Yati yigirmi yashima tangut tapa suladim. Tangut bodunin buzdim, og„lun, yutuzin,
yilqisin, barimin anta altim
(Bx, 24) – O‗n etti yoshimda tangutga lashkar tortdim.
Tangut xalqini engdim, o‗g‗lini, xonumonini, yilqisini, molini o‗shanda oldim.
Bu voqea VIII asrning boshlarida – taxminan 702 yiliga to‗g‗ri keladi. Ammo
tarixiy voqealarning aynanligini «Devon»dan qidirish maqsadga muvofiq emas.
«Devon»dagi to‗rtliklar xalqning ijodi sifatida paydo bo‗lgan, ya‘ni xalq
qo‗shiqlaridir. Quyidagi parchada ham Bilga xoqon yodnomasidan keltirilgan
parchadagi singari jang tasviri va tangutlarning mag‗lubiyati tasvirlangan:
Tangut susin ushuqladi,
Kishi ishin elikladi,
Aran atin balqiladi,
Bulun bolup bashni tig‗di.
Tangut qo‗shinini sovuqda bosdi. Bu ish bilan erkaklar ishini masxara qildi.
Bosqinda barcha er hakm otlarni har kimga bo‗lakladi (ya‘ni hadya qildi). Oxirida
o‗zi asir bo‗lgach, boshi kesildi.
Tangut xani yubildi,
O‗lum birla tubuldi,
Qazashlari tabladi,
O‗lum ko‗rub yuzi ag‗di.
Tangut xoni uni boshdan aldadi-da, so‗ngra ulim bilan tepaladi, engdi,
qarindoshlari uni bu mag‗lubiyatidan orlandilar. CHunki o‗limni ko‗rgach, uning
yuzi oqargan edi.
Mazkur to‗rtliklarda jang tasviri, qahramonlarning xatti-harakatlari, holati batafsil
tasvir etilgan. CHunki epik bayon bilan birga, naturalistik tasvir tamoyil folklor
uchun, ayniqsa, doston uchun xarakterli xususiyatdir.
YOki quyidagi to‗rtlik ham motiv va syujet jihatidan To‗nyuquq, Kul tigin
yodnomalaridagi aksariyat jang lavhalarini gavdalantiradi.
Eran alpi o‗qushtilar,
Qing‗ir ko‗zun baqishtilar,
Qamug‗ tutup to‗qushtilar,
Qilich qing‗a kuchin siqti.
Erlar, botirlar bir-birlarini kurashga undadilar. Bir-birlariga yov ko‗zi bilan yomon
qaradilar. Butun yaroqlari bilan urushga kirishdilar. Qilichlarning qinga kirishi
qiyinlashdi.
«Devon»dagi to‗rtliklar qadimgi turk davrida shakllangan va ularga qadimgi turk
davridagi tarixiy voqealar zamin bo‗lgan ekan, bizningcha, yuqoridagi parchalarni
tarixiy qo‗shiq janriga mansub deb qarash kerak.
83
Mahmud Koshg‗ariy nozik didli adabiyotshunos sifatida maqol va she‘rni yaxshi
farqlaydi va har bir baytni berishda aniqlik kiritadi. Qaysi o‗rinda maqol, qaysi
o‗rinda she‘r kelayotganini o‗quvchiga uqtirish uchun ―maqolda shunday kelgan‖,
―she‘rda shunday kelgan‖ iboralarini keltiradi (maqollardan sharhlash kerak).
―Devon‖da she‘rlardan tashqari, Mahmud Koshg‗ariy ikki afsonani ham keltirgan.
SHu afsonalardan biri - ―Oltin qon‖ afsonasi, ikkinchisi - yil hisobi to‗g‗risidagi
afsonadir. Afsona turkcha o‗n ikki muchal yillarining paydo bo‗lish tarixiga oiddir
(1, 331-332). Koshg‗ariy afsonani hikoya qilib bo‗lgach, qadimgi turkiylarda yil
hisobi quyidagi tartib bilan yuritilishini ko‗rsatadi:
sichqon yili, sigir yili, bars yili,
quyon yili, timsoh yili, ilon yili, ot yili, qo„y yili, maymun yili, tovuq yili, it yili,
to„ng„iz yili.
Bu afsonaning yana bir diqqatga sazovor tomoni shundaki, qadimgi Xitoy
afsonalari tarkibida ham mazkur afsona bor. Xitoylarda bu afsona Budda bilan
bog‗liq.
Xitoylarda rivoyat qilinishicha, Budda er yuzini tark etishdan oldin huzuriga
hamma hayvonlarni chaqiribdi. U bilan xayrlashgani o‗n ikki hayvon kelibdi,
xolos. Kelgan hayvonlarni mukofotlash uchun Budda, men chaqirganimda navbat
bilan kelganingiz bo‗yicha yillarga nom beraman, debdi. Hayvonlar birinchi bo‗lib
kim kelgani to‗g‗risida bahslasha boshlabdilar. Oxiri, bir to‗xtamga kelish uchun
musobaqa uyushtirishga qaror qilibdilar: daryoning narigi qirg‗og‗iga birinchi
bo‗lib o‗tgan hayvonning nomi bilan birinchi yil ataladigan bo‗libdi. Keyingi yillar
daryoni birin-ketin kechib o‗tgan hayvonlar nomi bilan ataladigan bo‗libdi.
Nihoyat, o‗n ikki jonzot qirg‗oqqa tizilishibdi va baravar suvga o‗zlarini
tashlabdilar. Kalamush darrov ho‗kizning ustiga minib olibdi, ho‗kiz esa hech
narsani sezmabdi. Ho‗kiz boshqa hamma hayvonlardan oldinga ketib, daryoning
narigi qirg‗og‗iga chiqishga tayyorlanibdi. SHu lahzada
kalamush
uning ustidan
sakrabdi-da, qirg‗oqqa bir necha soniyaga
ho„kizdan
oldin chiqibdi. SHunday qilib,
kalamush birinchi bo‗lib chiqqan hisoblanibdi. Qolgan hayvonlar shu tartibda
suzib o‗tibdilar:
yo„lbars, quyon, ajdar, ilon, ot, qo„y, maymun, xo„roz, it
.
To„ng„iz
nihoyatda sustkash va dangasa ekan, shuning uchun eng oxirida qirg‗oqqa etib
kelibdi.
84
Ikkala afsonadagi yil hisobining nomlari va tartibida katta farq yo‗q. Ehtimol,
Xitoyga buddaviylik kelgandan keyin, qadimgi turklar afsonasini o‗zlashtirgan
bo‗lishlari mumkin.
83
Ðàҳíîìîâ Í. Þқîðèäàãè àðàð, 16-17-бетлар.
84
Óîìè Ýìòîìè. Ñêðî÷åìèå òèãðà, Ñàìêò-Петербург, 2008, 29-бет.
SHuningdek, ―Devonu lug‗atit-turk‖da munozara (YOz va Qish munozarasi) janri,
Alp Er To‗ngaga va yana bir noma‘lum qahramonga bag‗ishlangan marsiya ham
bor.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |