"Ekzopsixika" esa o’z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab oladi. Tabiiy omilga (asosga) ega bo’lgan "endopsixika" biologik shart-haroitlarga bog’liqdir, aksincha, "ekzopsixika" ijtimoiy voqeliklar ta'siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi. - "Ekzopsixika" esa o’z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab oladi. Tabiiy omilga (asosga) ega bo’lgan "endopsixika" biologik shart-haroitlarga bog’liqdir, aksincha, "ekzopsixika" ijtimoiy voqeliklar ta'siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi.
- "Endopsixika" o’z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo’r berish xislatlarini, ixtiyorsiz (ideomotor) harakatlarini va shu kabi fazilatlarini aks ettiradi. "Ekzopsixika" esa o’z tarkibiga xos munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, ustanovkalari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallangan bilimlarni qamraydi.
Psixologiya fanida keskin qayta qurish jadal sur'atlar bilan davom etayotgan bir davrda yuqorida tahlil qilingan qo’sh (ikki) omillik konsepsiyasiga qanday munosabatda bo’lish maqsadga muvofiq? - Psixologiya fanida keskin qayta qurish jadal sur'atlar bilan davom etayotgan bir davrda yuqorida tahlil qilingan qo’sh (ikki) omillik konsepsiyasiga qanday munosabatda bo’lish maqsadga muvofiq?
- Jumladan, dialektik materializm darg’alarining iborasi bilan aytganda, inson shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan iborat, bu ifodaga o’ta keskin e'tiroz bildirishga hojat yo’q. Chunki shaxs ijtimoiy mavjudod bo’lganligi (mikromuhit mahsuli ekanligi tan olinmasa-da) uchun unda tabiiy- biologik tuzilish alomatlari saqlanib qolishi tabiiy holdir. Masalan, shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy (sosial) omillarni birlamchi deb e'tirof qilish muammoning bir tomoni (ularni hisobga olish, albatta zarur), lekin ikkinchi tomoni ularning o’zaro munosabatlarini qay tarzda tushunishda o’z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |