Naqd pul aylanishi va uning xusuxiyatlari Reja


Naqd pulsiz hisob – kitoblarda plastik kartochkalardan foydalanish



Download 34,1 Kb.
bet10/10
Sana20.03.2022
Hajmi34,1 Kb.
#503324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Musayeva N

6. Naqd pulsiz hisob – kitoblarda plastik kartochkalardan foydalanish
Plastik kartochkalar tegishli bankda kartochka egasining hisob varagi mavjudligini tasdiklovchi va naqd pulsiz tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotib olish xuquqini beruvchi, shaxsi belgilangan, bank tomonidan chiqarilgan to’lov vositasini o’zida ifoda etadi.
Plastik kartochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bir tomondan, mahsulotni sotuvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat kursatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar ikkinchi tomondan, o’rtasida bo’ladigan naqd pulsiz hisob – kitoblarda, shuningdek naqd pul berish punktlari (terminal) va bankomatlardan naqd pul olishda qullaniladi.
Plastik kartochkalar bo’yicha xizmat ko’rsatish shartnoma asosida amalga oshirilib, shartnoma quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- tomonlarning nomlari
- shartnoma mavzusi
- tomonlarning xuquq va majburiyatlari
- tomonlarning javobgarligi
- hisob – kitoblarni utkazish shartlari
- shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari
- nizolarni hal qilish tartibi
- tomonlarning yuridik manzili
Plastik kartochkalar quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi:
1. Aloqadorligi bo’yicha
a) shaxsiy – bu jismoniy shaxsga beriladigan plastik kartochkalar
b) oilaviy – bu shaxsiy kartochka egasining ishonchnomasi asosida oilada foydalanuvchiga beriladigan plastik kartochka
v) korparativ – bu yuridik shaxslarga xizmat kursatish uchun mo’ljallangan plastik kartochka bo’lib ulardan ish xaqi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan boshqa to’lovlarni, shuningdek naqd pullarni to’lashda foydalanish takiklanadi.
2. Bajaradigan vazifalariga ko’ra:
a). Debet – kartochkasidan foydalanish uning egasiga emitent bilan mijoz o’rtasida to’zilgan shartnoma shartlariga muvofiq o’zining kartochkasidagi pul mablaglaridan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to’lash yoki naqd pul mablaglarini olishda (korparativ kartochkalardan tashqari) foydalanish imkonini beradi.
b). Kredit – kartochkasidan foydalanish uning egasiga, emitent bilan to’zilgan shatnoma shartlariga muvofik emitent tomonidan tovarlar, ishlar, xizmatlar xakini tulash yoki pul mablaђlarini olish uchun (korporativ kartochkalardan tashqari) berilgan kredit liniyasi miqdorida operasiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.
v). Elektron xamyon – jismoniy shaxslarning kartochkasi bo’lib undan foydalanish uning egasiga plastik kartochkadagi koldik mablaglar doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarga xaq to’lash yoki pul mablaђlarini olishga imkon beradi.
Plastik kartochkalarni tegishli shaxslarga biriktirishda quyidagi rekvizitlar bo’lishi shart:
- identifikasiya belgilari (kartani raqami, seriyasi va boshqalar)
- bank – emitentning kodi
- hisobvaraq raqami va kartochka egasining familiyasi, ismi, otasining ismi (tashkilotning nomi)
- kartochkaning amal qilish muddati
Plastik kartochkalardan foydalanib operasiyalarni amalga oshirishda to’zilgan xujjatlar rekvizitlari plastik kartochkalar rekvizitlari bilan kartochka egalarining bank hisob varaqlari, shuningdek korxona identifikatorlari, naqd pul berish punklari, bankomatlar va tashkilotlarning bank hisob varaqlari kartasidagi muvofiqlikni belgilashga imkon beruvchi tomonlar o’rtasida kelishib olingan belgilarni o’z ichiga olishi kerak.
Kartochkalar bo’yicha banklararo hisob – kitoblar texnologiyasi quyidagi variantlari ko’zda tutadi:
a). Hisob – kitoblarni amaldagi elektron to’lovlar tizimi orqali yalpi hisob – kitob asosida utkazish
b). Hisob - kitoblarni hisob – kitob qatnashchilari tomonidan tashkil etilgan jarayon markazlaridan kun davomida utkazilib yakuniy majburiyatlar hisoblangan holda tijorat banklarining vakillik hisob – varaqlaridan yakuniy hisob – kitoblar so’mmasini o’tkazish.
Jarayon markazlari orqali hisob – kitoblarni utkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) kun davomida kartochkalar bo’yicha barcha tranzaksiyalar, hisob – kitoblar qatnashchilari tomonidan tasdiklangan tartibda jarayon markazi orqali utkaziladi va hisob – kitoblarda qatnashuvchi xar bir bank uchun alohida ochilgan shaxsiy hisob varaqlarda aks ettiriladi.
b) hisob – kitoblar qatnashchilari kelishuviga asosan hisob – kitoblar bo’yicha yakuniy so’mmalar (majburiyatlar) tijorat banklarining Markaziy bankning hisob – kitoblar markazida ochilgan vakillik hisob varaqlari orqali shartnomada kayd etilgan davriylikda utkaziladi
v) banklar jarayon markazida olingan ma’lumotlarga asosan kartochkalardan foydalanilgan xolda amalga oshirilgan operasiyalar bo’yicha mablaђlarni mijozlarning hisob varaqlariga kiritadilar yoki chiqaradilar.
2005 yilda tijorat banklari tomonidan chiqarilgan plastik kartochkalarning umumiy soni 2 mln 99 mingtani va plastik kartochkalar orqali hisob – kitoblarni amalga oshiruvchi terminallar soni 11 mingtani tashkil etib ular orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 143 mlrd so’mni tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi xududida faoliyat kursatayotgan banklar hisob – kitob va kredit operasiyalarini bajarish bo’yicha amaldagi qonunchilik va Markaziy bank tomonidan belgilangan bank operasiyalarini amalga oshirish qoidalariga asosan javobgardirlar.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’lovlarni o’z vaqtida o’tkazilishi va tijorat banklarini vakillik hisob varaqlari (tijorat banklarini Markaziy bankni xududiy bo’linmalarida ochilgan schyotlari) holatini nazorat qiladi. Bank vakillik hisob varaђida mablaђ yo’qligi sababli korxonalarning hisob varaqlaridan to’lovlarini o’tkazilishini doimiy ravishda ushlanib qolishiga yul qo’yuvchi tijorat banklarining bo’linmalariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko’radi.
Shartnoma shartlari bo’zilgan yoki talab darajasida bajarilmagan hollarda tomonlar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Nizomda belgilangan qoidalarga amal kilmaslik yoki sifatsiz bajarilgan xollarda bank va ularning mijozlari amaldagi qonunchilik va O’zbekiston Resupblikasi Markaziy bankning me’yoriy xujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Jumladan, Markaziy bank to’ђrisidagi qonunning «Markaziy bank tomonidan qullaniladigan chorva va «….. (sanksiya) lar» moddasida – Agar bank tomonidan amalga oshirilgan operasiya va yo’l quyilgan kamchiliklar omonatchiga va kreditorlar manfaatiga putur yetkazadigan bo’lsa:
- banklar ustav fondi minimal miqdorining bir foizi miqdorida jarima undirish
- banklarga ayrim operasiyalarni bajarishdan 1 yilga marxum etish
- bank operasiyalarini amalga oshirish bo’yicha lisenziyani chiqarib olish
- bank filiallari tomonidan to’lovlarni o’z vaktida amalga oshirmaganda va vakillik hisobvaraqlari xolatini qoniqarsizligi uchun markaziy bank filialni shu faoliyatdan olgan foydasini olib quyish va shuncha miqdorda jarima solish.
O’zbekiston Respublikasining «Banklar va banklar faoliyati» to’ђrisidagi qonunning 39 – «Banklarning o’z mijozlari oldidagi javobgarligi» moddasida – «Banklar o’z mijozlari oldida mablaglarni saqlanishi va boshqa olgan majburiyatlarini bajarilishi, shu jumladan to’lovlarni bir bankdan ikkinchi bankka o’z vaqtida o’tishi va ularni korxona va tashkilotlarni schyotlariga o’z vaqtida yozilishiga erishish uchun javobgar» - deyilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 yanvardagi «To’lov intizomini va o’zaro hisob – kitoblar tizimini mustahkamlash to’ђrisida»gi farmonida – tijorat banklarining raxbarlari korxona va tashkilotlar bilan bir qatorda xo’jalik subyektlarining muddati o’tgan debetorlik va kreditorlik qarzlari paydo bo’lishiga shaxsiy jivobgardirlar» - deyilgan.
Agar to’lovlar kreditlar hisobiga amalga oshirilgan bo’lsa u bo’yicha shartnoma shartlarini bajarilmasligi jarima solinishiga, foizlarni oshirilishiga, kredit muddatini qisqartirish kabi choralarga sabab bo’ladi. Bu choralar yordam bermaganda qarz beruvchi moliyaviy talablarni xo’jalik sudi orqali amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi «Banklardagi depozit hisob varaqlaridan naqd pul to’lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to’ђrisida» gi qarorida «Aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlarga depozit hisob varaqlaridan naqd pullar uzluksiz berilishi tijorat banklarining chorak, yarim yillik va yillik ish yakunlarini sarhisob qilishda ular faoliyati samaradorligi va ishonchliligini baholashning eng muhim mezonlaridan biri deb hisoblansin» - deyilgan.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining ish yakunlarini ko’rib chiqish vaqtida aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlarga banklarning depozit hisob varaqlaridan naqd pullarni kechiktirmay tulash borasida urnatilgan tartib bir necha marta (oyiga uch martadan ko’prok) buzilgan takdirda tijorat banklari xududiy bo’limlari va filiallarining raxbarlari egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi lozimligi ta’kidlangan.
Shu kabi qarorda «Markaziy bank naqd pul mablaђlari berishni muntazam kechiktirish xollari mavjud bo’lganida tijorat banklariga nisbatan qattiq javobgarlik choralari, xatto bank operasiyalarini amalga oshirish xuquqini beradigan lisenziyani kaytarib olish choralarini qullasin» - deyilgan.
Download 34,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish