Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
O`tilgan mavzuni so`rash:
1 Yahudiylarning Markaziy Osiyoga kirib kelishi qachondan boshlangan?
2. Yahudiylarning qadimda Markaziy Osiyoda yashaganini ko‘rsatuvchi topilmalar qachon va qayerdan topilgan hamda ular qaysi davrga tegishli?
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
1. Dzen buddizm .Lamaizm
2. Neobuddizm. Mahayana
Dzen buddizm V–VI asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan mahayana yo‘nalishidagi maktab lardan biridir. Uning asoschisi afsonaviy rohib Bodxidxarma hisoblanadi. «Dzen» (lotincha – meditatsiya, fkrni jamlash, diqqat bilan mushohada qilish) buddizmning asosiy xususiyatlari shundaki, unda nazariyadan ko‘ra amaliyotga, diniy o‘git va qonun-qoidalarni yodlash o‘rniga mushohada qilishga alohida e’tibor berilgan. Dzen buddistlar jismoniy mehnat qilish, san’at turi bilan shug‘ullanishga katta ahamiyat beradilar. Dzen buddizmda tashqi olamdan uzilib, abadiy tashvishlardan chetlanish va fkrni bir nuqtaga jamlashga alohida e’tibor beriladi.Hozir dunyo bo‘yicha dzen buddistlar 10 milliondan ortiq, ularning 85 foizi Yaponiyada yashaydi. Yaponiyada dzen ibodatxonalari diniy, siyosiy va madaniy
markazga aylanib, yoshlar tafakkuri, turmush tarzi, faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, dzen san’ati Xitoy va Yaponiya madaniyati an’analaridan biriga aylangan Lamaizm (tibetcha — eng ulug‘) VII–XIV asrlarda Tibetda mahayana yo‘nalishi ta’sirida vujudga kelgan. «Kang‘yur» va «Teng‘yur»da bayon qilingan barcha qonun-qoida va talablar lamaizm e’tiqodining asosini tashkil etadi. Lamaizm ta’limotiga ko‘ra, inson faqat lamalar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi, ularning yordamisiz oddiy kishilar jannatga tusha olmaydi.Buddaning Yer yuziga yana qaytishi va dunyoda adolat o‘rnatishiga ishonch lamaizm ta’limotida muhim o‘rin egallaydi. Xudolarning Yerdagi vakili hisoblangan
lamalarga va dunyoviy hokimiyatga so‘zsiz bo‘ysunish, ibodat va rasm-rusumlarni dabdabali o‘tkazish, muqaddas kitoblar talqinini teatrlashtirilgan tomoshalarda aks ettirish lamaizmga xos xususiyat hisoblanadi. Odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, yolg‘onchilik, tuhmat, g‘iybat, bekorchi so‘zlash, ochko‘zlik, kek saqlash, zino qilish lamaizmda ham og‘ir gunoh sanaladi. «Lamaizm» tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. Tibetda 3000 dan ortiq buddaviylik ibodatxonalari mavjud. Shuningdek, lamaizm Rossiyaning Buryatiya, Tuva, Oltoy kabi hududlarida ham keng tarqalgan.Neobuddizm XX asrning 40–50-yillaridan boshlab keng tarqala boshlagan oqim bo‘lib, Birma, Tayland, Laos, Vetnam mahalliy ziyolilarining ozodlik va milliy uyg‘onish harakati bilan bog‘liqdir. Uning asosida yangi zamon talabiga javob bera oladigan bunyodkor g‘oyalarni targ‘ib qilish kabi masalalar yotadi. Aql-idrokning
ahamiyatsizligi, dinning najotkorligi e’tirof etilib, buddaviylik g‘oyalarini tushuntirishda bilish nazariyasi usullaridan foydalaniladi. Milliy ozodlik kurashida faol qatnashgan neobuddizm oqimi diniy-islohotchilik harakati kuchayishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Mahayana (sanskritcha — katta g‘ildirak) yo‘nalishi Budda ta’limotining barcha tomonlarini isloh qildi. Buddaga ilohiylik tusini berib, diniy marosim va ibodatlarni joriy etdi. Ushbu yo‘nalishlarning mahalliy qad riyatlar va boshqa dinlar bilan aralashuvi lamaizm, vajrayana, dzen (chan) buddizm, tyantay, dxiana kabi yo‘nalishlarning vujudga kelishiga zamin yaratdi.
Mustahkamlash:
1 Buddaviylik ta’limotidagi oqimlarning umumiy va o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat ekanligini ayting.
2. «Inson o‘ziga xos mavjudot bo‘lib tug‘iladi, o‘zinio‘zi halok qiladi yoki qutqaradi». Mazkur matndagi «o‘zini-o‘zi halok qiladi» degan iboraga hayotiy misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |