Fazoviy tuzilishli polimerlarda uzun chiziqsimon makromolekulalarning zanjirlari bir-biri bilan ko'p kimyoviy bog'lar orqali bog'langan («tikilgan») bo'ladi:
—A _A _A _A _A —^A _A _A _A —
AA
Bunday polimerlar hech qanday erituvchida erimaydi, qizdirilganda parchalanmasdan suyuqlanmaydi, qattiq va mo'rt bo'ladi. Kauchukni vulkanlash orqali olinadigan rezina, fenol-formaldegid smolalar fazoviy tuzilishli polimerlarga misol bo'ladi.
Ionli polimerlanish-faol markaz katalizator ishtirokida ion hosil bo'lishi bilan boradigan polimerlanish.
Sopolimerlanish-ikki yoki undan ortiq monomerlarning birgalikda polimerlanish reaksiyasi.
Polikondensatlanish reaksiyalari-asosiy mahsulot yuqori molekulyar birikma hosil bo'lishi bilan bir qatorda ikkilamchi mahsulotlar ajralib chiqadigan polimerlanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |