va hokazolarning metodologik asoslariga tayanishni taklif qilamiz, bu esa,
jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarining xilma-xilligi va naqshlarini ochib
berishga imkon beradi.
Mustaqil rivojlanishning о‗tgan yillari davomida respublikaning kо‗p millatli
aholisining mentalitetini hisobga olgan holda qurilgan va bundan keyin ham
demokratik tamoyillar va qadriyatlar asosida quriladigan ijtimoiy hayotning
shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‗liq katta nazariy va amaliy tajriba tо‗plandi.
«О‗zbekistonning eng yangi tarixi» kursi zamonaviy gumanitar ta‘limning
ajralmas qismi bо‗lib, barcha talabalarga hozirgi bosqichda jamiyatimizning
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma‘naviy hayotini tahlil qilish metodologiyasi
bо‗yicha zaruriy tayyorgarlikni beradi, ijtimoiy hodisalarni baholash mezonlarini
ishlab chiqadi, tarixiy aloqalarni о‗rganadi.»О‗zbekistonning eng yangi tarixi‖
kursini о‗rganish barchaga zamonamizning dolzarb masalalarini, shu jumladan,
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining yaratish jarayonlarini chuqur
о‗rganish imkoniyatini beradi.
«О‗zbekistonning eng yangi tarixi» kursini о‗rganishning amaliy ahamiyati
shundan iboratki, u kishilarda nafaqat mas‘uliyat, vatanparvarlik, bag‗rikenglik
hissini uyg‗otadi, balki mintaqa tarixi haqidagi tasavvurlarni kengaytirishga
yordam beradi, davlat mustaqilligi siyosatining aniq masalalarini ishlab chiqishda,
mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati
asoslarini mustahkamlashda faol ishtirokini ta‘minlaydi.
«О‗zbekistonning eng yangi tarixi» kursining asosiy vazifalari yangi
dunyoqarash asoslarini, mafkuraviy immunitetni, yoshlar о‗rtasida mustaqil
fikrlash kо‗nikmalarini shakllantirish, talabalar ongiga asosiy madaniy
tushunchalar va tamoyillarni kiritish, «ma‘naviy bо‗shliq» ning paydo bо‗lishiga
yо‗l qо‗ymaslikdan iboratdir. Bu, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
unlarda insoniyatning ilg‗or g‗oyalari bilan uyg‗unlashgan ijodiy dunyoqarashni
shakllantirishda juda muhim omil hisoblanadi.
Zamonaviy tarixni о‗rganish - keng dunyoqarashga, chuqur ijtimoiy va
gumanitar bilimga, zamonaviy fikrlashga ega yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlashning bevosita tarkibiy qismidir.
Hech shubha yо‗qki, zamonaviy tarix ijtimoiy va gumanitar fanlarni
birlashtiruvchi omil, milliy istiqlol g‗oyasining tarannum etuvchi, yoshlarni
ma‘naviy-axloqiy tarbiyalash va barkamol rivojlangan shaxsni shakllantiruvchi
vosita sifatida о‗z о‗rniga bundan buyon ham ega bо‗lib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: