Fitotoponimlar (o’simlik va daraxt nomlari bilan atalgan joy nomlari).
Namangan shahar mikrotoponimlarning bir guruhini o’simlik va daraxt nomlari
asosida yaratilgan nomlar tashkil etadi. Masalan, Majnuntol MFY, Chinor MFY,
Lolazor ko’chasi, Anorzor ko’chasi, Gulzor ko’chasi, Olmazor ko’chasi, Olvalizor
ko’chasi, Jiydakapa ko’chasi, Yong’oqzor ko’chasi, Buramatut ko’chasi kabi.
Keltirilgan
fitotoponimlardan
ko’rinadiki,
Namangan
shahar
mikrotoponimiyasida manzarali va mevali daraxt nomlari bilan atalgan turarjoy
nomlari salmoqli o’rin tutadi. Ayrim fitooykonimlar tarkibida o’simlik va
daraxtlarning sanog’ini, miqdorini, xarakterli belgi-xususiyatlarini ifodalovchi
so’zlar ham kuzatiladi: Yakkasada, Buramatut kabi.
1
Қаранг. Улуқов Н. Шимолий Фарғона гидротопонимлари // Ўзбек филологиясининг долзарб масалалари.
Республика илмий-назарий анжумани материаллари.– Наманган, 2006. – Б.231-235.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |