Adabiyoti
Namangan qadimdan xalq ogʻzaki ijodining deyarli barcha janrlariga boy oʻlkadir. Shu diyorda
yaratilgan va keng tarqalgan ogʻzaki ijod namunalarini xalq qoʻshiqchilari, ertakchilari hozirgi
kungacha saqlab kelganlar. Ulardan yozib olingan qoʻshiqlar, termalar, asotirlar, rivoyatlar va
ertaklar bir qancha toʻplamlarga kiritilgan. Yangiqoʻrgʻon, Chortoq, Uchqoʻrgʻon, Norin,
Namangan va boshqa tumanlarda xalq dostonchilik maktablari davom etgan. Uchqoʻrgʻonlik
dostonchilardan 20-asrning 20-yillaridayoq "Yozi bilan Zebo" dostoni yozib olinib, keyinchalik
nashr qilingan.
Yozma adabiyot Namanganda koʻhna asrlardan boshlab rivojlanib keldi. Bu oʻlka oʻz ijodiy uslubi,
ovozi va soziga ega boʻlgan bir qancha isteʼdod egalarining vatanidir. Qad. Axsikent shahrida 11
– 12-asrlarda soʻz sanʼatining bir qancha yirik namoyandalari kamol top-dilar. Markazi Axsikent
boʻlgan Namangan adabiy muhiti shakllanib taraqqiy eta boradi. Abu Rashid-Ahmad Axsikatiy,
Abul Vafo Axsikatiylar oʻz davrining yetuk adib va olimlari edi. Yirik isteʼdod egasi Asiriddin
Axsikatiy malik ush-shuaro va amiri shuaro unvonlariga sazovor boʻldi. Oʻzbek mumtoz
adabiyotining namoyandasi Boborahim Mashrab shu oʻlkada voyaga yetdi. 18-asr oxiri – 19-asr
1-yarmidagi adabiyotning koʻzga koʻringan vakillari malik ush-shuaro Fazliy hamda Nodir, Gʻoziy,
Majzub, Munshiy, Muxlis, Maxzun va boshqa oʻzbek adabiyoti xazinasiga salmoqli hissa
qoʻshdilar. 19-asrning 2-yarmida Nodim, Shavqiy, Ibrat, Hayrat, Xilvatiy va boshqa shoirlardan
iborat ijodkorlar guruhi Namanganda eʼtiborli bir adabiy muhitni vujudga keltirdi. Bu muhitda ijodiy
kamolotga erishgan Muhammadsharif Soʻfizoda Oʻzbekiston soʻz sanʼatkorlari orasida birinchi
boʻlib xalq shoiri faxriy unvonini oldi. Ishoqxon Ibrat va Muhammadsharif Sufizoda 20-asr
boshlarida jadidchilik, milliy uygʻonish harakatining yetuk va-killari sifatida faoliyat kursatdilar.
Ular uz sheʼrlarida xalqni gʻaflat va qoloklikdan chiqarish, millat ongini uygotish uchun ilm
maʼrifat zarurligini tashviq qildilar. Shoir Rafiq Moʻmin 20-asr 20-yillar sheʼriyatida erk va haqiqat
kuychisi boʻlib tanildi. Benazir isteʼdod egasi Usmon Nosir oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalaridan edi. Zafar Diyor bolalarning sevimli shoiri bulib qoldi. Yuldosh Shamsharov, Parda
Tursun oʻzbek nasri taraqqiyotida uz urinlariga ega boʻldilar. Chustiy, Shoʻxiy oʻz sheʼrlari bilan el
orasida tanildi.
20-asrning 2-yarmidagi Namangan adabiy muhiti ijodkorlarga boy boʻldi. Jonrid Abdullaxonov,
Turgʻun Poʻlat, Nuriddin Boboxoʻjayev, Husniddin Sharipov, Habib Saʼdulla, Dadaxon Nuriy,
Ermuhammad Nurmamatov, Abdugʻani Abduvaliyev, Ahmad Tursun, Ziyoviddin Mansurov,
Rustamjon Ummatov, Abdulla Jalil, Isoqjon Nishonov va boshqalar turli janrdagi asarlari bilan
tanildilar. Shoir Habib Saʼdullaga Oʻzbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berildi. Namangan adabiy
muhiti umumoʻzbek adabiyotining ajralmas, tarkibiy qismi sifatida rivoj topmoqda.
Namangan viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalarining (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar,
jurnalistlar va boshqalar) viloyat boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |