Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

YAlavoch (elchi
). Qanday odamni elchi qilib yuborish mumkin? Odamlarning 
sarasi, bilimli va zakovatli, har tomonlama etuk, tadbirli, so‗zning ma‘nosini teran 
uqadigan, sadoqatli, ishonchli, qiliqlari to‗g‗ri odam. Elchilikka munosib ko‗rilgan 
odamning ichki dunyosini YUsuf chizar ekan, bu lavozimga munosib ko‗riladigan 
odam bahonasida jamiyatning eng yomon, davlatni ichidan emiradigan illatni 
qistirib o‗tadi. Illatlar biri ikkinchisini keltirib chiqaradi. Ko‗zi suq kishi, deydi 
YUsuf, - irodasiz bo‗ladi. Bu suq odamlar elchilikka noloyiq bo‗ladi.
Suq er umduchi-ul yavuz umduchi 
Kishi umduchisi ati qulg‗uchi... 


Qayu beg suq ersa chig‗ay ul chig‗ay 
Qayu qul kozi toq beg ul kongli bay. 
YA‘ni: 
Suq kishi tama‘gir bo‗ladi, ta‘ma esa yovuzdir, 
Tama‘gir kishining oti gadoydir....
Qaysi bek suq bo‗lsa, u qashshoqdir, qashshoq, 
Qaysi qul ko‗zi to‗q bo‗lsa, u bek, ko‗ngli boydir .(2574, 2581) 
YUsuf elchilikka munosib odamlar tanlashda ularning intellektual qobiliyatiga 
alohida e‘tibor qaratadi. Elchining intellektual qobiliyati mamlakatning qiyoifasini 
boshqa bir mamlakatda namoyish qiladigan mulkdir. YUsufning turli fanlarning 
mukammal egasi bo‗lgani ana shu o‗rinda namoyoin bo‗ladi. Elchi 
Tetiglig bilan bilsa turlug bitig 
Bitig bilsa otru bolur er tetig 
Bitisa o‗qisa eshitsa sozug 
Anin otru bilga qilur oz ozug 
Qamug‗ turlug ardam bu bilsa tugal 
Bu ardam bila er mengiz al 
Kitablar oqir ham bilir ersa soz 
Uqar ersa she‘r ham qoshar ersa oz 
Nujum bilsa tibb ham yora bilsa tush 
Anin yormishi teg sozi kelsa tush 
Bilir esar saqish yema handasa 
‗adad jadri qilsa masahat basa 
Yana nardu shatranj bilir ersa kad 
Hariflari andin olir ersa kad 
CHoganga kad ersa atar ersa o‗q 
Yema qushchi avchi ajunda ozuq 
Qamug‗ til bilir ersa achsa tilig 
Qamug‗ xatni bilsa bitisa alig 
YA‘ni: 
Tetiklik bilan turli yozuvlarni (kitoblarni) bilsa, o‗rgansa, 
YOzuv (kitob) o‗rgansa, so‗ng kishi tetik bo‗ladi. 


YOzsa, o‗qisa, so‗zlarni eshitsa, 
SHular tufayli k o‗zini o‗zi dono qiladi. 
Turli xil san‘at, hunarlarni tugal bilsa, 
SHu san‘at hunarlar bilan kishi yuzini yorug‗ qilsa. 
Kitoblar o‗qisa hamda so‗zlarni biladigan bo‗lsa, 
SHe‘rlarni uqadigan bo‗lsa ham o‗zi yozadigan bo‗lsa. 
Nujum va tibni bilsa hamda tush ta‘bir qila bilsa, 
U ta‘bir qilganidek so‗zlari to‗g‗ri kelsa. 
Saqish hamda handasani bilsa, 
Sondan ildiz chiqarsa, yana chegaralarni aniqlashni bilsa. 
YAna nard va shatranjni yaxshi biladigan bo‗lsa, 
Raqiblari undan juda bukilsa (mot qolsa). 
CHavgonga mohir bo‗lsa, o‗q otadigan mergan bo‗lsa, 
YAna dunyoda ilg‗or lochindor, ovchi bo‗lsa. 
Barcha tillarni bilsa, tilini so‗zga ochadigan bo‗lsa, 
Turli xatlarni bilsa, qo‗li bilan yozsa (ya‘ni qo‗li xatga ravon
yursa). 
(2589-2597 ) 
Bir odam – elchi uchun shuncha bilimu hunarlar nima uchun kerak? YUsuf garchi 
elchi bo‗lib boradigan odamning san‘at, hunarlarni bilishi bekning nomini 
ulug‗lashini ta‘kidlaydi. Lekin faqat shugina emas. Elchi o‗z mamlakatining 
boshqa bir mamlakatdagi qiyofasi, xalqning, el-yurtning kimligini ko‗rsatadigan 
vosita. Elchiga qarab o‗zga mamlakat odamlari shu mamlakat xalqining 
ma‘naviyati, axloqi, zakovati, xullas, butun borlig‗ini anglaydi, elchiga qarab 
xulosa chiqaradi. YUsuf elchilikka munosib odamga talablar qo‗yganda, 
o‗tmishdan saboq oldi, umumlashtirdi. Zotan, bu jiddiy lavozim bekninggina emas, 
balki mamlakat va davlatning taqdiriga hal qiluvchi ijobiy yoki salbiy ta‘sir 
ko‗rsatishi mumkin. (Siyosatnoma‖da qanday?)
Kotib
. Bek sirini qo‗l ostidagi ikki odamga – kotibga va vazirga ochadi. Bek 
ichki sirlarini kotibga aytganda, kotib sirlarni saqlay bilishi lozim. U bekning 
ishonchi. Agar kotib so‗zni qattiq sir tutmasa, og‗zi o‗ra kabidir, og‗zidan chiqqan 
so‗z urug‗ donachalariday har yoqqa sochiladi, uni terib bo‗lmaydi. Bek kotib 
tanlashda quyidagi sifatlariga e‘tibor berishi lozimligini YUsuf uqtiradi:
Bitigchi biliglig uqushlug‗ kerak 
Xati uz balag‗at taqi edgurak 
Bitigda xat uz bolsa achlur kongul 
Oqig‗u kelir baqsa avnur ko‗ngul 


Balag‗at bila xat tengashsa qali 
Edi edgu til bu bitig soz tili 
YA‘ni: 
Kotib bilimli, zakovatli bo‗lishi kerak, 
Xati chiroyli, so‗zga usta, ezgu fol bo‗lishi kerak. 
Maktubda xat chiroyli bo‗lsa, ko‗ngil ochiladi, 
Boqsa o‗qigisi keladi, ko‗ngil quvonadi. 
Agar fasohat bilan xush xat tenglashsa, 
Bu yozma nutq tili juda ezgu til bo‗ladi. (2653-2655) 
Ammo kotib tamagir bo‗lsa-chi? Bunday kotib, deydi YUsuf, - tilni buzadi, chunki 
u tama niyatida yozadi, oqibatda yozuvni buzadi. Kotib uchun yana bir fazilat – 
ichkilik ichmasligi, xulq-atvori chiroyli bo‗lishi lozim. Agar kotib ichkilik ichsa, 
bilimdan yanglishadi va yozuvda xato qiladi. Buning oqibati – kotib yo o‗z boshini 
yoki xo‗jayinining boshini eydi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish