Ona tili va adabiyot
1. Omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan quyidagi qaysi
so‘zlar omonim asosga omonim qo‘shimcha
qo‘shilishidan hosil qilingan?
1) terma, 2) bo‘g‘ma, 3) kechik, 4) tilim
A) faqat 3
B) 3, 4
C) 1, 2, 3, 4
D) 1, 3
2. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida faqat
lablanmagan unlilar ishtirok etgan?
A) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi.
B) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi.
C) To‘p-to‘p ko‘k koptok, har bir to‘pda ko‘p koptok.
D) Hali Vali, Soli sholi o‘rdi.
Do'stlaringiz bilan baham: