II. Molyar va normal konsentratsiyali eritmalarni tayyorlash
1. Kristallgidratni suvda eritish
CuSO4·5H2O ni suvda eritib mis sulfatning 0,5 n eritmasidan 100ml tayyorlang. 0,5 n li 100 ml eritma tayyorlash uchun qancha CuSO4·5H2O kerakligini hisoblab toping. Og’irligi ma’lum bo’lgan stakanga CuSO4·5H2O solib analitik tarozida uni hisoblangan miqdorini 0,01 g aniqlik bilan tortib oling. Tortib olingan tuzni ozgina suvda eritib 100 ml li o’lchov kolbasiga voronka yordamida qo’ying. Voronkada qolgan eritmani distillangan suv bilan yaxshilab yuvib tushiring. Kolbani belgisigacha suv qo’ying. Tayyorlangan eritmani solishtirma og’irligini Areometr yordamida aniqlang. Eritmani molyar va foiz konsentrasiyasini hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |