Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Izoh:
«OSON 1» tarifiga yangi ulanganda yoki o'tilganda oylik daqiqalar paketining amal qilish muddati va oylik abonent to'lovining keyingi yechilishi sanasi 1 oyni tashkil etadi.
Oylik abonent to'lovi yechilishining barcha keyingi sanalari 1 oy oralig'ida (oyning 1-sanasiga bog'lanmagan holda) amalga oshiriladi. Keyingi oylik abonent to'lovining yechilishi va kiritilgan daqiqalar oylik paketining yechilishi ertalab
soat 00:00 dan 06:00 gacha bo'lgan vaqtda amalga oshiriladi.
«OSON 1» tarifiga o'tishda 100 MB taqdim etiladi, mazkur trafikning amal qilish muddati – 1 kun.
Tarifga ulanganda yoki o'tishda oylik abonent to'lovi va kiritilgan daqiqalar paketi - abonent to'lovi yechilishi va oylik daqiqalar paketi oyning qolgan kunlaridan qat'i nazar to'liq hajmda taqdim etiladi.
«OSON 1» tarifida oylik abonent to'lovi navbatdagi yechilishi bilan tizim oylik abonent to'lovi yechilishi uchun to'liq miqdor mavjudligini tekshiradi. Agar u mavjud bo'lsa - oylik abonent to'lovi yechiladi va internet va SMS xizmatlari,
shuningdek tarif bo'yicha taqdim etilgan daqiqalar paketi sarflangandan so’ng, qo'ng'iroqlar imtiyozli narxda narxlanadi. Abonent hisobida oylik abonent to'lovi yechilishi uchun yetarli mablag' bo'lmasa, oylik abonent to'lovi qarzga
yechilmaydi, mos ravishda, kiritilgan daqiqa paketi taqdim etilmaydi. Bu holda, aloqa xizmatlaridan yanada foydalanish uchun to'lov tarif shartlariga muvofiq 1 daqiqa/SMS/MB uchun 100 so'mdan narxlanadi.
Oylik abonent to'lovi hisobdan yechib olish uchun yetarli mablag' mavjud bo'lganda darhol yechib olinadi va trafik kiritilgan paket taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to'lovi yechilish sanasi oxirgi yechilishi paytidan boshlab 1 oyga
suriladi.
Kiritilgan daqiqa paketi bo'yicha taqdim etilgan trafik qoldig'ining amal qilish muddati tugagandan so'ng kuyadi va keyingi kiritilgan daqiqa paketi bilan qo'shilmaydi.
Kiritilgan daqiqalar paketi abonent raqamining faol holatida amal qiladi.
Kiritilgan paketdan foydalanishni boshlashdan oldin, daqiqa - *106# kodini tergan holda ishonch hosil qiling.
Xizmatlar sessiya vaqtida jo’natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmiga muvofiq narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 Kbgacha aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng, hisobdan to’g’ri
sarflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.
Tarif rejada «Perezagruzka» xizmatidan foydalanish mumkin. «Perezagruzka» xizmatining narxi - 0 so’m. «Perezagruzka» xizmati abonent to'lovini oldindan yechib, tarifga kiritilgan trafikni taqdim etish imkonini beradi. Xizmatni
yoqish kodi - *5#. Bunda avvalgi paketdan foydalanilmagan daqiqalar va smslar «Perezagruzka» xizmati faollashtirilgandan so'ng bekor bo’ladi. Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to'lovi
yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to'lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi. Xizmatni ulash uchun Abonent hisobida tarif rejaga ulanishning minimal miqdori va «Perezagruzka»
xizmatining narxiga teng miqdor bo'lishi kerak.
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
«OSON 1» tarifiga o'tish - bepul.
«OSON 1» tarif rejasiga o'tish/almashtirishda tarif rejada kiritilgan paket bo'yicha sarflanmagan trafik saqlanmaydi va kuyadi.
«OSON 1» tarifida «DO IT», «Daqiqalar va megabaytlarni almashtirish» va «Muloqot ulashing!» xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda oylik abonent to'lovi yechilmaydi. Faqatgina «Raqamni abonent so'roviga asosan bloklash» xizmati uchun kuniga 421 so'mdan to'lov olinadi. Raqam blok holatidan chiqarilgandan so'ng
abonent hisobida yetarli mablag' bo'lganda bir oylik abonent to'lovi yechiladi va navbatdagi oylik abonent to'lovi yechilishining sanasi oxirgi abonent to’lovi to’langan sanadan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi. Yetarli mablag'
bo'lmagan hollarda abonent to’lovi olinmaydi. Agar tarif bo’yicha taqdim etilgan daqiqalar qoldig’i mavjud bo’lsa ulardan amal qilish muddati tugaguncha foydalanish mumkin. Ushbu holda O'zbekiston bo'yicha internet, SMS xizmatlari
hamda limitdan tashqari qo'ng'iroqlar 100 so'mdan tariflanadi.
Ushbu tarif rejadagi abonentlar hisobida mablag’ bo’lmaganda ham tarmoq ichida va boshqa uyali operatorlardan kirish qo’ng’iroqlarni va kirish SMS qabul qilish imkoniyati mavjud;
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l sozlama
yordamida tanlab olish kerak bo’ladi;
Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi;
Barcha tarif rejalarda muloqot uchun maksimal suhbat davomliyligi 40 daqiqa etib belgilagan;
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476); Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216);
Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817); Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708,
87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069).
Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 28.01.2022 y. kuchga kiritilgan.
(28.01.2022 yil № 52/22 sonli buyruqqa asosan)
Do'stlaringiz bilan baham: |