Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Daftaringizga jahon dinlarining nomlarini qayd eting.
Jahon dinlariga qanday xususiyatlar xos?
Daftaringizga milliy dinlarning nomlarini ham qayd eting.
Milliy dinlarda qanday xususiyatlar mavjud?
Islom dinining kelib chiqish tarixini o’rganish
«Dinlar tengligi» degan iboraning mazmunini izohlab bering.
III..Yangi mavzu ba`yoni.
1. ISLOM DINI TA’LIMOTI VA BAYRAMLARI
Islom dini ta’limotiga ko‘ra, Alloh barcha jonli va jonsiz narsalarning, butun koinotning yaratuvchisi hisoblanadi. U hech kimga o‘xshamaydi va hech narsani u bilan tenglashtirish mumkin emas. Insonlar Alloh yaratgan maxluqotlarning eng buyugidir. Alloh odamzotni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun o‘z elchilari — payg‘ambarlarni yuborib turgan. Manbalarda payg‘ambarlarning soni 124 ming nafar bo‘lgani qayd etiladi. Muhammad (s.a.v.) avvalgi payg‘ambarlar ishini davom ettirgan, sof e’tiqodni tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar (Xotam al-anbiyo) deb tan olinadi.
Islom dinining asosiy bayramlari — bu hijriy yil hisobida Shavvol oyining birinchi kunida nishonlanadigan Ramazon hayiti hamda undan 70 kundan so‘ng nishonlanadigan Qurbon hayitidir. Ikki hayit ham O‘zbekistonda rasman bayram deb e’lon qilingan. Bu kunlarda qariyalar, qarindoshlarni ziyorat qilish, bolalarga hayitlik sovg‘alar, shirinliklar berish urf hisoblanadi. Hayit bayrami insonlar orasida mehr-muhabbat, muruvvat tuyg‘ularining shakllanishiga yordam beradi. Masalan, Ramazon hayitidagi fitr sadaqasi, Qurbon hayitida qo‘y yoki qoramol so‘yib, muhtojlarga tarqatilishida Islom dinining insonparvarlik mohiyati namoyon bo‘ladi. Bu kunda musulmonlar chiroyli kiyimlarni kiyib, xushbo‘y atirlarni sepib, masjidga boradilar va hayit namozini ado etadilar.
ISLOMDAGI MAZHABLAR
VII asrning ikkinchi yarmida islomda ilk bo‘linishlar boshlandi. Xalifa Ali davriga kelib turli g‘arazli kuchlar ta’sirida bu jarayon kuchaydi. Natijada xorijiylik, shialik va sunniylik deb ataluvchi yo‘nalishlar vujudga keldi. Bugungi kunda musulmonlarning aksari sunniylik yo‘nalishidadir. VIII–IX asrlarga kelib esa sunniylik doirasida huquqiy maktablar (mazhablar) — hanafiylik, molikiylik, shofe’iylik va hanbaliylik hamda ikki aqidaviy ta’limot — ash’ariylik va moturidiylik yuzaga kelgan. azhablar shariat bilimdoni (faqih) tomonidan Qur’on va sunnat asosida ishlab chiqilgan yo‘ldir. Ular o‘z asoschilari nomi bilan atalgan. Masalan, Abu Hanifa asos solgan mazhab — hanafiylik, Molik ibn Anas asos slogan mazhab — molikiylik deb atalgan. Mavjud mazhablar asosiy masalalarda bir-birini inkor etmaydi.
Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,7 milliard musulmon aholining 92,5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bo‘yicha quyidagi nisbatda bo‘linadilar: hanafiylar — 49%, shofe’iylar — 25%, molikiylar — 17%, hanbaliylar — 1,5%.
Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa nomi bilan mashhur Nu'mon ibn Sobit Kufiy (699-767) hisoblanadi.
Ushbu mazhab o'z mohiyati, ta'limoti va qo'llagan uslubi bilan jamiyatda yuz berib turadigan har qanday savolga javob topa oladi. Bu shundan kelib chiqadiki, hanafiy mazhabi yangi vujudga kelgan diniy masalaning yechimi Qur'on va hadisda mavjud bo'lmasa, qiyos va uning eng muhim turi bo'lmish istehsonga tayanib ish olib boradi. Abu Hanifa og'ir vaziyatlarda odamlar uchun qulay sharoit yaratib berib, qiyinchiliklarini oson qilishga uringan. Abu Hanifa erkinlik tamoyilining homiysi edi, tijorat va boshqa sohalarda inson huquqi va erkinliklarini himoya qilib keldi.
Masalan, turmush qurishda erkak va ayolga teng huquq berilib, oqil va balog'atga yetgan qiz va ayollarni hech kim ularning roziligisiz nikoh qilishga majburlay olmaydi, nikoh shartnomasi qizning valiysi (ota, buva, amaki, aka, uka) bo'lmasa ham uning o'z so'zi bilan bog'lanadi.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo musulmonlarining aksari hanafiylik mazhabiga ergashadi. Ayni damda mazkur maktab Hindiston, Pokiston, Afg'oniston, Iroq, Suriya, Turkiya va qator Afrika mamlakatlarida keng tarqalgan.
IV.O'tilgan mavzuni mustahkamlash
Sunniylik nechta fiqhiy mazhabdan iborat?
2. Kalom ilmi nimani o‘rganadi?
3. Mazhablarning yangi paydo bo‘lgan firqalardan farqi nimada?
4. Sunniylikdagi to‘rt mazhabning tarqalish hududlarini xaritada ko‘rsatib bering
V.Rag`batlash.
VI.Uyga vazifa.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Din nima va din haqidagi ikki xil qarashni bir-biri bilan taqqoslang?
Dinning jamiyatdagi vazifalarini tushuntirib bering.
Din insoniyat taqdirida qanday rol o'ynagan?
Do'stlaringiz bilan baham: |