ilk yozma manba muallifi noma’lum “Hudud ul-olam” (X asr) asaridir.
al-aqolim” (“Iqlimlarni o’rganish uchun eng yaxshi qo’llanma”) nomli asarida
Бу ҳақида қаранг. Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. – Тошкент: Ўқитувчи, 2001. – Б.122-123
8
Muallifi noma’lum ilmiy manbalarda qisqacha “Hudud ul-olam” shaklida
tanilgan “Kitob hudud ul-olam min al-mashriq ila-l-mag’rib” (982-983) asari ham
Namangan viloyati toponimiyasining tarixiy manbalaridan biri hisoblanadi.
1
Asarda viloyat toponimiyasiga mansub Xatlom (hozirgi Norin) daryosi, Bob
(hozirgi Pop),
Axsikat (hozirgi Axsi) kabi tarixiy toponimlar kuzatiladi. Kitobning
“Daryolar haqida so’z” nomli qismida Xatlom daryosiga quyidagicha izoh beriladi.
“Yana biri Xatlom daryosi. Moniso tog’idan, Xallux va Yag’mo o’rtasidagi
chegaradan boshlanadi. Xatlom shahridan oqib o’tib, Bob yaqinigacha boradi va
O’zgand daryosiga quyiladi”.
2
Bu o’rinda keltirilgan Bob – hozirgi Pop shahri, Pop
tumanining markazi. Shuningdek, kitobning boshqa o’rinida mazkur shaharga oid
quyidagi qayd kuzatiladi: “Kasho’kas, Pob – ikkita obod shaharcha, ekinzorlari
ko’p.
Mazkur shaharlar barchasi Farg’ona nohiyatiga mansub”.
3
Bu ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Demak, mazkur manbada hozirgi
Pop oykonimi
Bob, Pob kabi variantlarda uchraydi.
Risolaning “Movarounnahr nohiyati va undagi shaharlar haqida so’z”
qismida hozirgi Axsikent oykonimi Axsikat shaklida berilib, quyidagicha
izohlangan:
“Axsikat – Farg’onaning qasabasi, amir va mas’ul a’yonlarning qarorgohi
erur; katta Shahar, Xashart daryosi bo’yida joylashgan; tog’ etagida”.
4
Xashart
aynan hozirgi Sirdaryo.
Kitobni X asrda yozilganligini e’tiborga olinsa, Namangan viloyati
toponimiyasiga mansub Pop, Axsi oykonimlarining qadimiyligi, tarixiyligi
anglashiladi.
Boburning “Boburnoma” asarida Axsi (Axsikat), Arxiyon (hozirgi Ayqiron),
Koson (hozirgi Kosonsoy shahri), Sang, Gunbazi Chaman, Karnon, G’avo (hozirgi
G’ova), Pop, Navkand (hozirgi Navkent), Poshxoron // Bishxoron (hozirgi
Peshqo’rg’on), Norin kabi oykonimlar keltirilgan. Mazkur asar viloyat
1
Ҳудуд ул-олам. – Тошкент: O’zbekiston, 2008. – 64-б.
2
Ўша асар, 9-б.
3
Ўша асар, 16-б.
4
Ўша асар, 15-б.
9
toponimiyasiga oid ayrim oykonimlarning tarixiy shakllarini, etimologiyasini
o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
1
Ibratning «Farg’ona tarixi» asari Namangan viloyati oykonimlariga oid
tarixiy manbalardan biridir. Biz quyida u haqida batafsil fikr yuritamiz.
Namangan viloyati hududi eng qadimgi aholi yashagan va joylashgan
maskanlardan biri hisoblanadi.
Aholining o’troq hayot kechirishi va dastlabki sug’orma dehqonchilik
to’g’risidagi ma’lumotlar e.a. VI-VII asrlarga borib taqaladi. Bu vaqtlarda
Farg’ona vodiysida siyosiy-ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markaz rolini Koson
shahri (hozirgi Kosonsoy ) o’ynagan. Eramizning birinchi asridan boshlab
Farg’ona Buyuk Kushon imperiyasi tarkibiga kirgan va uning markazi Koson
shahri bo’lgan.
Rus istilolari va sho’rolar davrida ham viloyat chegaralari, tumanlari soni bir
necha bor o’zgargan. Jumladan, 1920-yillardagi ma’lumotlarga ko’ra, viloyatda
uezd, pristavlik, volostь, qishloq va ovul jamoalari bo’lgan. Namangan uezdi
Farg’ona viloyati tarkibidagi muhim ahamiyatga ega hudud hisoblanib, 1925 yilgi
ma’lumotlarga qaraganda quyidagi volostlar (bo’lislar)ni o’z ichiga olgan: Olmos,
Do'stlaringiz bilan baham: