Bunday polimerlar uchun stereoizomeriya tekisligi asimmetrik uglerod atomidan tuzilgan asosiy zanjir tekisligi hisoblanadi. Steroregulyarlik yoki taktikliklar ustmolekulyar tuzilishda muhim rol o‘ynaydi, masalan, amorf va kristall-amorf tuzilishli shakllanishlar uchun bunday konfiguratsiya zarur bo‘ladi. Bloklar birikishi konfiguratsiyasi (uzoqkonfiguratsion tartib). Odatda gomopolimerlarda uzoq konfiguratsion tartib regulyarlikni belgilaydi. Agar yaqin konfiguratsion tartib butun makromolekula bo‘ylab tarqalgan bo‘lsa, zanjir holati usha tartib bo’yicha tuzilishi regulyar yoki steroregulyar deyiladi. Zanjirda ma’lum tuzilishli konfiguratsiyalar miqdori steroregulyarlik o‘lchami hisoblanadi. Shuningdek, agarda boshqa xildagi konfiguratsiyalar miqdori bir necha foizdan oshmasa va makromolekulaning asosiy xossalariga ta’sir etmasa polimer steroregulyar deyiladi. Agar makromolekulada sis- va trans- izomerlar miqdorlari bir biriga yaqin bo‘lsa, polimer steroregulyar bo‘lmaydi. Agar zajirning konfiguratsion ketma-ketligi etarlicha darajada uzun bo‘lsa, ya’ni uzoq konfiguratsion tartib mavjud bo‘lsa va ular o‘lchami biri biriga yaqin bo‘lsa payvandlangan yoki blok-sopolimerlar hosil bo‘ladi. 2.1.2-rasm. Tarmoqlangan konfiguratsiya chizmalari: a – qisqa yon zanjirli; b – uzun yon zanjirli; c – yulduzsimon; g – taraqsimon; d – statistik.
Zanjir konfiguratsiyasi zvenolar yoki bloklarning ketma-ket birikib uzoq konfiguratsion tartib hosil qilishidir. Bunday birikishda ko‘proq chiziqli polimerlar hosil bo‘ladi, ammo ularning soni kamroq. Chunki, ko‘pchilik polimerlarga chiziqli tuzilishda turli tuman tarmoqlanish kuzatiladi. Asosiy zanjir uzunligi (L) va yon tarmoq shoxchasi uzunligi (lb) ga bog‘liq makromolekulalar regulyar (yulduzsimon, taraqsimon) va statistik (daraxtsimon) deb yuritiladi (2.1.2 - rasm):
Tarmoqlanish zanjirning konfiguratsiyasi tavsiflari quyidagi ko‘rsatgichlar bilan baholanishi mumkin: - tarmoqlanish funksionalligi fb – tarmoqlanishda har bir tugunga kiradigan shoxchalar soni, agar fb = 1 bo‘lsa, zanjir chiziqlidir; - tarmoqlanish zichligi ρb – tarmoqlangan zanjirlar sonini (nb) zanjirlarning umumiy soniga (n) nisbati bilan ifodaladi: ρb =nb/n. - makromolekuladagi shoxchalarning o‘rtacha soni lb; - tarmoqlanish faktori gr. Ushbu ko‘rsatgichlar bir biri bilan quyidagicha bog‘langandir: lb= (fb – 1)nb + 1 - (fb – 1)ρbnb(2.1.1) Monodispers polimerlar uchun fb = 3 bo‘lganda gr = (1 + nb /T)1/2 + 4 nb/9π(2.1.2) fb = 4 bo‘lganda gr = (1 + nb /T)1/2 + 4 nb/3π Bir qator holatlarda polimerlarning tarmoqlanish zichligi ma’lum bir kritik miqdorga (gr)kr erishadi va natijada tizimda zanjirlarning tikilishi ro’y beradi. Tikilish yassi sirtli (ikki o‘lchamli) yoki fazoviy (uch o‘lchamli) bo‘lishi mumkin, unda ikki va undan ortiq makromolekulalar kimyoviy bog‘lar orqali birikib yagona monolit tuzilish hosil qiladi hamda tikilish bog‘lari regulyar yoki statistik bo‘ladi. Agar makromolekulalar tikilishi ikki o‘lchamli to‘rlar hosil qilsa, bunday polimerlar yassi to‘rlar deyiladi. Masalan, grafit bunga misol bo‘ladi (2.1.3-rasm). O‘ch o‘lchamli to‘rsimon polimerlarda makromolekulalar uchala yo‘nalish bo‘yicha regulyar yoki statistik tartibda joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunga uglerod atomlari asosida fazoviy to‘rsimon tuzilgan polimer - olmos misol bo‘ladi. Statistik to‘rlarning ko‘p tarqalganlariga misol tariqasida gellarni ta’kidlash mumkin. Bu kabi tuzulmalar chiziqli yoki tarmoqlangan polimerlar asosida sintez qilinadi. Bunga misol sifatida tabiiy kauchukni keltirish mumkin, uning makromolekulalari vodorod pereoksidi bilan tikilgan bo‘ladi.