2-qatordakryuchokga oldingi qatorning asos petlyalaridan o’ngdan chapga tomon petlya terish. Yangi petlyalar qator to’qib bo’linguncha kryuchokda qolishi kerak.
3-qatorda polotnoni aylantirmay turib, xomoni petlya olib, uni kryuchokdagi petlya olib, uni kryuchokdagi 2-petlyaga kiriting, qatorning oxirigacha shunday takrorlab to’qing.
4-qatorda to’qimani aylantirmay oldingi qatorning «darchasiga kryuchok kiritibyana petlya tering. Kryuchokni vertikal ip tagiga yoki «darcha» tepasidagi «to’siqcha» ustidan kiritish ham mumkin. Unda boshqacha gul hosil bo’ladi.
3-usul.Bir qator xomini petlya soz ustunchalar chapdan o’ngga tomon surilib tisarilayotgandek-«yo’rma qadam» tashlagandek qilib to’qiladi.Ko’pincha kiyim chetlari chir aylantirib shunday to’qiladi.
4-usul.To’qish 3 ta yoki 4 ta havoyi petlyadan boshlanadi, bu petlyalar doira bo’ylab yarim ustuncha qilib tutashtiriladi. Shundan keyin doira bo’ylab o’ngdan chapga tomon petlyalar qo’shib boriladi va polotnoga doira, uchburchak, to’rtburchak, oval singari istalgan shakl berib to’qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |