Sardoba Namangan shahridagi qadimiy mahallalardan biri.
Sardoba aslida
ilmiy manbalarda izohlanishicha, sun’iy suv inshootidir. Sardoba so’zi fors-
tojikcha bo’lib, «sovuq», «muzdek», «salqin» ma’nolarini anglatuvchi sard
so’ziga suv ma’nosidagi ob so’zini va unga narsa-predmet oti yasovchi -a
qo’shimchasining qo’shiluvidan yasalgan: sard+ob+a > sardoba. O’zbek tilidagi
lug’atlarda sardoba «usti gumbaz shaklidagi g’isht qurilma bilan berkitilgan sun’iy
hovuz» deya izohlangan.
1
E.M.Murzaev ko’rsatishicha, u xuddi shunday ma’nolarda sardoba,
sardob(a) shakllarida tojik, turkman tillarida ham qo’llanadi: Tojikistondagi
Sardobsoy, Sardob, Turkmanistondagi Chagan-Sardoba, Rossiyaning Penza
viloyatidagi Serdobsk, Serdoba, Malaya Serdoba toponim va gidronimlari kabi.
2
Sardoba indikatori Mirzasardoba (Sir. v. Oqoltin t.), Yog’ochli sardoba (Sir. v.)
kabi tarixiy gidronimlar tarkibida kuzatiladi. Mazkur qadimiy gidronimlar Sirdaryo
tarixi haqida guvohlik beruvchi yodgorliklardir.
O’tmishda suv tanqis bo’lgan, oqar suvi bo’lmagan joylarda yomg’ir va qor
suvlarini to’plash uchun yerni chuqur qilib qazib, ba’zan ostiga pishiq g’isht, tosh
terib, atrofi maxsus devor bilan o’ralgan, ko’pincha usti, ya’ni og’zi maxsus
moslamalar bilan yopilgan, suv oqib tushishiga moslangan maxsus teshiklari
(mo’risi) bo’lgan va suvidan foydalanish uchun odam kirib chiqishiga moslangan
eshigi hamda zinasi bo’lgan gumbaz shaklidagi suv havzasi sardoba deb atalgan.
3
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Москва: Рус тили, 1981. – II т. – Б. 22.
2
Мурзаев Э.М. Юқорида кўрсатилган луғат, 497-бет.
3
Нафасов Т. Ўзбекистон топонимларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1988. – Б. 165.
59
Namangan shahri markazida ham qadimda sardoba bo’lgan. Ibratning
«Farg’ona tarixi» asarining «Tarixi Namangon» bobida bu haqida quyidagicha
ma’lumot beriladi: «...Buxoro xonlarindan Abdullohxon bu Farg’ona taraflariga
kelib, har yerga goh sardobalar kavlab, saqqoyi mo’’mininga chohlarni tepasiga
gumbazlar qilib, ko’b xalqg’a naflik ishlarni qilgan xon ekan. Ul kishi bul
Namangonning yeriga kelib, alholda sardoba degan madrasa bordur, // bir Chust
va bir aminlik mahalladur, ul yerga tushub, darhol sardoba kavlatib, necha kunlar
tutub, bir tarafi daryo va bir taraf tog’ havosi yaxshi uchun bu yerga bir shahar
bino qilmoq bo’lub o’z ichlaridan bir og’oliq mansabida turgan kishini amr qilib,
shahar qilmoq bo’lganda, o’shal yerning daryo tarafi butun sho’r ko’l bo’lub
yotgan tuz ekan...».
Olim boshqa bir o’rinda: «Namangan tarixi Abdullohxon tarixidur.
Abdullohxonni tarixi «zamona xarob»dur, ya’ni to’qqiz yuz oltinchi hijriyda
bo’lubdur. Bu Namangan to’rt mahalla bo’lub, birinchi mahalla Sardoba
mahallasidurki, avvali Abdulloh sardoba bino qilgan yeridur», – deb yozadi.
1
Ibratning ko’rsatishicha, Namangan shahri tarixi Buxoro xoni Abdullohxon tarixi
bilan boshlangan. U hozirgi Namangan shahriga kelib, hijriy taqvimga ko’ra 906
yilda, milodiy sana bilan 1500 yillarda sardoba qurdirgan, biroq bu sardoba
bizgacha yetib kelmagan, buzib yuborilgan. Ana shu sardobaga nisbat berib, uning
atrofidagi Namanganning eng katta to’rt mahallasidan biri Sardoba va shu joydagi
madrasa (hozirda masjid) Sardoba deb atalgan. Bu nom hozirgacha qo’llanib
kelinmoqda. Demak, Namangan shahrining Sardoba mahallasi 500 yildan ortiq
tarixga ega bo’lib, hudud uchun xarakterli bo’lgan suv inshootiga nisbat berish
asosida nomlangan. Shu boisdan gidrooykonimlar sirasiga kiradi.
Hozirda shu hududda barpo etilgan, Namangan shahridagi eng katta bozorga
ham Sardoba nomi berilgan. Namangan shevasida Sardoba gidrooykonimining
Do'stlaringiz bilan baham: |