Nazariy ma’lumot. Ma’naviy san’atlar
1. “Ilmi bade”ning ikkinchi nomi qaysi qarorda to’g’ri berilgan?
A) “Badoye us-sun” B) “Badoye us-sanoye ” C) “Ilmi qofiya ”D) “Lafziy”
2. Ma’no jihatdan o‘zaro zidlik, qarama-qarshi so‘z, fikr, rang va ma’nolarni qaysi san’at turida uchratamiz?
A) talmeh B) tarse’ C) tazod D) tanosub
3. Mazkur baytda ma’naviy san’atning qaysi turi mavjud?
Zohid, menga bir shishada may, senga namozing
Ming taqvini bir kosai mayga sota qoldim.
A) talmeh, tazod B) tazod, tajnis C) tanosub, tajnis D) tazod, tanosub
4. Baytda ma’no jihatidan bir-biriga yaqin so‘zlarning bir-birini taqozo etib kelishi qanday ataladi?
A) tajnis B) tanosib C) tazod D) tarse’
5. Quyidagi baytda qanday ma’naviy san’atlar qo‘llangan?
Vahdat mayini piri mug‘on ilkidin ichtim
Mansuri kibi boshimi dorg‘a tuta qoldim
A) tazod, tanosib, tarse’ B) tazod, tanosib, talmeh C) tarse’, tanosib, tajnis D) tazod, talmeh, tardi-aks
6. “Badoye’ us-sanoye” qaysi she’r ilmning ikkinchi nomi sanaladi?
A) lafziy B) ilmi qofiya C) ilmi aruz D) ilmi bade’
7. She’riy shaklga xos san’at qanday nomlanadi?
A) ma’naviy B) sun C) bade’ D) lafziy
8. She’rdagi vaznni tekshirish qaysi she’r ilmiga xos?
A) ilmi bade’ B) ilmi aruz C) lafziy D) ilmi qofiya
7-DARS. XONLIKLAR DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI (davomi).(314-358-betlar)
Reja:
1. Gulxaniy.
2. Hajviyot.
3. Shermuhammad Munis.
4. Amiriy.
5. Jahon Otin Uvaysiy.
6. Nodira.
Gulxaniy
1. Gulxaniy otasining vafotidan keyin kimning tarbiyasida qolgan?
A) Mir Said B) Yusuf Hamadoniy C) Xudoyqul Bahodirxon D) Shahobiddin Xiyoboniy
2. Gulxaniy xon saroyida qanday martabada faoliyat ko‘rsatgan?
A) o‘t yoquvchi B) hattotlik C) sipohiylik D) miroblik
3. Gulxaniydan bizgacha yetib kelgan ilmiy meros qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) 12 ta g‘azal, qasida, “Zarbulmasal” B) devon, “Zarbulmasal”, hikmatlar C) qasida, doston, “Zarbulmasal” D) ruboiy, qasida, “Zarbulmasal”
4. Gulxaniyning “Ko‘ngil ozurdadir dunyog‘a arzi ehtiyoj etmas” radifli g‘azali qaysi yo‘nalishda bitilgan?
A) ishqiy B) tasavvufiy C) yakpora D) diniy
5. Gulxaniyning qaysi g‘azalida dunyoga qo‘l siltagan, uning notantiligidan ko‘ngli ozor chekkan yo‘lovchi hajviyasi ifodalangan?
A) “Ko‘ngil ozurdadir dunyoga arzi ehtiyoj etmas” deb boshlanuvchi g‘azalida B) “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” deb boshlanuvchi g‘azalida C) “Lola ko‘ksidek bag‘rim tahbatah qaro qonlar” deb boshlanuvchi g‘azalida D) “Davlating borida bordin ahli olam oshno” deb boshlanuvchi g‘azalida
6. “Dili vayronadin, jono, tavaqqu qilma dog‘ingni” Ushbu misradagi tavaqqu so‘zining ma’nosini aniqlang.
A) ahd qilmoq B) yolvormoq C) umid qilish D) kechib ketmoq
7. Gulxaniy asarlarida qaysi lahjaga mansub so‘zlar ko‘proq uchraydi?
A) qipchoq B) qarluq C) o‘g‘uz D) qarluq va o‘g‘uz
8. Gulxaniy qaysi g‘azali maqta’sida dardiga iloj etmagan Iso nafasli ma’shuqadan bir oz yozg‘iradi?
A) “Lab uyur takallumg‘a, zulfini parishon qil” B) “Ko‘ngul ozurdadir dunyog‘a arzi ehtiyoj etmas” C) “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” D) “Nega muncha siyohdur kokul”
9. Gulxaniy qaysi ijodkor faoliyatidan ta’sirlangan holda ijod qilgan?
A) Turdi Farog‘iy B) Lutfiy C) Munis D) Fuzuliy
10. “Zarbulmasal” qanday yo‘sinda yozilgan?
A) hikoya ichida hikoya B) hikoya ichida rivoyat C) masal ichida hikoya D) hikoya ichida matal
11. “Zarbulmasal”dagi badiiy obrazlar necha qismga bo‘lingan?
A) 5 B) 2 C) 3 D) 4
12. “Zarbulmasal”da qaysi turdagi jonzotlar obrazlar sifatida ishtirok etgan?
A) hayvonlar va qushlar B) hayvon va hasharotlar, odamlar C) hasharotlar, hayvonlar, qushlar D) qushlar, hayvonlar va hasharotlar, odamlar
13. Quyida berilgan hikoyalardan qaysilari “Zarbulmasal”da uchraydi?
A) “Toshbaqa bilan chayon”, “Maymun bilan Najjor”, “Bo‘z to‘quvchi” B) “Maymun bilan najjor”, “Tuya bilan bo‘taloq”, “Toshbaqa bilan chayon” C) “Tuya bilan bo‘taloq”, “Shayx San’on”, “Ko‘rlar va fil” D) “Ko‘rlar va fil”, “Tuya bilan bo‘taloq”, “Toshbaqa bilan chayon”
14. “Zarbulmasal”dagi masallar nimalar tilidan hikoya qilinadi?
A) hayvonlar, qushlar B) hasharotlar C) insonlar D) donishmandlar
15. “Zarbulmasal”da “yomon otga yo‘l bitsa, yonida to‘siq boylamas, yomon yerga mol bitsa, yoniga qushni qo‘ndirmas” maqolini qaysi qush tomonidan aytilgan?
A) Boyo‘g‘li B) Kulangir C) Turumtoy D) Yapaloqqush
16. Gulxaniy qaysi tillarda ijod qilgan?
A) arab, o‘zbek B) arab, fors-tojik C) fors-tojik, o‘zbek D) arab, o‘zbek, fors-tojik
17. Muhammad Sharif yana qanday taxallusda ijod qilgan?
A) “xolis” B) “ziyrak” C) “jur’at” D) “foniy”
18. “Farg‘ona mulkida chordevor noyob ekanini arz qilib o‘tib edik,
Agar Movarounnahr tabiatidin xohlasang har qancha chordevor desang beray, balki xisht devor solayin” “Zarbulmasal”dagi ushbu jumla qaysi qahromonga tigishli?
A) Boyo‘g‘li B) Kordon C) Ko‘rqush D) Turumtoy
Do'stlaringiz bilan baham: |