Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Mavzuga doir material 
 
Tojikiston muammosi yechimining besh muhim jihati 
Almati shahrida oliy maqom uchrashuvidan so„ng jurnalistlar bilan bo„lib o„tgan 
uchrashuvda muxbirlar tojik-afg„on chegarasida yuzaga kelgan tanglik va O„zbekiston 
hamda Qozog„iston rahbarlarining bu muammoga munosabati xususida savollar 
berishdi. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bu savollarga javob 
berarkan, muammoning besh jihatiga mufassal to„xtalib o„tdi. 
Birinchidan, dedi u, Tojikiston bilan Afg„oniston chegarasida ro„y berayotgan 
ziddiyatni hech qachon katta kuch to„plab, zo„rlik yo„li bilan hal qilib bo„lmaydi. 
Zo„rlik ishlatish ahvolni battar chigallashtirib yuborishi mumkin. Bu muammoni faqat 
tinch yo„l bilan, muzokaralar vositasida hal etish zarur. 
Masalaning ikkinchi muhim jihati shuki, – dedi Islom Karimov, Tojikiston – 
mustaqil davlat, uning rahbariyati mamlakatning o„ziga xos va o„ziga mos bo„lgan, 
o„z xalqining tub manfaatlariga xizmat etuvchi siyosat yurgizishi tabiiy. Hozir 
Tojikiston rahbariyati mamlakat boshiga tushgan katta fojiadan chiqib olish yo„llarini 
axtaryapti. Biz qo„shni davlat vakillari, tojik xalqi tezroq o„z diyorida, tinch va 
farovon hayot qurishini istaymiz. Tojikiston rahbariyatining o„z yurtida tezroq 
tinchlik va totuvlik o„rnatish yo„lidagi mustaqil sa‟y-harakatlarini qo„llagan holda, 
ba‟zi bir masalalarda tavsiya tarzida o„z mulohazalarimizni bildirsak, ular to„g„ri 
qabul etiladi, deb umid qilamiz. Shu nuqtayi nazardan qarasak, muammoni, yana 
ta‟kidlab aytaman, aslo zo„rlik yo„li bilan yechilmaydigan muammoni hal etishda 
Tojikiston tarafi birinchi navbatda Afg„oniston rahbariyati bilan, agar kerak bo„lsa, 


587 
Pokiston, Eron va shu mintaqadagi boshqa qo„shni davlatlar bilan muzokara yo„liga 
o„tsa, vaziyatni qay tarzda va qanchalik tez barqaror etish yo„llari haqida o„zaro fikr 
almashsa, ayni muddao bo„lur edi. 
Muammoni hal etishga yordam beruvchi uchinchi jihat xususida gapirar ekan, 
Prezident Islom Karimov shunday dedi: Tojikiston rahbariyati o„z yurti kelajagini 
o„ylaydigan, mamlakatda demokratik jamiyat qurish yo„lini tanlagan sog„lom kuchlar 
bilan tezroq muloqotga o„tgani ma‟qul bo„lardi. 
Bugungi kunda sobiq SSSR hududida qad rostlayotgan mustaqil davlat o„z 
Konstitutsiyasini, – jamiyatning, davlatchilikning huquqiy asoslarini qayta ko„rib 
chiqayapti va demokratik me‟yorlarga moslayapti. Chunonchi, demokratik saylov 
tizimini ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan qonunlar tayyorlash hamda shu 
qonunlarni hayotga tatbiq qilish bugungi zamon talabiga javob beradigan ish bo„lur 
edi. Agar shu nuqtayi nazardan yondashsak, Tojikistondagi ijtimoiy tanglikni bartaraf 
etishning to„rtinchi jihatiga kelamiz. Buning mohiyati shuki, Tojikistondagi vaziyatni 
barqaror etish uchun kun sayin o„zgarib borayotgan zamon talablariga javob bera 
oladigan qonunlar ishlab chiqishni tezlashtirish zarur. Yangi jamiyat qurish va yangi 
demokratik saylov o„tkazish yo„lida turli siyosiy kuchlarning boshini qovushtirish
jamoatchilikni ana shu olijanob maqsadlarga jalb etish, bizning fikrimizcha, g„oyat 
ma‟qul ish bo„lur edi. 
Albatta, bizlar tojik-afg„on chegarasiga ikki davlat o„rtasidagi chegara deb emas, 
balki Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligining chegarasi sifatida qaraymiz, dedi 
O„zbekiston Prezidenti. Muammo yechimining beshinchi jihati shundaki, yalpi 
Xavfsizlik shartnomasiga imzo chekkan mamlakatlar chegarani mustahkamlashga 
ko„maklashishi kerak. Lekin har bir davlat, eng avvalo, o„zining ham moddiy, ham 
ma‟naviy, ham siyosiy va ham diplomatik kuchlariga tayanib, muammoni hal etishga 
harakat qilgani ma‟qul. 
Prezident Islom Karimov Tojikiston xalqi va rahbariyati vujudga kelgan 
muammolarni bosiqlik va aql-zakovat bilan, tinchlik va adolat yo„li bilan hal etishga 
qodir, deb ishonch bildirdi. 
«O„zbekiston ovozi», 1993-yil 30-iyul 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish