Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
1 Xristianlik cherkovining pravoslavlik va katoliklikka ajralishining sabablari nimada?
2. Xristianlikdagi bo‘linish sabablarini muhokama qiling.
3. Katoliklik va pravoslavlik ta’limotlaridagi mushtarak va farqli jihatlar haqida qiyosiy jadval qiling .
4. O‘zbekistondagi xristian diniy tashkilotlari haqida nimalarni bilasiz?
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
ISLOM DININING MARKAZIY OSIYOGA KIRIB KELISHI
O‘ZBEKISTONDA ISLOM MANBALARINING O‘RGANILISHI
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) vafotidan so‘ng u kishining eng yaqin izdoshlari Abu Bakr (632–634), Umar ibn Xattob (634-644), Usmon ibn Affon (644–656) va Ali ibn Abu Tolib (656–661) (r.a.)lar musulmonlar jamoasiga rahbarlik qildilar. Bu davr islom tarixida «Xulafoi- roshidin» (To‘g‘ri yo‘ldagi o‘rinbosarlar) davri deb ataladi.
Usmon ibn Affon (r.a.) davriga kelib musulmonlar hozirgi Turkmaniston hududlariga kirdilar. Sekin-asta arab-musulmon qo‘shinlari Xuroson va Movarounnahr hududlarini egallab, islom dinini tarqata boshladilar. Lekin arablar egallagan yerlarning aholisi bir zumda musulmonlarga aylanib qolmadi. Markaziy Osiyoda IX asr o‘rtalariga kelibgina, ya’ni Movarounnahr fathidan bir yarim asr o‘tgach, islom mahalliy aholining asosiy diniy e’tiqodiga aylandi. Markaziy Osiyoga islom dinining kirib kelishi bilan mintaqada ijtimoiy-ma’naviy soha rivojlana boshladi. O‘lkada iqtisodiy yuksalish yuz berdi, dunyoviy va diniy fanlar tez sur’atlar bilan rivojlandi. O‘zbekiston hududida islom dinining sunniylik yo‘nalishi, xususan, Hanafiy (Imom A’zam) mazhabi qaror topdi Islom dinining asosiy manbasi bo‘lgan Qur’oni karim mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab o‘zbek olimlari va din ulamolari tomonidan o‘rganila boshlandi. Chunonchi, u jadallik bilan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi.Qur’oni karimning ilk bor to‘liq ravishda zamonaviy o‘zbek tilidagi tarjimasi Alouddin Mansur tomonidan amalga oshirildi. Mazkur tarjima 1990–1992-yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida e’lon qilingan bo‘lsa, 1992-yili alohida kitob shaklida ko‘p nusxada nashr etildi.1991-yildan boshlab Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952– 2015) tomonidan yozilgan «Tafsiri Hilol» nomli tarjima-tafsirning avval 27, 28, 29, 30-poralari nashr qilindi. Aytish kerakki, ushbu tafsir zamonaviy o‘zbek tilidagi keng izohli va sharhlarga boy asarlardan biridir. Ushbu tafsir 2005-yilda olti jildda to‘liq nashr etildi, so‘ngra uning tuzatilgan va to‘ldirilgan nashri 2011–2016-yillarda olti marta qayta chop qilindi. 2013–2014-yillarda tafsirning 1 va 2-juzlari rus tiliga ham tarjima qilinib, bosmadan chiqdi. Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan amalga oshirilgan Qur'oni karim ma'nolarining tarjimasi va tafsiri «Tosh- kent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi tomonidan 2001, 2004, 2006, 2007, 2009, 2012, 2014, 2016-yillarda qayta-qayta nashr qilindi. Ushbu asarning boshqa tarjima-tafsirlardan o'ziga xosligi shundaki, unda Qur'oni karim ma'nolari arabcha matn atrofida o'zbek o'quvchisiga o'z ona tilida ravon va tushunarli qilib, kerakli izohlar bilangina cheklanib, iboralarning ta'sirchanligiga katta e'tibor bergan holda taqdim etilgan.Shamsiddinxon Boboxonov tomonidan tayyorlangan Qur'oni karimning 30-porasiga qilingan tarjima mustaqillikning dastlabki yillarida xalqimiz qo'liga yetib bordi. Unda kishilarga yaxshi tanish bo'lgan va ko'p o'qiladigan suralar borligi hisobga olinib, 30-poraning arabiy matni ham berilgan.Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo'lyozmalari markazida professor Mutallib Usmonov mas'ul muharrirligi- da Qur'oni karim o'n besh porasining («Fotiha» surasi- dan «Isro» surasigacha) akademik tarjimasi tayyorlanib nashr etilgan. Unda Qur'oni karimning nozil bo'lish davri tarixi ham qisqacha yoritilgan. Muftiy Usmonxon Alimov tomonidan ham hozirgacha Qur'oni karimning o'n besh porasi tafsir qilinib chop etildi. «Tafsiri Irfon»ning boshqa tafsirlardan ajralib turadigan xususiyatlari shundaki, unda oyatlar ma'nosi zamondoshlarimiz uchun tushunarli, sodda va ravon bo'lishiga harakat qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |