13.2. Korporatsiyaning amaliy faolligi va uni tahlili
Moliyaviy munosabatlar
obyektiv xolda mavjuddir, lekin jamiyatdagi ishlab
chiqarish munosabatlarining xarakatiga mos keladigan konkret shakllarda
namoyon bo‘ladi. Xozirgi sharoitda moliyaviy munosabatlarning shakllari jiddiy
o‘zgarmoqda. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining barpo qilinshi nafaqat mulkni
davlat
tasarrufidan
chiqarish,
korxonalarni
xususiylashtirish,
raqobatni
rivojlantirish,
narxlarni
va
korxonalarning
tashqi
iqtisodiy
aloqalarini
liberallashtirishni, balki xalq xo‘jaligini moliyaviy sog‘lomlashtirish, moliyaviy
munosabatlarning adekvat tizimni yaratishni ham ko‘zda tutadi.
Korxona moliyasi
davlatning yagona moliya tizimining muhim tarkibiy
qismi bo‘lib, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlaridagi korxonalarda daromadlarning
shakllanishi, tao‘simlanishi va ishlatilishi jarayonini aks ettiradi. Korxonalar
moliyasi milliy daromad va milliy boylik yaratiladigan moddiy ishlab chiqarish
soxasiga xizmat ko‘rsatadi. O‘z moҳiyatiga ko‘raб korxonalar moliyasi moliyaviy
154
tizimning o‘ziga xos qismidir. U davlat moliyasidan farq qiladi, chunki ular
ijtimoiy ishlab chiqarishning boshqa-boshqa soҳalarida amal qiladilar.
Korxonalar moliyasi tadbirkorlik bilan uzviy bog‘liqdir, chunki korxona
tadbirkorlik
faoliyatining
shakli
hisoblanadi.
Korxonaning
tadbirkorlik
faoliyatining natijasi sifatida foyda олиш учун ishlab chiqarish jarayonining puxta
o‘ylangan moliyaviy ta’minoti, moliyaviy resurslarni ishlatish yo‘nalishlarini va
asosiy hamda aylanma kapitalni safarbar qilish usullarini tanlash orqali erishiladi.
Tadbirkorlikning muvaffaqiyati, bir tomonidan, korxona moliyaning ҳolatiga va
ikkinchi tomonidan soliqqa tortish tizimiga bog‘liqдир. Bu moliyaviy
muammolarni keltirib chiqaradi, bularni xali iqtisodiy va siyosiy barqarorlik,
umuman iqtisodiyotni moliyaviy sog‘lоmlashtirish, soliq qonunchiligini
takomilshatirish asosida hal qilish kerak.
Moliya iqtisodiy munosabatlarida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Uning o‘ziga
xosligi shundayki‚ u doim pul shaklida keladi‚ taqsimot xarakteriga ega va moddiy
ishlab chiqarish soҳasi qatnashchilarining turli daromad va jamg‘armalarining
shakllanishi va ishlatalishini aks ettiradi.
Moliyaviy munosabatlar obyektiv ҳolda mavjuddir, lekin jamiyatdagi ishlab
chiqarish munosabatlarining xarakatiga mos keladigan konkret shakllarda
namoyon bo‘ladi. Xozirgi sharoitda moliyaviy munosabatlarning shakllari jiddiy
o‘zgarmoqda. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining barpo qilinshi nafaqat mulkni
davlat
tasarrufidan
chiqarish,
korxonalarni
xususiylashtirish,
raqobatni
rivojlantirish,
narxlarni
va
korxonalarning
tashqi
iqtisodiy
aloqalarini
liberallashtirishni, balki xalq xo‘jaligini moliyaviy sog‘lomlashtirish, moliyaviy
munosabatlarning adekvat tizimni yaratishni ham ko‘zda tutadi. Xozirgi kun
tajribalari dalolat bermokdaki, ayrim xizmatlar tulaligicha tekinga amalga
oshirilsa, ayrimlari tulaligicha pullik xizmat kursatiladi va yana ma’lum xizmatlar
mavjudki, ular ham tekinga ham pullik usullarini oʻzida aks ettiradi.
Moliyaviy resurslar
– bu YаIM va milliy daromadni taqsimlash va qayta
taqsimlash natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarнинг pul daromadlari va
jamg‘armalari yig‘indisidir.
Moliyaviy resurslarning hajmi va tarkibi
ishlab
155
chiqarishning rivojlanish darajasiga, uning samaradorligiga bevosita bog‘liq. Ishlab
chiqarish mashtablarining samaradorligi yuqori bo‘lsa, moliyaviy resurslarning
hajmi shuncha katta bo‘ladi. O‘z navbatida, ishlab chiqarishga jalb qilingan
moliyaviy resurslar uning o‘sishiga va takomillashuviga shart-sharoit yaratadi.
Moliyaviy munosabatlarning turli-tumanligi moliyaviy resurslarning ham
turli-tumanligini keltirib chiqaradi.
Moliyaviy resurslarning asosiy elementlari quyidagilardir:
foyda;
turli soliqlar (QQS, aksizlar, foyda solig‘i, mulkiy soliqlar, daromadi);
sug‘urta tashkilotlarining mablag‘lari;
amortizatsiya ajratmalari;
tashqi iqtisodiy aloqalardan tushum;
aholidan tushumlar.
Moliyaviy resurslarning o‘sishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularga
quyidagilar kiradi:
1.
Ishlab chiqarish hajmi va samaradorligini oshishi.
2.
Mehnat unumdorigi.
3.
Fond sig‘imining kamayishi.
4.
Fond qaytimining oshishi.
5.
Fond bilan qurollanishning yaxshilanishi.
Mikro darajada va bozor iqtisodiyoti tipidagi iqtisodiyotda faoliyat olib
boruvchi korxonalar faoliyatini 5 elementlik moliyalashtirish tizimi mavjud: o‘z-
o‘zini moliyalashtirish, kapital bozori mexanizmlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri
moliyalashtirish, bank kreditlari, byudjetdan moliyalashtirish va xo‘jalik yurituvchi
subyektlar o‘rtasida o‘zaro moliyalashtirish.
O‘z-o‘zini moliyalashtirishda korxona faoliyatini o‘zi oladigan foyda
hisobidan moliyalashtirilishi tushuniladi. Korxona egalari har doim quyidagi
variantlar o‘rtasidan tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
hisobot davrida olingan foydani iste’mol qilish yoki boshqa loyixalarga
investitsiya qilish maqsadida ishlab chiqarishdan butunlay ajratib olish.
156
korxona egalari uchun daromad olishning eng maqul usuli bo‘lganligi uchun
olingan foydani xuddi shu korxona faoliyatiga reinvestitsiya qilish.
dastlabki ikkita variantlarning kombinatsiyasi. ya’ni olingan foyda ikkiga
taqsimlanadi- reinvestitsiya qilingan foyda va dividendlar.
Kapital bozori mexanizmlari orqali moliyalashtirish. Xech qanday korxona
o‘zini-o‘zi moliyalashtirish bilan chegaralanib qolmasligi hammaga ma’lum. Gap
shundaki, qarz evaziga faoliyat yuritish bu qulay, albatta agar qarz asoslangan
bo‘lsa. SHu sababli ham korxona moliyalashtirishning boshqa manbalarini jalb
qilishga harakat qiladi. Eng muhim ahamiyatga ega manba esa- bu kaptal
bozorlaridir.
O‘z navbatida kapitalning bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ikkita turga ajratishimiz
mumkin:аktiv va passiv kapital.
Do'stlaringiz bilan baham: |