64
3.2. Mikrotoponimlarning strukturasi va modellari
Toponimlarning tuzilishiga ko’ra turlari, toponimik modelь tiplari o’zbek
tilShunosligidagi toponimik tadqiqotlar doirasida N. Oxunov, Z. Do’simov, T.
Nafasov, L. G. Karimovalarning ishlarida o’rganilgan.
1
Mazkur tadqiqotlarda
toponimlarning morfologik tuzilishiga ko’ra turlari talqini borasida bir necha
xil qarashlar kuzatiladi
.
Z. Do’simov toponimlarning tuzilishiga ko’ra tasnifini struktural-
tipologik tasnif deb ataydi va bu jihatdan toponimlarni quyidagicha
guruhlaydi:
1. Affikssiz toponimlar va tub nomlar.
2. Affiksal toponimlar yoki yasama nomlar..
3. Prefiksal toponimlar.
4. Indikatorli toponimlar yoki toponim-kompozitlar.
Muallif izohicha, bunday nomlar o’ziga ob’ekt yoki uning biror
xususiyatini ko’rsatuvchi toponimik indikatorlarni birlashtirgan holda keladi:
Bekobod, Uzunko’l, O’rta Chirchiq kabi. Uningcha, bu guruhga tojikcha izofali
nomlarni ham kiritish mumkin: Shahrisabz, Denov (Dehinav), Kitob (Kifti ob)
kabi.
5. Birikmali toponimlar.
Z. Do’simov ko’rsatishicha, bunday nomlar butun turkiy tillarga xos
bo’lib, ob’ekt haqidagi biror hodisani yoki uning xususiyatini ifodalaydi:
Qo’yqirilgan qal’a, Odam o’lgan ko’l, Qizketgan (kanal) va h.k.
2
1
Охунов Н. Қўқон группа районлари топонимиясининг баъзи грамматик хусусиятлари // Ўзбек тили ва
адабиёти масалалари. – Тошкент: Фан, 1971. – С. 116-122; – Ўша муаллифлар. Қўшма топонимлар //
Адабиётшунослик ва тилшунослик масалалари. – Тошкент, 1975. – С. 212-218; Дўсимов З. Хоразм
топонимлари. – Тошкент: Фан, 1985. – Б. 43-59; Нафасов Т. Сон+от конструкцияли топонимлар // Қарши
Давлат педагогика институти профессор-ўқитувчилари илмий конференциясининг тезислари. – Қарши,
1967. – Б. 65-66; Каримова Г.Г. Топонимларнинг морфологик тузилиши (Шимолий ўзбек шевалари
материали асосида) // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1969. – № 5. – С. 80-81
2
Дўсимов З. Топонимлар таснифи масаласига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1978. – № 1. – Б.
19-20.
65
N. Uluqov fikricha, o’zbek toponimikasidagi toponimlarning morfologik
tuzilishiga doir tasniflarni yondaShuv asosi va xarakteriga ko’ra uch guruhga
ajratish mumkin:
1. Yasalish usuli va modeliga asoslangan tasniflar.
2. Yasovchi vositalar va tarkibiy tuzilishiga asoslangan tasniflar.
3. Tarkibi va tarkibidagi lug’aviy birliklarga asoslangan tasniflar.
1
Yuqoridagi
tasniflarga
asoslangan
holda
Namangan
shahri
mikrotoponimlarining tarkibiy tuzilishiga ko’ra quyidagi turlarga ajratish
maqsadga muvofiq:
1. Sodda tarkibli mikrotoponimlar.
2. Qo’shma tarkibli mikrotoponimlar.
3. Murakkab tarkibli mikrotoponimlar.
Toponimlar boshqa til birliklari kabi muayyan qoliplar asosida hosil
bo’ladi. Ana shunday qoliplar toponimik modellardir. Mikrotoponimlarning
yuqoridagi har bir turi ma’lum modellar asosida yuzaga keladi.
Sodda tarkibli mikrotoponimlarning lisoniy tarkibi birgina asosdan, ya’ni
sodda leksemadan iborat bo’ladi.
2
Sodda tarkibli mikrotoponimlarning apellyativ yoki atoqli otdan hosil
bo’lganligiga ko’ra quyidagi modellari kuzatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: