Намуна (Образец)


Jamiyatni tugatish tartibi va tugatilayotgan jamiyatning mol-



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

8.3. Jamiyatni tugatish tartibi va tugatilayotgan jamiyatning mol-
mulkini aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash 
Jamiyatning tugatilishi huquq va majburiyatlarni huquqiy vorislik tartibida 
boshqa shaxslarga o‘tkazmagan holda 
jamiyat faoliyatini tugatishga sabab bo‘ladi.
Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv 
kengashi jamiyatni tugatish va tugatuvchini yoki tugatish komissiyasini tayinlash 
to‘g‘risidagi masalani aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib 
chiqadi. Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy 
yig‘ilishi jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi. 
Jamiyat sudning qaroriga ko‘ra tugatilayotganda tugatuvchini tayinlash qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tugatuvchi tayinlangan paytdan 
e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi. 
Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi. Ro‘yxatdan 
o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra jamiyatni tugatish ushbu jamiyat moliya-
xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz 
rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida uning faoliyati tiklanmagan 
taqdirda amalga oshiriladi.


95 
Davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori bo‘lgan taqdirda, tugatish 
komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli 
organning vakili kiritiladi. 
Jamiyatni tugatish tartibi.
 
Tugatuvchi jamiyatning tugatilishi haqida 
ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi. Jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish 
to‘g‘risidagi e’lon ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-
saytiga joylashtiriladi. Jamiyatning tugatilishi haqidagi e’londa uning kreditorlari 
talablarini bildirish tartibi va muddatlari ko‘rsatiladi. Bu muddat tugatish 
to‘g‘risidagi e’lon chiqqan paytdan e’tiboran 2 oydan kam bo‘lmasligi kerak. Agar 
tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytga kelib jamiyat kreditorlar oldida 
majburiyatlarga ega bo‘lmasa, uning mol-mulki aksiyadorlar o‘rtasida 
taqsimlanadi. Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-
tadbirlarini ko‘radi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning tugatilishi to‘g‘risida 
yozma shaklda xabardor qiladi. Kreditorlarning talablar qo‘yishi uchun belgilangan 
muddat tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, mazkur 
balansda tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar tomonidan 
taqdim etilgan talablar, shuningdek ularni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi 
ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Oraliq tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat 
aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi. Agar tugatilayotgan 
jamiyatdagi mavjud pul mablag‘lari kreditorlarning talablarini qanoatlantirish 
uchun etarli bo‘lmasa, tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro 
etish uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotishni amalga oshiradi. 
Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini to‘lash tugatuvchi 
tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida oraliq tugatish balansiga 
muvofiq, ushbu balans tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi. Kreditorlar 
bilan hisob-kitoblar tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, 
tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi 
tomonidan tasdiqlanadi. Tugatuvchi ushbu moddada nazarda tutilgan tartib-
taomillar tugallanganidan keyin jamiyat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlarining 


96 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini bekor qilish yuzasidan zarur tadbirlarni qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiradi. 
Tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash. 
Tugatilayotgan jamiyatning kreditorlar bilan hisob-kitoblardan keyin qolgan mol-
mulki tugatuvchi tomonidan aksiyadorlar o‘rtasida quyidagi navbat bo‘yicha 
taqsimlanadi: 
birinchi navbatda,
qaytarib sotib olinishi lozim bo‘lgan aksiyalar 
bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi; 
ikkinchi navbatda,
imtiyozli aksiyalar 
bo‘yicha hisoblangan, biroq to‘lanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida 
imtiyozli aksiyalar bo‘yicha belgilangan tugatish qiymatini to‘lash amalga 
oshiriladi;
uchinchi navbatda,
tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy 
aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash amalga oshiriladi. Mol-
mulkni taqsimlashda taqsimotning navbati bo‘yicha taqsimlash qonunda qat’iy 
belgilab qo‘yilgan bo‘lib, bunda har biri navbati bilan to‘liq taqsimlab 
bo‘linganidan so‘ng keyingi taqsimot navbati amalga oshiriladi. Agar jamiyatdagi 
mavjud mol-mulk hisoblangan, biroq to‘lanmagan dividendlarni va jamiyat 
ustavida belgilangan tugatish qiymatini imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan 
barcha aksiyadorlarga to‘lash uchun etarli bo‘lmasa, mol-mulk imtiyozli 
aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalarning 
soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Mol-mulkni tugatish qiymatining chet 
ellik investor bo‘lgan aksiyadorga o‘tkaziladigan qismini jamiyat xorijiy valyutaga 
ayirboshlab berishi shart. 
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga 
tegishli yozuvni kiritgan paytdan e’tiboran jamiyatni tugatish tamomlangan, 
jamiyat esa faoliyatini tugatgan deb hisoblanadi. 
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ 
jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni faqat jamiyatning qimmatli 
qog‘ozlari chiqarilishlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bekor qilinganidan 
keyingina kiritadi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish