Mavzu:Ixtiologiya tadqiqot uslublari faniga kirish. Reja: - 1.Ixtiologiya fanining maqsad va vazifalari.
- 2.Ixtiologiya fanining rivojlanish tarixi.
Ixtiologiya fani vazifalari - Ixtiologiya yunoncha -baliq,va -fan ta`limot degan manoni bildiradi.
- Ixtiologiya baliqlarning tuzilishini ,hayot kechirishini,rivojlanishi,tarqalishi ,sistematksi va kelib chiqishini o`rganadi.Ixtiologiya baliqchilik va baliq ovlashni biologik asoslarini ishlab chiqish bilan ham shug`ullanadi.
Fanning maqsadi - Ixtiologiya fanining maqsadi –baliqlarning tarqalishi,tuzilishi.ko`payish va rivojlanish qonunyatlarini o`rganadi.
- Ixtiologiya fanining obyekti –baliqlar hisoblanadi.
Baliq turlari Rivojlanish tarixi - Ixtiologiya sohasidagi eng miloddan avvalgi 6-asrda Hind olimlari ishlarida uchraydi.Baliqlar to`g`risidagi ilk asar milloddan avvalgi ming yilliklarda Xitoyda bosilib chiqqan.Ixtiologiyaga oid ilk ilmiy ma`lumotlar Aristotel asarlarida uchraydi.Aristotel asarida baliqlarni alohida sistematik guruhga ajratadi;ularning tuzilishi,rivojlanishiva hayot kechirish to`g`risidagi xususiyatlarni ko`rsatib beradi.
Fan sifatida shakilllanishi - 19 –asrda ixtiologiya fan sifatida zoologiyadan ajralib chiqadi.19-asrda rus olimlari K.M.Ber va N.Ya.Danilevskiy,Azov Qora dengiz va Shimoliy dengizlarda baliqchilikni tadqiq qilishdi.
Ixtiologik tatqiqotlar - Hozir ixtiologiya sohasida keng miqyosdagi ilmiy tadqiqotlar dunyosining ko‘pchilik mamlakatlarida; jumladan, YAponiya, AQSH, Kanada, Angliya, Fransiya. Rossiya, GFR, Norvegiya, SHvetsiya, Daniya, Hindiston, Avstriya, JAR va Islandiyada olib borilmokda. Ixtiologik tadqiqotlar bo‘yicha bir qancha xalqaro tashkilotlar, jumladan, dengizlarni o‘rganish xalqaro kengashi mavjud. BMT qoshidagi FAO tashkilotining baliqchilik bo‘limi, uning bir qancha regional kengashlari va komissiyalari baliqchilik xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro masalalarni hal etadi.
Fanning muammolari - Ixtiologiyaning asosiy zamonaviy muammolari baliqlarning individual va tarixiy taraqqiyoti, xatti-xarakati migratsiyasi asosida dengizlarda baliqchilikni rivojlantirish, yo‘li to‘silib, suv oqimi o‘zgartirilayotgan sharoitda ovlanadngan baliqlar zaxirasini tiklash, hovuzlarda baliq boqishning samaradorligini oshirish bilan bog‘liq. Ovlanadigan baliqlar zaxiralarini qayta tiklash, baliq resurslaridan oqilona foydalanish, suz havzalari ixtiofaunasini qayta qurish va kompleks meliorativ tadbirlarni amalga oshirishning inteksiv texnologiyasini ishlab chiqish orqali suv havzalari ekosistemasi mahsuldorligini oshirish ixtiologiyaning eng muhim masalalaridan hisoblanadi.
Baliqlarning turlari - , O‘zbekistonda sohasida ishlarni K. F Kessler boshlab bergan. 1872 yilda uning «Turkiston ixtiofaunasi» asari chop etilgan. Turkiston baliqlari to‘g‘risidagi materiallar.S.M. Gersenshteyn asarlarida ham uchraydi. 1899—1903 yilda S. M. Berg Orol dengizi, Sirdaryo, Balxash va Issiqko‘l baliqlarini tekshirib «Turkiston baliqlari» monografiyasini, 1928 va 1945 yilda G. V. Nikolskiy CHu, Orol, Amudaryo suv havzalari baliqlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. O‘zbekistonning suv havzalari: daryo, ko‘llari, suv omborlari va kanallari baliqlarini o‘rganish, bu havzalarda yangi baliq turlarini iklimlashtirishni amalga oshirish vositalarini ishlab chiqish
Suv manbaalari - Suv arenasi Arktikadan to Antarktikaga qadar davom etgan, chuqurligi 11000 metrgacha boradigan okean va dengizlardan, qutblar va yuksak tog‘larni qoplab olgan muzliklar, minglab klometrlarga jo‘zilgan daryolar, qo‘l, kanal, soy, anxor va ariqlar, jilg‘a, buloq va suv omborlari, issiq va sovuq haroratli g‘or hamda er osti suvlaridan iborat. Bu suv havzalarida ekologik sharoitlariga ko‘ra o‘zaro farq etadigan bir talay biotoplar (turar joylar) bor. Baliqlarni tog‘lar tepasidagi havzalarda, okean va dengizlarning abadiy tinchlik hukum surgan faslsiz, harorati barqoror bo‘lgan zimiston qarida, harorati -0,2 darajadan +52 darajagacha etadigan suvlarda uchratish mumkin
Baliqlar xilma-xilligi O’zbekiston suv havzalari - O‘zbekiston xududida 600 dan ziyodroq daryolar bor. Bu daryolarning qariyb hammasi Tojikiston va Qirg‘izistondagi baland tog‘lardan boshlanadi. Bulardan eng yirigi hisoblangan Amudaryo bilan Sirdaryo Orol dengiziga quyiladi, qolganlari esa mana shu ikki ulkan daryoning irmoqlari hisoblanadi. SHunisi ham borki, mazkur irmoq suvlarining ko‘pchiligi Amudaryo bilan Sirdaryoga etib kelmay, ekinzorlarni sug‘orish uchun sarf bo‘ladi.
- Bunday tashqari, O‘zbekistonda 200 dan ortiq ko‘l bo‘lib, ular 52 ming gektardan ortiq maydonni ishg‘ol etadi. Mana shu ko‘llarning ko‘pchiligida kelajakda yana ham ko‘proq baliq o‘stirsa bo‘ladi.
Baliqlarning tarqalishi - . Hozirgi vaqtda baliqlarning 25 mingga yaqin turi (paleantologiya turlari bilan birga) ma’lum bo‘lib, 600 ga yaqin turlar chuchuk suvlarda yashaydigan o‘tkinchi baliqlar turlaridir, 70 dan ortiq turi esa O‘zbekiston suv havzalarida tarqalgan.
- Baliqlar silur davrida chuchuk suvlarda paydo bo‘lib, devon davriga o‘tib hukmron hayvonlar guruhiga aylangan. Devon davrining boshidayoq baliqlar qator tarmoqlarga bo‘linishi aniqlangan. Hozirgi vaqtgacha sinf ahamiyatiga ega bo‘lgan ikki guruh tog‘ayli baliqlar va suyakli baliqlarga ajralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |