Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«navbatdagi muhim 
masala respublikaning qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro 
me‟yorlar va standartlarga muvofiq holga keltirishdir. 
Jahonda inson huquqlari sohasida 70 standart qabul qilingan. Bu hujjatlarda 
hukumatning o„z fuqarolari oldidagi majburiyatlari va ularga nisbatan qilishi 
shart bo„lmagan ishlar belgilab berilgan. O„zbekiston hozirda bu standartlardan 
15 tasiga qo„shilgan.
Oliy Majlisning shu yo„nalishda faol ish olib borishi talab etilmoqda»
, – deb 
ko„rsatdi. 
1996-yil oktabr oyida «Inson huquqlari bo„yicha O„zbekiston Respublikasi Milliy 
Markazini tuzish to„g„risida» qabul qilingan Farmon ana shu yo„lda qo„yilgan yana 
bir muhim qadamdir. Ushbu Farmon inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza 
qilishning ta‟sirchan vositasini barpo etishga, respublika fuqarolarida huquqiy 
madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Huquqiy madaniyatning yuqori darajada 
bo„lishi esa huquqiy demokratik davlatning noyob xususiyatidir. 
Inson huquqlari bo„yicha O„zbekiston Respublikasi Milliy Markazining maqsadi 
va vazifalari ushbu farmonda aniq belgilangan. Jumladan,
– milliy harakat rejasini, shuningdek, Konstitutsiya, Qonunlar va inson huquqlari 
sohasidagi umume‟tirof etilgan xalqaro huquq me‟yorlari qoidalarini amalga oshirish 
strategiyasini ishlab chiqish;
– inson huquqlari sohasida O„zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy 
tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish ana shunday vazifalarning muhimidir.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-noyabrdagi qarori 
bilan tasdiqlangan Nizomga ko„ra Milliy markaz tahliliy, tavsiyalar beruvchi, 
muassasalararo muvofiqlashtiruvchi davlat organi bo„lib, inson huquqlari sohasidagi 
halqaro huquqning umum e‟tirof etilgan tamoyillari va me‟yorlari, O„zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Prezident farmonlari qoidalariga amal 
qilinishi yuzasidan davlat siyosatini amalga oshirmoqda. Shu bilan birga Markaz 


190 
o„quv-ma‟rifiy va targ„ibot, tahliliy, fuqarolar murojaatlarini ko„rib chiqish 
yo„nalishlari bo„yicha ish olib bormoqda. 
Masalan, o„quv-ma‟rifiy yo„nalish bo„yicha 1997-1998-yillar mobaynida 20 dan 
ortiq risola nashr etildi. Ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etildi. 
Televideniyeda ko„rsatuvlar tayyorlandi. Inson huquqlarini himoyalashning turli 
yo„nalishlari bo„yicha xalqaro va milliy miqyosda o„quv dasturlari, seminarlar, 
anjumanlar, ma‟ruza kurslari va o„quv safarlari tashkillashtiriladi. Konrad Adenauer 
jamg„armasi va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda huquqni muhofaza etish 
idoralari xodimlari uchun Andijon, Farg„ona, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Jizzax, 
Namangan shaharlarida ixtisoslashgan o„quv seminarlari o„tkazildi. 
Tahliliy yo„nalish bo„yicha milliy markaz Oliy Majlis muhokamasiga qo„yib 
kelinayotgan inson huquqlari himoyasiga aloqador barcha qonun hujjatlarining 
muhokamasida faol qatnashmoqda, mazkur qonun loyihalarining ochiq muhokamasini 
tashkillashtirmoqda. Jumladan, «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo„yicha Vakili 
(ombudsman) to„g„risidagi», «Ommaviy axborot vositalari to„g„risidagi», «Jurna-
listning kasbiy faoliyatiga doir faoliyatini himoya qilish to„g„risida», «Axborot olish 
erkinligi kafolatlari to„g„risida», «Ta‟lim to„g„risida» va boshqa bir qator qonunlarni 
muhokama qilish bo„yicha ilmiy-amaliy anjumanlar o„tkazildi. Bundan tashqari 
Milliy markaz Oliy Majlis muhokamasiga kiritilayotgan turli qonunlar bo„yicha, 
O„zbekiston Respublikasi qo„shilishi lozim bo„lgan xalqaro shartnomalar bo„yicha 
muntazam o„zining xulosalarini berib bormoqda. 
Fuqarolarni qabul qilish masalasida ham izchil ish olib bormoqda. Shu bilan birga, 
inson huquqlari bo„yicha O„zbekiston Respublikasi Milliy Markazining tashkil topishi 
O„zbekistonda inson, uning hayoti, erkinligi, sha‟ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz 
huquqlari oliy qadriyat hisoblanishining yana bir bor yorqin dalilidir. Bularning 
barchasi masalaning oliy davlat ahamiyatiga ega ekanligini, mazkur sohaga shaxsan 
Prezidentning o„zi e‟tibor bilan qarayotganini ko„rsatadi. Inson huquqlarini himoya 
qilish hali tajribamizda bo„lmagan hodisa, biz uchun bu yangilik sifatida endigina 
turmush tarzimizga kirib kelayotgani tufayli unga davlatning o„zi tashabbuskor va 
rahnamo bo„layotir. Bu mamlakatimizda g„oyat insonparvar siyosat mavjudligining 
natijasidir. Bu esa, O„zbekistonda insonning tabiat gultoji, olam sarvari sifatida 
e‟zozlanadigan jamiyat shakllanayotganidan dalolatdir. 
Inson huquqlari va erkinliklarini ta‟minlashga qaratilgan chora-tadbirlar orasida 
1997-yil aprelda «Oliy Majlisning inson huquqlari bo„yicha vakili (ombudsman) 
to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi alohida 
ahamiyatga ega.
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, mazkur institut sobiq ittifoq tarkibidan ajralib 
chiqqan mamlakatlarning ko„pchiligida, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarida inson 
huquqlarini himoya qilishning bunday dunyoviy shakli mavjud emas. Mazkur sohada 
O„zbekiston o„z «ittifoqdosh»laridan ancha ilgarilab ketdi, desak xato bo„lmaydi. 
Ushbu qonunda shunday satrlar bor: «Oliy Majlisning inson huquqlari bo„yicha vakili 
(ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi, 


191 
erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini ta‟minlashga 
ko„maklashish maqsadida faoliyat ko„rsatadi». 
Ayni chog„da istiqlolga erishilgandan so„ng mamlakatda inson huquqlari va 
erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan qator amaliy tadbirlar ham o„tkazildi. Jumladan, 
1996-yil may oyida «Fuqarolarni huquqiy himoya qilish va aholining huquqiy 
madaniyatini yuksaltirish» mavzusiga bag„ishlangan respublika huquqshunoslari 
konferensiyasi bo„ldi. Unda qator dolzarb masalalar muhokama qilindi, tajribalar 
umumlashtirildi, 1996-1997-yillarga mo„ljallangan Dastur va tadbirlar rejasi, 1997-yil 
avgustida esa «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy Dasturi» qabul 
qilindi. 
Mamlakat Oliy Majlisining VI sessiyasida Qonunlarning amalga oshirilishi 
yuzasidan aniq tadbirlar qoniqarli darajada belgilanmaganligi ta‟kidlab o„tildi. 
1996-yil sentabr oyida Oliy Majlisning inson huquqlari bo„yicha vakili inson 
huquqlari masalalariga doir qonun harakatlariga rioya etilishini hamda ularning 
xalqaro huquq me‟yorlariga muvofiq tarzda takomillashtirilishini ta‟minlash 
maqsadida birinchi yig„ilishini o„tkazdi. 
Shuningdek, shu yili sentabr oyida Toshkentda Yevropada Xavfsizlik va 
Hamkorlik Tashkilotining inson huquqlari bo„yicha milliy muassasalar kengash 
seminari ham o„z e‟tiborini inson huquqlariga qaratdi. Seminar-Kengash 
qatnashchilariga Prezident I.Karimov Murojaat etib shunday dedi: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish