2. Konsentrlangan eritmani suyultirish. Konsentrlangan sulfat H2SO4 kislotadan 100 ml 0.5 M eritma tayyorlash.
Jadval yordamida H2SO4 ni solishtirma og’irligini aniqlang. Eritma tayyorlash uchun kerak bo’lgan kislotaning og’irligini hisoblab topib uni hajmiy miqdoriga aylantiring.
100 ml li o’lchov kolbasining yarmigacha suv quyib ustiga hisoblangan hajmdagi kislotani o’lchov silindrida o’lchab voronka yordamida qo’ying. O’lchov silindrida qolgan kislota yuqini distillangan suvda chayib o’lchov kolbasiga qo’ying va yaxshilab aralashtiring. So’ng o’lchov kolbasini belgisigacha distillangan suv qo’ying. Tayyorlangan eritmani solishtirma og’rligini areometr yordamida aniqlang.
Eritmaning foiz va normal konsentrasiyasini hisoblang.