Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
«Beepul» to'lov vositasida ro'yxatdan o'tganlik uchun bonus
Izoh:
3000 MB bonus, oldindan to'lov tizimidagi «Beeline» abonenti bo'lgan «Beepul» ilovasida yangi foydalanuvchi sifatida
ro'yxatdan o'tgan (bunda 30 kun davomida bunday raqam «Beepul» ilovasida ro'yxatdan o'tmaganligi hisobga olinadi)
va noyob kartani qo'shib, unga ko'ra «Beepul» tizimida hech qanday tranzaksiyani amalga oshirmaganlarga taqdim eti-
ladi;
Qo'shimcha ma'lumot:
- 3000 MB bonusni faollashtirish uchun «Beepul» ilovasini Google Play yoki App Store orqali yuklab «Beeline» raqamidan
foydalangan holda ilovada ro'yxatdan o'ting. Shuningdek, beepul.beeline.uz saytida ham ro'yxatdan o'tish mumkin, kar-
tani qo'shishib, «Beeline» yo'nalishi bo'yicha to'lovni amalga oshirish mumkin.
- 3000 MB bonus, «Bolajon» tarif rejasi va «ProInternet» («1 GB», «3 GB») turkumidagi tarif rejalaridan tashqari, oldindan
to'lov tizimining tarif rejalarida bo'lgan abonentlarga taqdim etiladi;
- 3000 MB bonusning foydalanish muddati ulangan paytidan boshlab 30 kunni tashkil etadi. 30 kundan so'ng, internet-
paket qayta ulanmasa, foydalanilmagan MBlar bekor qilinadi;
- agar abonent bonus paketining amal qilish muddati tugashidan oldin boshqa internet-paketni ulasa, unda bepul Mblarn-
ing foydalanish muddati tanlangan internet-paketiga qarab amal qiladi.
-
aksiya 04.04.2021 gacha amal qiladi.
Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 28.01.2022 y. kuchga kiritilgan.
(28.01.2022 yil № 52/22/UZ sonli buyruqqa asosan)
Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
«BeeFortuna» o'yini
«BeeFortuna» bu «Beeline Club 2.0» sodiqlik dasturida ishtirok etayotgan oldindan to'lov tizimidagi abonentlarga
daqiqalar, SMS, Mb, Beep shaklida qo'shimcha bonuslarni olish imkoniyatidir.
«BeeFortuna» o'yinining shartlari
«BeeFortuna»ni o'ynash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
- qurilmaga «Beeline Uzbekistan» (Beta) mobil ilovasini o'rnatish;
- «Beeline Club 2.0» a'zosi sifatida bo'lib/a'zo bo'lish;
- «Beeline Uzbekistan» (Beta) mobil ilovasidan «Beeline Club 2.0» bo'limiga o'tib, «O'ynash» tugmasini bosish kerak.
«BeeFortuna» ni o'ynab, abonent har kuni quyidagi bonuslarga ega bo'lishi mumkin:
Barcha yo'nalishlar uchun daqiqalar paketi
15
30
50
100
O'zbekiston bo'yicha SMS paketi
15
30
50
100
Barcha tarmoqlar uchun internet paketi
15
30
50
100
Beep
1
2
3
4
Abonentga kuniga 3 ta bepul urinish taqdim etiladi.
«BeeFortuna» bo'yicha bonusli daqiqa, SMS, MB paketlar va Beeplar mobil ilovada xabarnoma olingan vaqtdan boshlab
bir necha daqiqa ichida taqdim etiladi. Bonusli daqiqa, SMS va Internet paketlarining amal qilish muddati taqdim etilgan
sanadan boshlab - 7 kun.
Agar bonusli paketlar taqdim qilinadigan balanslarda daqiqalar, SMS va MB qoldig’i bo'lsa, u holda ushbu balansdagi
trafik qoldig'i va bonus paketlar jamlanadi va amal qilish muddati 7 kunga uzaytiriladi. Agar balansdagi trafik
qoldig'ining amal qilish muddati 7 kundan ortiq bo'lsa, u holda bonusli daqiqalar, SMS va MB paketlari taqdim etilganda
amal qilish muddati o'zgarmaydi.
«BeeFortuna» o'yinida tarif rejada mavjud bo'lgan bonusli paketlar taqdim etiladi. «G'alaba UZ!», «Welcome» va «Click+»
tarif rejalarida bonusli daqiqalar paketlari texnik jihatdan mavjud emas, shu sababli ushbu tarif rejalardagi abonent-
lariga «BeeFortuna» bo'yicha bonusli daqiqalar paketlari taqdim etilmaydi.
«Bolajon» tarifidagi abonentlarga bonusli MB paketi taqdim etilganda, trafik tarif reja shartlarida ko'rsatilgan saytlar
ro'yxati bo'yicha sarflanadi.
«BeeFortuna» o'yinida ishtirok etish uchun amaldagi tarif reja bo'yicha abonent to'lovini o'z vaqtida to'lanishi kerak.
Tarif reja bo'yicha abonent to'lovi to'lanmagan taqdirda, «BeeFortuna» o'yini abonent uchun foydalanish imkoni mavjud
bo'lmaydi. Tarif reja bo'yicha abonent to'lovi to'langandan so'ng, o'yin bir kundan keyin foydalanish uchun mavjud
bo'ladi.
Qoldiqlarni USSD buyrug'i yordamida tekshirish mumkin: MB - *103#, SMS - *107#, Daqiqalar - *108#.
Kompaniya «BeeFortuna» o'yinida daqiqalar, SMS, MB paketlar va Beeplarni taqdim etish va sarflash shartlarini bir
tomonlama o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 28.01.2022 y. kuchga kiritilgan.
(28.01.2022 yil № 52/22/UZ sonli buyruqqa asosan)
Do'stlaringiz bilan baham: |