15. Qaysi javobda quyidagi qo‘shma gapning
turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Siz o‘z xalqingiz, Vataningiz, millatingizning ko‘z
qarog‘larisiz, ammo tanbal, daqqi, bezori kishi
ma’naviy nogiron degan so‘z.
A) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
B) bog‘langan qo‘shma gap
C) qo‘shma gap emas, sodda gap
D) ergashgan qo‘shma gap
16. Javoblarda keltirilgan ma’nodosh so‘zlar
orasidan “odam va boshqa jonivorlar, hatto
o‘simliklar qabul qiladigan ovqat ma’nosini
bildiradigan” so‘zni toping.
A) ovqat
B) taom
C) oziq
D) xo‘rak
17. Vatan! Taqdiringning toshi bemiqdor,
Aytgin, fido bo‘lay qaysi bir toshga?
Birovning do‘stlar-u xorijlari bor,
Mening hech kimim yo‘q − o‘zingdan boshqa
Ushbu she’riy parchada olmoshning necha
turi ishtirok etgan?
A) 4 B) 5 C) 3 D) 6
Do'stlaringiz bilan baham: |