10-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 14-mavzu
1918 – 1939-yillarda Afrika mamlakatlari
Bu hudud doim Yaqin Sharqqa intilib yashaydi va shu bilan Afrikaning qolgan qismidan farq qiladi. Shimoliy Afrikada Misr, Jazoir, Tunis, Marokash, Liviya joylashgan.
Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq xaritasi.
Misr.
1922-yili Buyuk Britaniya Misr ustidan o‘z protektoratini bekor qilib, uning to‘liq mustaqilligini tan oldi. 1923-yili qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra, Misr monarxiya deb e’lon qilindi.
1941-yili Misr hududiga Germaniya va Italiya qo‘shinlari kiritildi.
Jazoir, Tunis va Marokash Fransiyaning mustamlakalari bo‘lib, Birinchi jahon urushidan keyin ham shu holat saqlanib qoldi.
Liviya.
Birinchi jahon urushidan keyin Italiya Liviyaga ko‘p ming kishilik qo‘shin kiritdi. Liviya qarshilik harakati otryadlari Italiya qo‘shinlariga qarshi kurash olib bordi.
1931-yili qarshilik harakati bostirilib, uning rahbarlari qatl qilindi. Liviya Italiyaning mustamlakasiga aylantirildi.
Tropik Afrika.
Yaqingacha ko‘pchilik yevropaliklar Afrika tarixini nazar-pisand qilmasdan, bu tarix umuman bo‘lmagan deb hisoblardi. XX asrning boshlarigacha Afrika tarixi yevropaliklar nazarida faqat qul savdosi va iqtisodiy talonchilik bilan bog‘liq edi.
1926-yili Millatlar Ligasi tomonidan qabul qilingan «Qullik haqida» konvensiyada qullik va qul savdosiga ta’rif berilib, ular qoralandi.
Fransiya Afrika qit’asining katta hududini egallab olgan bo‘lsada, Fransiya mustamlakalarining asosiy qismi G‘arbiy va Ekvatorial Afrikada joylashgan va ancha qismi Sahroyi Kabirga to‘g‘ri kelardi.
1920-yili Afrikada birinchi siyosiy partiya – Afrika Milliy kongressi (AMK) tashkil topdi. Shundan so‘ng qit’aning barcha hududlarida partiyalar va kasaba uyushmalariga o‘xshash tashkilotlar paydo bo‘ladi.
Afrika xalqlarining siyosiy faollashuvida Panafrika kongresslari katta rol o‘ynadi.
Panafrika harakatining ko‘zga ko‘ringan arboblari, panafrikanizm ning «ota»lari Uilyam Dyubua va Markus Garvi edi. Uilyam Dyubua.
1930-yillarning ikkinchi yarmidan Afrikada iqtisodiy rivojlanish sur’atlari jadallashdi. Ayni paytda mahalliy aholini majburiy mehnatga jalb qilish tartibga solindi.
Markus Garvi.
1939-yili Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan urush ishtirokchilarining rejalarida Afrika muhim strategik ahamiyat kasb etdi.