Nasafiylarining pedagogik qarashlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/53
Sana18.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#820082
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

O„N YETTINCHI HIKOYAT 
Omadi yurishmay, hafsalasi pir bo„lgan va uyda o„tirib qolgan to„quvchi 
Zarir xususida 
 
To„ti hikoya qila boshlabdi.
 
-
Bir shaharda Zarir ismli kishi yashar ekan. U shoyi to„qir va shu qadar 
tirishqoqlik bilan ishlar ekanki, ishidan birzum ham bosh ko„tarmas ekan. Ammo 
shuncha ishlagani bilan kosasi oqarmabdi. Uning bir do„sti bor ekan, u matoni 
dag„al, jo„n qilib to„qir ekan. Kunlardan bir kun Zarir o„sha do„stinikiga mehmon 
bo„lib boribdi. Qarasa, uning uyida xuddi boylarda bo„lganidek oltinu kumushlar, 
turli xil bisotlar to„lib-toshib yotganmish. Bundan Zarir hayron bo„lib o„ylabdi: 
“Men to„qigan matolardan boylar va shohlar kiyim tikib kiysalar bo„ladi, biroq 
uyimda bir burda nonga zormiz. Jo„n mato to„qiydigan do„stim esa shuncha 
boylikni qanday topdi ekan?” Shularni o„ylab-o„ylab, o„yining tagiga yetolmabdi. 
Uyiga qaytib kelgach xotiniga debdi.
-
Bu kasofat shaharda ortiq yashashni istamayman, bu yerdagi odamlar 
qadrimga yetishmayapti, mening mohir to„quvchi ekanimni hech kim 
tushunmaydi. Men hunarim daromad keltiradigan boshqa bironta shaharga ko„chib 
ketishim kerak.
Ko„chib o„tsam agar o„zga shaharga, 
Qaytardim qo„ynimni to„ldirib zarga. 
Erining gaplarini diqqat bilan eshitib turib xotini jilmayib kulibdi-da, bu 
she‟rni o„qibdi: 
Taqdir peshonangga yozmas ekan chin,
Hatto mis chaqa ham topmassan tayin. 
Shunday deb xotini uni qaytarishga tushibdi.
-
Qadrdon shahringizni tashlab ketishning xosiyati bo„lmaydi. Hech qayoqqa 
bormaysiz. Taqdiringizga yozgan bo„lsa, shu yerda ham nasibangiz butun, bundan 
ortig„ini hech qayerda ham topolmaysiz. 
Biroq Zarir xotinining gapiga kirmabdi va boshqa shaharga ko„chib o„tibdi. U 
yerda uzoq vaqtgacha hunari bilan mashg„ul bo„libdi, ko„p pul ishlab topganidan 


80 
keyin esa uyiga ravona bo„libdi. Yo„lda u allaqayerda tunagani qo„nibdi va dong 
qotib uxlab qolibdi. Shu topda o„g„ri pisib kelibdi-da, uning pul to„la hamyonini 
olib qochibdi. Zarir uyg„onib ketib, o„g„rini quvlabdi, biroq tutolmabdi. Nachora, 
yana shaharga qaytishga majbur bo„libdi.
Tinib-tinchimagan Zarir yana ko„p pul ishlab topibdi va uyiga jo„nabdi. El yotar 
mahali kelganda u tunagani bir joyga qo„nibdi. Biroq pullarini har qancha ehtiyot 
qilmasin, o„g„ri yana o„z ishini qilibdi. Shunda bechora to„quvchi o„ziga-o„zi 
debdi: “Taqdir peshonamga tillali bo„lishni yozmagan ekan. Shuning uchun ham 
o„g„rilarga talanganim-talangan”. 
Shu tariqa u ikki qo„lini burniga tiqib uyiga kelibdi va boshidan o„tganlarini 
ipidan ignasigacha xotiniga hikoya qilib beribdi. Xotini esa bunga shunday javob 
beribdi: 
-
Aytmovdimmi sizga, taqdirga yozilmaganini hech qayerdan topolmaysiz 
deb? Gapimga kirmadingiz, daydib-daydib keldingiz. Bundan nima chiqdi?
Zarir o„shanda uyalganidan yerga kirib ketayozibdi. Shu bilan to„ti ertagini 
tugallabdi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish