Hamid Olimjon
1. H.Olimjon nazarida «eng yuksak insoniy tuyg‘u» nima?
A) muhabbat B) ishonch C) insof D) sadoqat
2. «Poyga», «She’rlar», «Baxt» kabi she’riy to‘plamlar muallifini aniqlang.
A) H.Olimjon B) Erkin Vohidov C) Mirtemir D) Shavkat Rahmon
3. «Jaloliddin Manguberdi» dramasi qachon to‘liq nashr etildi?
A) 1990- yil B) 1991- yil C) 1989- yil D) 1988- yil
4. Qaysi ijodkor «Baxt va shodlik kuychisi» nomini olgan?
A) Zulfiya B) Omon Matjon C) Saida Zunnunova D) H.Olimjon
5. «Semurg‘», «Roksananing ko‘z yoshlari» dostonlari kimning qalamiga mansub?
A) Sh.Xolmirzayev B) U.Nosir C) H.Olimjon D) O‘.Hoshimov
6. H.Olimjonning ilk she’ri qanday nomlangan?
A) Sevgi B) Ayriliq C) Kimdir D) Sog‘inch
7. H.Olimjonning ilk she’ri qaysi gazetada chop etilgan?
A) Zarafshon B) Xalq oynasi C) Oyna D) Sharq yulduzi
8. «Tong shabadasi» hikoyalar to‘plami kimning qalamiga mansub?
A) Sh.Rahmon B) O.Matjon C) Zulfiya D) H.Olimjon
9. H.Olimjonning qaysi she’ri uzoq safar taassurotlar ta’sirida yozilgan?
A) Nima bizga Amerika? B) Baxtlar vodiysi C) O‘lim yovga D) O‘rik gullaganda
10. H.Olimjon qaysi asarini yozish oldidan «Qur’on»ni o‘rganib chiqadi?
A) Muqanna B) Ofeliyaning o‘limi C) Roksananing ko‘z yoshlari D) Sevgi
11. H.Olimjonning qaysi dostonida sinfiy kurash, sotsialistik qurilish ishlari avj olgan davr tasvirlanadi?
A) Baxtlar vodiysi B) O‘lim yovga C) Temir qonun D) Nima bizga Amerika?
12. Guloyin obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) Guliston B) Bo‘ston C) Muqanna D) Oygul bilan Baxtiyor
13. Qaysi ijodkor «Muqanna» spektakliga yozgan taqrizida Guloyinni jahon adabiyotining Laurensiya, Neston-Darijon obrazlariga qiyos qilgan?
A) K.Yashin B) H.Olimjon C) M.Shayxzoda D) O.Sharafiddinov
14. H.Olimjonning «Ofeliyaning o‘limi» she’ri qanday munosabat bilan yozilgan?
A) O‘zbek Milliy teatri sahnasida «Qirol Lir» spektaklining qo‘yilishi munosabati bilan B) rafiqasi Zulfiyaxonimga nisbatan muhabbati tasviri C) Olis yo‘llik safari taassurotlari asosida D) O‘zbek Milliy teatri sahnasida «Hamlet» spektaklining qo‘yilishi munosabat bilan
15. H.Olimjonning adabiy merosi she’riyatdan tashqari, yana qanday janrlarni qamrab oladi?
A), she’riyat ocherk, hikoya B) hikoya, komediya, pyesa C) pyesa, tragediya, tanqidiy maqola D) she’riyat, ocherk, pyesa
16. H.Olimjonning «Jinoyat» asari qaysi janrda yozilgan?
A) dramaB) pyesa C) komediya D) satira
Do'stlaringiz bilan baham: |