Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
O`tilgan mavzuni so`rash
1 Yahudiylikdagi O‘n amr haqida eshitganmisiz?
2. Geografiya fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, Sinay (Tur) tog‘ining joylashgan
hududini aniqlang.
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
1. Bayramlari
2. Yahudiylikda dafn marosimi
3. Islohotchi yahudiylik
Yahudiylarda Rosh Ashona, Yom Kipur, Pesax, Shavuot, Sukkot, Simxa Tora, Purim, Hanukka va boshqa diniy va milliy bayramlar (ibr. — Yom tov — yaxshi kun) mavjud. Rosh Ashona (ibr. — «yil boshi») yahudiy milliy taqvimiga ko‘ra yangi yil bayrami tishre (sentabr-oktabr) oyining birinchi va ikkinchi kunlarida nishonlanadi. Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, bu kunda ilk inson Odam yaratilgan va Xudo tomonidan berilgan taqiqni uzib, jannatdan chiqarilgan. O‘n kun davom etadigan Rosh Ashonaning oxirgi kunida Yom Kipur bayrami nishonlanadi. Bu kuni hech qanday ish qilinmay, faqat ibodat bilan mashg‘ul bo‘linadi. Yahudiylar Yom Kipurda ro‘za tutishlari, sinagoada nadomatlar bilan yig‘lab, qilgan gunohlariga tavba qilishlari shart.Pesax (Pasxa) yillik bayramlar orasida eng e’tiborlisi hisoblanadi. U nisan (mart-aprel) oyining o‘n beshinchi kunidan boshlanib, sakkiz kun davom etadi. Ushbu bayram yahudiylarning Misrdagi qullikdan ozod bo‘lganlari munosabati bilan nishonlanadi va mazkur kunlarda xamirturushsiz non — «matsa» iste’mol qilinadi.Shavuot (Sheviot) (ibr. — haftalar) Pesaxdan keyingi 50-kuni nishonlanadi. Shavuot dastlab dehqonchilik bayrami bo‘lgan, keyinchalik Sinay tog‘ida Musoga «Tavrot»ning berilishi munosabati bilan nishonlangan.Sukkot (chodirlar bayrami) yahudiylar Misr dagi qullikdan ozod bo‘lganlaridan so‘ng, cho‘lda chodirlarda kun kechirganlarini xotirlab o‘tkaziladigan marosim. Qadimda yahudiylar mazkur marosim kunlarida Quddusga ziyoratga borganlar. Bugunga kelib bu an’ana tusidan chiqqanMilliy xususiyatga ega Purim (Shirinlik bayrami) adar (fevral-mart) oyining 14-kuni nishonlanadi. Ushbu bayram Quddusda 1 kun, boshqa joylarda esa 2 kun davom etadi. Bu bayram Ester ismli qiz tufayli yahudiylarning Eronda qatliomdan qutulib qolishlari sharafga bag‘ishlanadi va unda ko‘ngilochar bazmlar uyushtirilib, shirinliklar tarqatiladi.Hanukka (ibr. — «yangilanish», «yoritish») yahudiy larning Suriya qiroli Antiokas ustidan qozongan g‘alabalari sharafga bag‘ishlangan bayram hisoblanadi.Kislav (noyabr-dekabr) oyining yigirma beshinchi kunidan boshlanib 8 kun davom etadigan bu bayramning odatiy kunlardan birgina farqi hanukkiya deb nomlangan to‘qqiz shoxli shamdondan har kuni bittasining yoqilishidir.Yahudiylikda dafn marosimi ham muayyan o‘ziga xosliklarga ega. Inson vafot etgach, qarindoshlari maxsus kiyim kiyib, sham yoqishadi. Mayitni oq kafanga o‘rab, «Kaddish» (oromiycha — «Muqaddas», sinagogalarda o‘qiladigan ibodat duosi) o‘qiydilarJasad chiqqan xonadonda bir hafta davomida aza tutilib, uydan tashqariga chiqilmaydi. Bir yil o‘tgach, mayitni xotirlab «yil marosimi» («Yorsayt») o‘tkaziladi. Yom-kipur, Sukkot, Pesax bayramlarida marhumlarni xotirlab «Yizkor» deb nomlanadigan maxsus duolar o‘qiladi
«Islohotchi yahudiylik» zamonaviy oqimi XIX asr boshlarida Germaniyada yuzaga kelgan bo‘lsada, AQSHda shakllandi. Ushbu oqim yuzaga kelishiga Markaziy Yevropada yashovchi yahudiylarning o‘zlari yashayotgan mamlakat madaniyatiga moslashishga chaqiriqlari g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qilgan. «Islohotchi yahudiylik»ka xos xususiyatlar shundaki, uning ta’limotiga ko‘ra, «yahudiylar endi bir xalq (millat) emas, balki bir jamoatdir, qadim yahudiy qonun-qoidalaridan faqatgina zamonaviy hayot tarziga mos bo‘lganlarigina qabul qilinishi mumkin» deyiladi. Masalan, shanba kungi ibodat yakshanba kuniga ko‘chirilgan, sinagogada ayollar erkaklar bilan yonma-yon o‘tirib ibodat qilishlari hamda ruhoniy sifatida marosimlarni boshqarishi ham mumkin. Bundan tashqari, ibodat vaqtida bosh kiyim kiyish majburiyati yo‘q.
Saduqiy atamasi Sulaymon payg‘ambar podshohlik qilgan davrda ruhoniy bo‘lgan Sadoka (Sadok) nomidan kelib chiqqan. Farziylar — ibr. «perushim» — «ayri bo‘lish», «nopokliklardan uzoq bo‘lish».
Mustahkamlash:
1. Yahudiy jamoalarning dunyo bo‘ylab tarqalishi xaritasini chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |