Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Izoh:
«Shifokor» tarif rejaga o'tish va ulanish imkoniyati yopilgan.
«Shifokor» tarif rejasida quyidagi qo'shimcha xizmatlar mavjud: «Xabardor bo'l/Aloqada bo'l», «AntiAON», «Beepul» sodiqlik dasturi bo'yicha Beep evaziga paketlarni almashtirish, «Beeline club», «Avto to’lov», «IMO» internet-
paketlari, rouming-paketlar, kontent-xizmatlarni faollashtirish (shu jumladan Uzcard), Muddatli to’lov evaziga chiroyli raqam va oltin raqamni tanlash. Boshqa barcha qo'shimcha xizmatlar mavjud emas.
«Shifokor» tarif rejada taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to’lovining keyingi yechilish sanasi 14 kunni tashkil etadi.
Taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB 14 kun muddat tugagandan so'ng bekor bo’ladi va jamlanmaydi.
Tarif rejaga kiritilgan qo'ng'iroqlar, SMS va Internet paketlar tugaganidan so'ng, ular tarif rejada belgilangan qiymat bo'yicha narxlanadi. Qoldiqini tekshirish kodlari MB - *103#, daqiqa - *106#, SMS - *105#.
Agar abonent hisobida abonent to'lovining yechilishi uchun yetarli mablag' bo'lmasa, u holda abonent to'lovi bir marta minusga yechiladi va tarif bo'yicha daqiqalar, SMS va MB taqdim etiladi. Salbiy hisob mavjud bo'lganda abonent
to'lovi yechilmaydi va trafik taqdim etilmaydi. Agar hisobni to’ldirgandan so’ng, blok holatidan chiqsa, oylik abonent to'lovning yechilishi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi va tarif bo’yicha
kiritilgan daqiqalar, SMS va MB larning hajmi to'liq taqdim etiladi.
Hisobdan mablag'ning yechilishi va trafikni taqdim etilishi ulanish kunidan qat'iy nazar to'liq hajmda amalga oshiriladi.
Tarif reja doirasida taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlar, faqat abonent raqamining faol holatida amal qiladi.
TAS-IX hududi, messenjerlar uchun mo’ljallangan megabaytlar ma'lum bir IP-manzillar to'plami doirasida sarflanadi (ushbu xizmatlarning ilovalarini o'z ichiga oladi). Yuqoridagi ro'yxat bo’yicha manba egalari tomonidan IP-manzillar
o'zgartirilganda, shuningdek TAS-IX hududi, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarga kirmaydigan trafikning sarflanishi tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki hisobdan amalga oshiriladi. TAS-IX hududi uchun megabaytlar,
messenjerlar proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanishda sarflanmaydi.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda, kunlik abonent to'lovning narxi - 421 so'm tashkil etadi. Blok holatidan yechilgandan so’ng, tarif rejaning 14 kunlik uchun abonent to'lovi yechilib, tarif bo’yicha kiritilgan daqiqa, SMS
va MB paketlari taqdim etiladi. Keyingi abonent to'lovning hisobdan yechilish sanasi blok holatidan yechilgan kunidan boshlab 14 kun muddatiga suriladi.
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l sozlama
yordamida tanlab olish kerak bo’ladi;
Agarda abonent tomonidan ishtirok etayotgan aksiyada, bonuslar taqdim etish shartlarida ishtirok etsa, va o’tkazilayotgan aksiyadan voz kechib pul miqdorini talab qilinadigan bo’lsa, unda qaytariladigan miqdor, aksiyada ishtirok
etish vaqtida abonent tarif rejasi asosida sarflangan bonuslarning qiymat miqdoriga teng bo'lishi kerak;
Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi;
«Shifokor» tarif rejada «Perezagruzka» xizmati mavjud. Ushbu xizmat orqali foydalanuvchi ihtiyoriy o’zi tarif rejadagi abonent to'lovni muddatidan avval yechilishini va paketlarning yangidan taqdim etish imkoniyatini beradi.
Xizmatga ulanish kodi - *5#. «Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so'ng, avval taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketlarning qoldig'i kuyadi. Keyingi 14 kunlik abonent to'lov yechilishi va trafik taqdim etish vaqti 14 kunlik
interval bilan oxirgi yechilgan abonent to’lov sanasi asosida amalga oshiriladi.
Barcha tarif rejalarida ovozli xizmatlarning maksimal davomiyligi 40 daqiqani tashkil etadi.
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476), Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216 ),
Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817), Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708,
87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069).
Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 28.01.2022 y. kuchga kiritilgan.
(28.01.2022 yil № 52/22/UZ sonli buyruqqa asosan)
Do'stlaringiz bilan baham: |