AQSH soliq tizimi va O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining solishtirma tahlili.
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi 2 pog’onali:
1. Umumdavlat soliqlari;
2. Mahalliy soliqlar va yig’imlar.
Yuqorida ko’rganimizdek AQSH soliq tizimi uch pog’onali, ya’ni:
1. Federal soliqlari;
2. Shtat soliqlari;
3. Shahar soliqlari.
Respublikamiz umumdavlat soliqlariga asosan doimiy tushumga ega bo’lgan va byudjedga muhim o’rin tutadigan soliqlar yo’naltiriladi. Bularga: jismoniy shaxslar daromadiga soliq, yuridik shaxs daromadiga soliq, aksiz solig’i, QQS, davlat boji, bojxona boji va boshqa so liqlar kiradi.
AQSH federal budjet soliqlarida esa asosan to’g’ri soliqlar hissasi ko’proq to’g’ri keladi.
Ikki davlat uchun o’xshashlik jihati har ikkala budjetga ham muhim ahamiyatga molik bo’lgan soliqlar yo’naltiriladi. Farqli jihati esa O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida hozirgi kunda egri soliqlar hissasi ko’proq, shu sababli egri soliqlar ham umumdavlat soliqlarida muhim ahamiyatga ega, AQSH federal budjetida esa egri soliqlar deyarli yo’q, chunki mamlakat budjetida egri soliqlarning hissasi kam bo’lib AQSH 251 federal budjetiga jismoniy shaxslar daromad solig’idan keyin ikkinchi o’rinda (budjetdagi salmog’i bo’yicha) ijtimoiy sug’urta ajratmalari va korporatsiyalar daromadiga soliq kiradi.
AQSHda korporatsiya budjetiga soliqlarni federal budjetdan tashqari shtat soliqlari tarkibiga ham kiritiladi.
Respublikamiz soliq tizimining ikkinchi pog’onasi mahalliy soliqlar va yig’imlardir.
Mahalliy soliqlar mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to’liq biriktirib berilgan. Mahalliy hukumatlar asosan ijtimoiy masalalarni: maktab, sog’liqni saqlash, madaniyat, maorif, shaharlar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Mahalliy budjetini (soliqlarning) muhim xususiyati shundaki, ular faqat shu hududning budjetiga tushadi. Boshqa budjetlarga ajratmalar berilmaydi.
AQSH mahalliy soliqlari asosan: ijtimoiy ta’minot, yo’l qurilishi, sog’liqni-saqlash, xalq ta’limi mahalliy soliqlarga kiradi. Respublikamiz mahalliy soliqlariga esa: mol-mulk solig’i, yer solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun soliq kiradi.
Amerika Qo’shma Shtatlarida qimmatli qog’ozlar bozori ancha rivojlangan va bu tizimdan ham juda katta daromad olish imkoniyati mavjudligi tufayli mamlakat budjetiga ushbu operatsiyalardan ham ma’lum miqdorda soliq tushumlari tushadi.
Respublikamiz hududida esa aksincha, ya’ni qimmatli qog’ozlar bozori hali to’liq shakllanmaganligi sababli ham soliq tushumlari kam. Respublikamiz soliq tizimida ham yanada bu bozorni rivojlantirish maqsadida ushbu operatsiyalardan, ya’ni qimmatli qog’ozlar operatsiyasidan daromad oluvchi yuridik shaxslarga soliqlardan imtiyoz berilgan.
Amerika Qo’shma Shtatlarida kompaniyalar va korporatsiyalarning soliq bazasidan ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba-konstruktorlik ishlariga harajatlar butunlay, uskunalarni zamonaviylashtirishga harajatlar qisman chiqarib tashlanishi mumkin. Uncha katta bo’lmagan kompaniyalarga, ya’ni kichik biznesga maxsus imtiyozlar beriladi.
Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlarida yillik daromadi 75 ming dollargacha bo’lgan kompaniyalarga yil davomida qiymati 10 ming dollargacha bo’lgan (kompaniyalarga yil davomida) yangi uskunani to’liq hisobdan chiqarish huquqi beriladi. Kichik biznes uchun Amerikada, shuningdek, foyda solig’i uchun imtiyozli progressiv stavkalar belgilangan.
Respublikamiz misolida ko’radigan bo’lsak, hozirgi kunda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes uchun juda ahamiyatga molik ishlar amalga 252 oshirilmoqda. Ularga nisbatan bir muncha engilliklar, imtiyozlar berilgan. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi joriy qilingan.
Ikki davlatning yana bir e’tiborga molik bo’lgan soliq va soliqsiz to’lovlaridan biri bu bojxona bojlaridir. Amerika Qo’shma shtatlarida iqtisodiyot ancha rivojlanganligi sababli mamlakat ichki bozori o’z ishlab chiqargan mahsulotlari bilan ta’minlangan. Shu qatori eksport ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Shu sababli ham mamlakatga import qiluvchi tovarlar uchun bojxonada rasmiylashtirish uchun bojxona va davlat bojlari nisbatan yuqori emas.
Respublikamizda esa ishlab chiqarish hali to’liq rivojlanmaganligi sababli o’z ichki bozoridagi ishlab chiqarilgan mahsulotlarni himoya qilish va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida chetdan kelayotgan import tovarlar uchun soliqlar va bojlar yuqori stavkada qo’llaniladi. Aksiz solig’i (aksiz markalari) mahsulotini ikki barobar narxga ko’tarilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |