga kelgan. 
YUsuf Amiriy Boysung‗ur mirzo himoyasida yashaganligini ta‘kidlaydi. Ayni 
paytda Boysung‗ur mirzo insoniyatga nisbatan himmatli hukmdor bo‗lganini, 
insonlarni g‗oyat qadrlaganini ham ―Dahnoma‖da aytib o‗tadi: 
G‗iyosulhaqi vaddin Boysung‗ur, 
Ki so‗ziga quloq tutguvchidur dur... 


Etib el dardina ortuq biligi, 
YOpib faqr egnini ochuq aligi. 
Ulusni qutqarib mehnat kunidin, 
O‗lukni uyg‗otib yarmoq unidin. 
Boysung‗ur mirzo SHohruh mirzoning uchinchi o‗g‗li bo‗lib, ilm-fanni-ijodni 
qadrlaydigan odam edi. U otasi SHohruh mirzoga vazir lavozimida xizmatda 
bo‗lgan yillari Xirotda kutubxona tashkil qildi. O‗sha zamon tarixchilarining 
guvohlik berishicha, kutubxona qoshida o‗z davrining mashhur xattotlari, 
naqqoshlari, musavvirlari, sahhof va zarkorlarining qirq nafari to‗planib, ilmiy va 
ijodiy ish olib borganlar. 1425-1426 yillari mazkur kutubxona qoshidagi kotiblar 
Boysunhur mirzoning nazorati ostida Firdavsiyning ―SHohnoma‖ asarining qirqqa 
yaqin qo‗lyozmalarini solishtirib, asarning mukammal matnini tuzganlar. 
Boysung‗ur mirzo aql-zakovati, ma‘rifatparvarligi, hunarparvarligi va ayniqsa 
adabiyotga bo‗lgan ehtirosi bilan xalq o‗rtasida shuhrat qozongan. ―Dahnoma‖ 
yozilgan yillari SHohruh mirzo o‗g‗li Boysung‗ur mirzoni Eron Ozarbayjoniga 
hokim qilib tayinlagan edi. 1431 yili esa Astrobod hokimi bo‗ladi.
123
SHu o‗rinda bir arabning Xorun ar-Rashidga sahrodan suv olib kelgani haqidagi 
hikoyat berilgan. Bu hikoyat tasodifan emas, balki Boysung‗ur ta‘rifidan so‗ng uni 
Xorun ar-Rashid singari saxiy, insonparvar hukmdor sifatida ko‗rsatish uchun 
YUsuf Amiriy ataylab bergan. Hikoya qilinishicha, bir arab sahroda bir ko‗lmak 
suvni topib olib, uni obizamzamga loyiq deya shosha-pisha Xorunning huzuriga 
yo‗l oladi. Xorunning huzuriga kelgach, uni izzat-hurmat bilan kutib oladilar va 
uning o‗zini Xizr kabi, olib kelgan suvini ―obi hayvon‖ – tiriklik suvi deb 
o‗ylaydilar. Arab Xorunning huzuriga kirgach, unga shunday deydi:
Ki: ―SHoho, men arabmen barda to‗zg‗on, 
Tikon birlan muhabbatni dam urg‗on... 
Kechib suvdin yurub ko‗z yoshi birlan, 
Kun eltib, oyu yil o‗t boshi birlan. 
Tilab bir pora yomg‗ur suyi toptim, 
Zulolidin tama‘ og‗zini yopdim. 
O‗zum ichmay sanga kelturdum oni, 
Ki ko‗rdum sanda sultonlar nishoni 
Manga emdi bu suvdin obi ru qil, 
Dedim ulki bor erdi o‗zga sen bil‖. 
Xorun o‗sha arabning bu so‗zlarini eshitib, mamnuniyat bilan xizmatkorlariga: ―bu 
odamning idishiga to‗ldirib pul beringlar‖, deb amr berdi. O‗sha arab bilsaki, shu 
erda Dajla daryosi oqib o‗tar ekan. Agar Xorun shunday deb aytsa, uning obro‗yi 
to‗kilishi aniq edi. Ammo Xorun nihoyatda oliyjanoblik bilan o‗sha arab ―menga 
obi ru qil‖ degan iltimosini bajo qildi.
YUsuf Amiriy Boysung‗ur mirzoning barcha faoliyatidan juda yaxshi xabardor 
bo‗lgani uchun ham ilm homiysi sifatida unga yuqori baho beradi. U bu asarida 
123
Файзиев Т. Темурийлар шажараси. – Тошкент. ―Ёзувчи‖ нашриѐти, 1995, 328-бет. 


Boysung‗ur mirzoni ilf-fan va ulamolar homiysi sifatida ta‘riflaydi, turli fanlar 
rivojida uning xizmatlari katta ekanini aytadi: 
Kechib ollida yuz turluk daqoyiq (
nozik ma‘nolar, nozik nuqtalar, chigalliklar
), 
Maorif birla anvoyi haqoyiq. 
Bir hay‘at riyozisidin terib gul, 
Biri hikmat shifosidin berib mul (
may, sharob
). 
Biri Uqlidis ashkolin hal etib, 
Biri ko‗k jadvalinda madhal (
kirish, kiradigan joy
) etib, 
Biri faqr ichida asrab maqomin (
faqirlik bilan, dunyodan kechib

Biri mantiq sori eltib kalomin... 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish