Mustahab bo‘lgan namoz vaqtlari
1. Erkaklar uchun bomdod namozini so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qish.
2. Peshin namozini yoz paytida jazirama issiq yo‘qolgunigacha kechiktirish, qish paytida esa tezroq o‘qish, faqat havo bulutli bo‘lganida biroz kechiktirish.
3. Asr namozini, quyoshga qaralsa, ko‘z qamashmaydigan paytdan biroz avvalgi vaqtgacha kechiktirish, lekin havo bulutli kunlarda tezroq o‘qish.
4. Shom namozini havo ochiq kunlarda tezroq (vaqt avvalida), havo bulutli kunlarda biroz kechiktirib o‘qish.
5. Xufton namozini tunning uchdan bir qismi o‘tgunigacha kechiktirish, havo bulut kunlari tezroq o‘qish. Uyg‘onishiga ishonganlarning vitr namozini tunning so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qishi. Bu hukmlar soati bo‘lmaganlar uchundir.
Ikki farz namozning birga (jam’) o‘qilishi
Ikki farz namozni bir vaqtda o‘qish (ya’ni, jam’ qilish) uzr tufayli bo‘lsa ham, joiz emas. Faqat Arafot-da ihromda bo‘lish va hojilar rahbari yoki uning vakiliga iqtido qilish sharti bilan peshin, asr namozlari peshin vaqti ichida, Muzdalifada esa shom va xufton namozlari xufton vaqti ichida jam’ qilib o‘qiladi, Muzdalifaga ketayotib, yo‘lda shom namozini o‘qish joiz emas.
Mustahab bo‘lgan namoz vaqtlari
1. Erkaklar uchun bomdod namozini so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qish.
2. Peshin namozini yoz paytida jazirama issiq yo‘qolgunigacha kechiktirish, qish paytida esa tezroq o‘qish, faqat havo bulutli bo‘lganida biroz kechiktirish.
3. Asr namozini, quyoshga qaralsa, ko‘z qamashmaydigan paytdan biroz avvalgi vaqtgacha kechiktirish, lekin havo bulutli kunlarda tezroq o‘qish.
4. Shom namozini havo ochiq kunlarda tezroq (vaqt avvalida), havo bulutli kunlarda biroz kechiktirib o‘qish.
5. Xufton namozini tunning uchdan bir qismi o‘tguniga-cha kechiktirish, havo bulut kunlari tezroq o‘qish. Uyg‘onishiga ishonganlarning vitr namozini tunning so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qishi. Bu hukmlar soati bo‘lmaganlar uchundir.
Namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar
Quyidagi uch vaqgda na farz va na bu vaqtlar kirmasidan avval zimmaga vojib bo‘lgan namozlarni o‘qish joiz emas.
1. Quyosh chiqishidan boshlab, ko‘tarilgunigacha bo‘lgan vaqtda.
2. Quyosh tik ko‘tarilib (qiyomga kelib), g‘arb sari mayl qilgunigacha bo‘lgan vaktda.
3. Quyosh sarg‘aygan paytdan boshlab, botishigacha bo‘lgan vaqtda.
Faqat quyosh botayotgan paytda o‘qilayotgan asr namozish tamomlash, shu vaqtda o‘qilgan oyatlarning tilovat sajda sini qilish hamda hozir bo‘lgan mayitning janoza namozini o‘qish karohat bilan joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |