Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 28.01.2022 y. kuchga kiritilgan.
(28.01.2022 yil № 52/22/UZ sonli buyruqqa asosan)
Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Izoh:
Tarif rejalarga yangi ulanganda yoki tarifga o'tganda oylik abonent to'lovining yechilishi va tarif bo’yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab
06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to'lovi yechilishi va tarif bo'yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig'ida (oyning
birinchi sanasiga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi.
Tarif rejalarga ulanganda yoki o'tishda oylik abonent to'lovi va oylik trafikka ega paket to'liq hajmda, ya'ni, abonent to'lovining yechilishi va trafik taqdim
etilishi oyning qolgan kunlaridan qat'iy nazar to'liq taqdim etiladi.
Tarif rejalar bo'yicha oylik abonent to'lovining navbatdagi yechilishida, tizim oylik abonent to'lovining yechilishi uchun to'liq miqdor mavjudligini tekshiradi.
Agar u mavjud bo'lsa - oylik abonent to'lovi yechiladi va oylik trafikli paket taqdim etiladi. Agarda mablag' to'liq hajmda bo'lmasa, bir kunlik abonent to'lovi
yechiladi va bir kunlik trafikli paket joriy kunning oxirigacha taqdim etiladi. Bir kunlik abonent to'lovi kuniga 1 martadan ortiq yechilmaydi. Abonent hisobida
yetarli mablag' bo'lmagan taqdirda, oylik yoki bir kunlik abonent to'lovi qarzga yechilmaydi va mos ravishda, kiritilgan trafik paketi taqdim etilmaydi. Bunday
holda, aloqa xizmatlaridan yanada foydalanish uchun to'lov tarif shartlariga muvofiq standart tarifikasiya bo'yicha amalga oshiriladi.
Bir kunlik abonent to'lovi to'lanishi va bir kunlik trafik paketi taqdim etilishi har kuni davom ettiriladi toki abonent hisobida bir oylik abonent to'lovi uchun
yetarli mablag' bo'lmagunicha davom etadi. Bir oylik abonent to'lovini to'lash uchun yetarli mablag' abonent hisobida bo'lishi bilan u darhol yechiladi va bir
oylik
trafik paketi taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to'lovi yechilishi sanasi oxirgi yechilgan paytidan boshlab 1 oy muddatiga suriladi.
Agar oylik abonent to'lovi yechilishi kunida avval abonentga kunlik trafik taqdim etilgan bo'lsa, unda kunlik trafik oylik trafik bilan jamlanmaydi va joriy
kunning oxirigacha amal qiladi. Bunday holda, birinchi navbatda, kunlik trafik paketi sarflanadi.
Tarifda belgilangan kunlik yoki oylik paketlaridagi trafik qoldig'i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi va keyingi taqdim etiladigan paketlarning trafikiga
qo'shilmaydi.
Agar kun davomida kiritilgan trafik (kunlik yoki oylik) paketi sarflanib bo'lsa, unda aloqa xizmatlaridan foydalanilganda tarif shartlariga muvofiq standart
narxlanish amalga oshiriladi.
Kiritilgan daqiqalar, SMS va MBlar paketi faqatgina abonent raqamining faol holatda bo’lganida sarflash mumkin.
Kiritilgan trafik paketi taqdim etishidan oldin internet, qo'ng'iroqlar va SMSlar tarifning standart narxida yechiladi. Kiritilgan trafik paketidan foydalanishni
boshlashdan oldin, trafik sizga taqdim etilganiga ishonch hosil qiling. Trafik qoldig'ini tekshirish kodlari: MB - *103#, SMS - *105# raqamlari va «ZO'R 3» va «ZO'R
5» tariflari bo'yicha daqiqalar - *106#.
Kiritilgan daqiqalar, SMS va MBlar paketi tugagandan so'ng, narxlanish belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
Tarif rejalarda «Perezagruzka» xizmati foydalanish imkoniyati mavjud. «Perezagruzka» xizmatining narxi - 2 000 so'm tashkil etadi.«Perezagruzka» xizmati
abonent to'lovini oldindan yechib, tarifga kiritilgan trafikni taqdim etish imkonini beradi. Xizmatni yoqish kodi - *5#. Bunda avvalgi paketdan foydalanilmagan
daqiqalar va smslar «Perezagruzka» xizmati faollashtirilgandan so'ng bekor bo’ladi. «Perezagruzka» xizmatini muvaffaqiyatli faollashtirgandan so'ng, oylik
abonent to'lovi yechilishining navbatdagi sanasi 1 oyga suriladi. Xizmatni ulash uchun Abonent hisobida tarif rejani ulanish minimal miqdori va «Perezagruzka»
xizmatining narxiga teng miqdor bo'lishi kerak.
10%, 20%, 30% chegirmali bo’lgan «ZO'R 3» , « ZO'R 5», «ZO'R 7», «ZO'R 12» , «ZO'R 20» tariflariga o'tish narxi bepul. Chegirmali ZO'R turkumidagi tariflarga
o'tishda o'zgartirish narxi tarifning parametrlariga muvofiq narxlanadi.
Tarif rejalariga o'tilganda, avvalgi tarifdagi kiritilgan barcha yo’nalish uchun Mb paketining foydalanilmagan qoldig'i kuymaydi va yangi taqdim etilgan paket
bilan faqat bir marta jamlanadi. Shuningdek amal qilish muddati oxirgi trafik muddatiga tenglashtiriladi. Qolgan boshqa trafik qoldig'i esa o’tmaydi va kuyadi.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so'm kunlik abonent to'lovi yechiladi. Shu bilan birga tarif bo’yicha abonent to’lovi
yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to'lovi yechiladi.
Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar oylik abonent to’lovi yechilishiga yetarli
mablag’ bo’lmasa, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Bir kunlik abonent to'lovi to'lanishi
blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 30 kun o'tganidan so'ng ishga tushadi. Agar abonent hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abo-
nent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq pa-
ketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amal-
dagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
Ushbu tarif rejalarda bo'lgan abonentlar, uyali aloqa operatorlari raqamlaridan kiruvchi qo'ng'iroqlar va SMSlarini hisobda hatto nol va salbiy bo’lganda ham
qabul qilish mumkin.
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston,
Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo’ladi;
Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan
qabul qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi;
Barcha tarif rejalarda muloqot uchun maksimal suhbat davomliyligi 40 daqiqa etib belgilagan; Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT
(kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476);
Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216); Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet,
Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817); Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat
M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069).