Nasimxon rahmonov


Urxun-Enisey yodgorliklari – qadimgi turkiy adabiyotning namunasi



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Urxun-Enisey yodgorliklari – qadimgi turkiy adabiyotning namunasi 
 
Urxun-enisey yozma yodgorliklari qadimgi turkiy adabiyotning alohida bir qatlami 
va yo‗nalishi sifatida turkiyshunoslikda kam o‗rganilgan. Bu yodgorliklarini tizimli 
ravishda ilk yozma adabiyotning namunasi sifatida o‗rganishni boshlab bergan 
olim rossiyalik olim I.V.Steblevadir.
21
Qadimgi turkiy 
yo 
yozma 
yodgorliklarni o‗zbekchaga tabdil qilish
22
, tadqiqot ishlari olib borishda
23
O‗zbekistonda ham ma‘lum ishlar amalga oshirilgan.
Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar bevosita eposlar zaminida o‗sib chiqqan 
adabiyot ekani bilan diqqatga sazovor. SHuningdek, tarixiy voqealarning xalq 
og‗zaki ijodi ruhida bayon qilinishi yozma adabiyotning o‗ziga xos turi 
yaratilishiga asos bo‗lgan.
Kul tigin bitigtoshi 
Kul tigin bitigtoshi qadimgi turkiy adabiy muhitni o‗zida to‗liq gavdalantiradigan, 
qadimgi turkiy adabiyotning o‗ziga xosligini ko‗rsatadigan yozma yodgorlikdir. 
Kul tigin bititoshi (731 yili o‗rnatilgan)dagi tarixiy voqealar va eposlarga xos 
syujetlar, badiiy tasvir vositalari yagona tizimni hosil qilgan. Mazkur bitigtoshdagi
ko‗tarinki ruhni o‗z vaqtida V.Tomson, P. Melioranskiy, P.Falyov kabi mashhur 
turkiyshunos olimlar payqagan edilar. Jumladan, P.Melioranskiy bundan yuz yillar 
oldin yozgan Kul tigin bitigtoshiga bag‗ishlangan magistrlik dissertatsiyasida 
mazkur yodnomadagi ko‗tarinki ruh eposlarning mahsulidir
24
degan fikrni aytgan 
edi va bu fikr o‗z isbotini topdi. SHuningdek, yodnomaning o‗ziga xos bayon 
qilish texnikasi ham ayni turkiy eposlar xususiyatini gavdalantiradi. Bayonning 
uch qismi – boshlanma, mazmun taraqqiyoti va tugallanma bu yodnomadagi 
hikoyani izchilligini ta‘minlaydi. Bayonning bu qismlari turkiy xalqlar og‗zaki va 
yozma adabiyotining eng qadimiy ko‗rinishiga xosdir. Har uch qismning mazkur 
yodgorlikdagi amal qilish jarayoni haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun Kul 
tigin yodnomasining dastlabki satrlariga murojaat qilaylik: Uza kok tangri asra 
yag‗iz yar qilintuqta akin ara kisi og‗li qilinmis. Kisi og‗linta uza achum apam 
Bomin qag‗an, Istami qag‗an olurmis. Oluripan turk bodunin alin torusin tuta 
birmis, itu birmis – YUqorida ko‗k osmon, ostda qora er yaratilganda, ikkovining 
o‗rtasida inson bolalari yaratilgan. Inson bolalari ustidan Bo‗min xoqon o‗tirganlar, 
o‗tirib, turk xalqining davlatini, qonun-qoidalarini ushlab turgan, rioya qilib turgan.
SHu parchaning o‗zida boshlanma, mazmun taraqqiyoti va tugallanma ham bor. 
Eru osmoning hamda insoniyatning yaratilishi – 
boshlanma
, Bo‗min va Istami 
xoqonlarning faoliyati – 
mazmun taraqqiyoti
, qonun-qoidalarga rioya qilishlari esa 
21
Стеблева И.В. Поэзия тюрков VI-VIII веков. М.:Главная редакция восточной литературқ, 1964; Шу 
муаллиф. Поэтика древнетюркской литературқ и и ее трансформация раннеклассический период. М.: 
Главная редакция восточной литературқ, 1976. 
22
Қаюмов А. Қадимият обидалари. Тошкент, Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиѐт нашриѐти, 1971; 
23
Раҳмонов Н. Орхоно-енисейские памятники и тюркские эпосқ, докт. диссертацияси, Тошкент, 1991.
24
Ðåëèîðàìðêèé П.М. Ïàíÿòìèê â ’åðòù Êþëù–òåãèìà. —Ñïá., 1897. с. 56. 


tugallanma
dir. Bitigtosh matnining boshidan oxirigacha bu uch qismdan iborat 
parchalar davom etaveradi.
Kul tigin bitigtoshi yaxshi saqlangan yodgorlik sifatida qadimgi turkiy yozma 
adabiyotning o‗ziga xos namunasini ifoda etar ekan, bitigtosh muallifi Yo‗llig‗ 
tiginning ijodkor sifatida qahramonlarga, ma‘lum voqealarga munosabati 
to‗g‗risida ham aytib o‗tish maqsadga muvofiqdir. Bilga xoqonning turk xalqiga 
qarata aytgan so‗zlari turk xoqonligidagi ijtimoiy, siyosiy vaziyatni to‗laqonli 
baholaydi. Bilga xoqon kichik bitig voqealarini o‗zining taxtga o‗tirishidan 
boshlaydi va jamiki qarindosh-urug‗lariga, farzandlariga, beku amaldorlarga, 
to‗quz o‗g‗uz beklariga murojaat qilib, o‗zining hukmdorlik faoliyatidan, 
mamlakat va el-yurt uchun qilgan fidokorligidan ularni xabardor qilib qolmaydi, 
balki xalqning parokandaligi, beklarning xiyonatida aziyat chekadi. Mamlakatni 
birlikka da‘vat etadi, Bilga xoqon qudratli Turk xoqonligini barpo qilishda 
o‗zining xizmatlarini bayon qilar ekan: ―SHuncha xalqni yig‗dim, U endi yovuz 
emas. Turk xoqoni O‗tukan yishda tursa, elda tashvish yo‗q‖, deb o‗git beradi. Bu 
o‗gitning ostida xalqning osoyishtaligi, g‗am-tashvishsiz yashashining omili 
O‗tukanda – poytaxtda xoqon mustahkam o‗rnashuvi va xalq uning atrofiga 
birlashuvidir. Bunday illatlarga sabab – xalqning uyushmaganligi, hukmdorlarning 
yo‗l-yo‗riqlar 
Kul tigin bitigtoshi ikki qismdan – kichik bitig va ulug‗ bitigdan iborat. Kichik 
bitigni ulug‗ bitigning debochasi deb aytish mumkin. Yo‗llug‗ tigin
Yo‗llig‗ tigin Bilga xoqon tilidan hikoya qilar ekan, turkiy qavmlarning ikki yuz 
yillik tarixini badiiy yo‗sinda ifoda qiladi, turkiy qavmlarning ijtimoiy, siyosiy va 
ma‘naviy jihatdan goh yuksalishini, goh tanazzulini dardli lavhalarda bayon qiladi. 
Tabg‗ach (xitoy) xalqi turkiy qabilalarning hayotiga, turmushiga doim rahna solib 
keldi. Birinchi Turk xoqonligi davrida (551-630) mamlakatning parokanda bo‗lib 
qolishiga sababchi, turkiy qabilalarni yo‗ldan ozdirgan ham tabg‗ach xalqi edi. 
Bilga xoqon tilidan voqealarni hikoya qilayotgan Yo‗llig‗ tigin tabg‗achlar bilan 
Turk xoqonligi o‗rnatgan munosabatni quyidagicha ta‘riflaydi: ―Bu erda 
(O‗tukanda – N.R.) o‗rnashib, tabg‗ach xalqi bilan murosaga keldim‖. Tabg‗ach 
xalqi makkor, ayyor: ―Tabg‗ach xalqi so‗zi shirin, ipak kiyimi nafis ekan. SHirin 
so‗zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu xilda yaqinlashtirar ekan.YAxshi 
qo‗shni bo‗lgandan keyin yovuz ilmi u erda o‗rganar ekan‖. Makkorlikning keng 
tarqalgan, ommalashgan usuli shu – avaliga shirin so‗zlar bilan yaqinlashtiradilar, 
keyin qullik, xo‗rlash, erkni bo‗g‗ish. Insoniyat bu ahvolni boshidan ko‗p 
kechirgan. Turkiy qavmlarni tabg‗achlar o‗zlariga yaqinlashtirib, ko‗z ko‗rib, 
quloq eshitmagan yovuzliklarni qildi. Tabg‗achlarning yovuz ilmi (

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish